Qashqadaryo – Sirdaryo viloyatlari orasida optik transport tarmog’ini loyixalashtirish


Loyixalashtiriluvchi trassa magistrali uchun kabel tanlovi va uning konstruktiv hisobi



Download 0,85 Mb.
bet11/28
Sana12.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#659526
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
Individual loyixa 2 Nabijonov Ismoil

Loyixalashtiriluvchi trassa magistrali uchun kabel tanlovi va uning konstruktiv hisobi



6.1 Optik kabellarning sinflarga bo’linishi

Optik kabellar umumiy xolatda murakkab ko’p komponentli tuzilishga ega bo’lib, u optik tolalardan va elementlar jamlanmasidan iborat bo’lib birinchi navbatda optik tolalarni kabel tayyorlash jarayonida, ularni transportirovka qilishda, yotqizishda va optik kabellarning ekspluatasiyasi jarayonida hosil bo’luvchi mexanik kuchlanganlikdan himoya qilsa, ikkinchi navbatda esa optik kabelni 25…30 yil mobaynida xizmat ko’rsatish jarayonida optik tolalarning uzatish parametrlarini stabil holda saqlab turish uchun qo’llanadi. Bundan tashqari optik kabellarning konstruktiv tuzilishi kabel montaji jarayonini oson holda bo’lishini ta’minlab berishi hamda optik kabel narxini kichik bo’lishi bilan bog’liqdir.


Odatda optik kabellar turli informasion tarmoqlarda qo’llanib ular turli va har tomonlama xosil bo’luvchi hamda muxitni o’rab turuvchi xavfli ta’sirlar ostida bo’ladi. Shuning uchun optik kabelning konstruktiv tuzilishi turli xil ko’rinishda bo’lishi bilan birga har qanday tashqi ta’sir jarayonlarida ekspluatasiya qilinuvchi bo’lishi lozim.
Bugungi kunda qo’llanuvchi optik kabellar qo’llanishi bo’yicha quyidagi guruxlarga bo’linadi:
- magistral;
- hududiy;
- mahalliy-shahar va qishloq;
- obyekt ichi (lokal);
- dala sharoitida qo’llanuvchi.
Magistral va hududiy optik kabellar kattadan-katta masofalarga turli xil ma’lumotlarini uzatish uchun qo’llanadi, shuning uchun bunday kabellar kichik qiymatdagi yuqotuvchanlikga va dispersiyaga (kattadan-katta keng o’tkazish polosali) ega bo’lishlari lozim.
Shaharda qo’llanuvchi optik kabellar asosan stansiyalarni bir-biri bilan bog’lash uchun bog’lovchi liniya vazifasini bajaradi va ular 5…10 km bo’lgan kichik masofalarda ma’lumotlarni uzatish uchun qo’llanadi.
Obyekt ichi (lokal) tarmoqlarda turli xil ma’lumotlarni katta tezliklarda korxona yoki bitta bino ichida xamda xarakatdagi obyektlarda, lokal hisoblash tarmoqlarida qo’llansa, montaj uchun qo’llanuvchi optik kabellar esa apparatura va kompyuter ichida va bloklar orasida montaj uchun qo’llanadi.
Dala sharoiti uchun qo’llanuvchi optik kabellar esa elektr va optik kabel magistrallarda avariya natijasida shikastlangan joylarni va avariya tiklash ishlari bilan bog’lik bo’lgan joylarda qo’llanadi.Bundan tashkari dala kabellari berkitilgan aloka uchun va xarbiy taktik ishlar uchun qo’llanadi.
Optik kabellarni yotqizish sharoiti va ekspluatasiya sharoiti buyicha quyidagi guruxlarga bo’linadi:
- yer osti;
- telefon kabel kanalizasiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziladigan;
- suv osti;
- osma;
- ichki (stansiya uchun).
Yer ostida yotqiziluvchi optik kabellar hamma kategoriyadagi tuproqli yerlarga, uncha chuqur bo’lmagan daryolarning kechuv joylarida va kemalar qatnamaydigan daryolar kechuvida yotqiziladi.
Ikkinchi guruxga ta’luqli bo’lgan optik kabellar esa aholi istiqomat qiluvchi manzilgoxlardagi telefon kabel kanalizasiyasi ichida, quvurlar ichida, kollektorlarda, shaxtalarda va ko’priklarda yotqiziladi.
Suv osti optik kabellari esa dengiz magistrallarida, ancha chuqur bo’lgan suv xavzalarida yotqiziladi chunki bunday kabellarning mexanik mustaxkamligi yuqori darajada bo’lishi kerak.
Osma optik kabellar elektr uzatish liniyalarining yashindan muxofazalovchi troslarida va faza simlari ichida, elektrlashtirilgan temir yo’llarning kontakt tarmoqlarida yotqizish uchun osiladi.Bundan tashqari bunday guruxdagi optik kabellar shahar sharoitida bitta binodan ikkinchi binoga o’tish qurilmalarida va havo aloqa liniyalarining simyog’ochlariga yotqizish uchun osiladi, qishloq joylarda esa bunday kabellar maxsus tayanchlarga osiladi.
Ichki yoki lokal tarmoqlari optik kabellari asosan bitta bino ichida yotqizish uchun xamda xarakatdagi obyekt ichida yotqizish uchun qo’llanadi.
Optik kabelning konstruktiv elementlarini quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:
-optik tolaning muxofazalovchi qatlami;
-optik kabelning o’zagi;
-kuchlantiruvchi (qattiqlovchi) elementlar;
-ajratuvchi qatlamlar;
-tashqi muxofazalovchi qobiqlar;
-zirx qatlamlar;
-gidrofob to’ldirgichlar.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish