grechixa, manniy, arpa, suli, tariq), dukkakli donlar (mosh, loviya, no‘xat), makaron
mahsulotlari, non va non mahsulotlari kiradi. Ulardan tayyorlanadigan taomlar
5
Don mahsulotlarining oziqlilik qiymati ulardagi oqsil, uglevod, yog‘, mineral
moddalar va vitaminlarning miqdoriga bog‘liq. Bu mahsulotlar tarkibida oqsil 8-12%,
kraxmal 65-78%, yog‘ 0,3-9%, mineral moddalar 2% gacha bo‘ladi, shuningdek, ko‘p
miqdorda B
1
, B
2
, PP, E singari vitaminlar ham mavjud.
Ovqatlanishda yorma, dukkakli donlar va makaron mahsulotlaridan har xil lazzatli
taomlar tayyorlashda foydalaniladi.
Oziqaviy qiymati va tarkibidagi darmondorilarning ko‘pligi bo‘yicha grechixa, so‘k,
suli birinchi o‘rinda turadi, manniy va guruch keyingi o‘rinlarda turadi. Yormalar
tarkibida, asosan, mineral moddalardan fosfor
va kalsiy kam bo‘ladi, shuning uchun ular sutda pishiriladi yoki sut qo‘shib tortiladi.
Don mahsulotlari tarkibidagi kletchatka moddasi ovqat hazm bo‘lishida, ichak
faoliyatini yaxshilashda yordam beradi. Yormalardan taom tayyor- lashdan oldin
ularga birinchi ishlov beriladi. Masalan, taom tayyorlashda avval ulardagi tashqi
moddalar terib tozalanadi, manniy yormasi elanadi.
Guruch, so‘k va perlovka tarkibidagi yog‘ oksidlanishi natijasida achchiq ta'm
berishi mumkin. Shuning uchun ular avval iliq, so‘ngra issiq suvda yuviladi.
Manniy, grechixa, gerkules yormalari yuvilmasdan ishlatiladi. Yormalarni
yuvilganda ular tarkibidagi oziq moddalarning ozginasi suvga chiqib ketadi.
Perlovka yormasi juda sekin pishadi, shuning uchun uni pishirishdan oldin 2-3 soat
sovuq suvda ivitiladi. Grechixa yormasini ham tez pishishi uchun yog‘siz qovurib,
qizartirib olinadi.
Dukkakli donlardan juda to‘yimli taomlar tayyorlash mumkin, chunki ular
tarkibida 20% gacha (no‘xatda - 28%) oqsil, yog‘ - 20%, А, B, D, E darmondori,
fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir, mineral tuzlar bo‘ladi. Dukkakli donlarni
taomga ishlatishdan avval terib tozalanadi. Ularning pishishi qiyinligi sababli (osiyo
no‘xati) 5-6 soat davomida iliq suvda ivi- tiladi. Dukkakli donlarni aslida tuz,
nordon mahsulotlar (tomat) solinmay pishiriladi, chunki bular donlarni qotirib
qo‘yadi. Shuning uchun no‘xat, loviya, mosh kabi masalliqlarga pishish oldidan tuz
solinadi. Dukkakli donlarning pishish vaqti ularning turi va naviga qarab 30
6
daqiqadan 3 soatgachadir.
Donli mahsulotlarni quruq, yaxshi shamollatiladigan qorong‘i joyda, o‘tkir hidli
mahsulotlardan uzoqroqda saqlash kerak. Bu mahsulotlarni uzoq vaqt (oylab)
saqlash yaramaydi, chunki uning tarkibidagi yog‘ taxirlashadi, to‘yimlilik sifati
pasayadi. Donli mahsulotlarni qog‘oz idishlarda saqlash tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: