kamerasidagi zarur harorat + 6°C dan -18°C gacha bo‘lgan turli hajmdagi sovitkich
turlari ishlab chiqariladi. Ro‘zg‘orda ishlatiladigan sovitkich- larning xizmat
Oziq- ovqat mahsulotlari va sovuq joyda saqlanishi kerak bo‘lgan predmetlarni
saqlashda ishla- tiladi. Sovitkichning ishlashi issiqlikni ish kamerasidan tashqariga
chiqarishga asos- langan bo‘lib, bunda issiqlik tashqi muhit- da tarqalib ketadi.
9
Sovitkichlar ikki turga bo‘linadi: oziq-ovqat mahsulotlarini saqlay- digan o‘rtacha
haroratli kamera va past haroratli muzlatkichlar
Muzlatkich - oziq-ovqat
mahsulotlarini muzlatish va saqlashga mo‘ljallangan sovit- kichning bir qismi
hisoblanadi. Muzlatkichda harorat, asosan, - 18°C bo‘ladi. Oxirgi vaqtda ikki
kamerali sovitkichlar keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘zida ikkala komponentni bir-
lashtirgan.
Muzlatkich 4-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha ishlaydi:
Kondensator - issiqlikni tashqi muhitga tarqatuvchi;
Termos - oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat atrof-muhit haroratiga
nisbatan pastroq yoki balandroq tarzda saqlaydigan, issiqlikni o‘tkazmaydigan
maishiy idish. Termosni faqat sharbat va taom saqlash uchun ishlatmasdan, undan
turli xil damlamalarni va bo‘tqalarni saqlashda ham foydalanish mumkin.
Termosning asosiy elementi - ikki qavat devorli bo‘lib, ular orasidan havo siqib
olinib, issiqlikni termos va tashqi muhitdan vakuum hosil qilib saqlaydigan shisha
yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan kolba hisoblanadi. Termosning tashqi
korpusi shisha kolba bilan birga plast- massadan yoki metalldan tayyorlanadi (5-
rasm).
Termosda haroratni bir maromda ushlab turish vaqti uning hajmiga bog‘liq, ya'ni
qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p vaqt issiqlik (yoki sovuq) saqlanadi.
Mikser - texnik qurilma bo‘lib, u har xil tarkibdagi suyuqlik va sochilma
mahsulotlardan bir xil massa hosil qilish uchun mexanik aralashtirishga
mo‘ljallangan. Mikser ahamiyati bo‘yicha aralashtirgich so‘ziga yaqin hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mikser maishiy asbob hisoblanib, uni tuxum va qaymoqni
ko‘pirtirish uchun, sharbat, kokteyl, muss, omletni, suyuq xamir, pyure, qay- lalarni
tayyorlash uchun ishlatiladi. Mikserlarning qo‘zg‘almas va qo‘lda ishlatiladigan
keng tarqalgan turlari mavjud (8-rasm).
10
Qo‘l mikseri bir qo‘l bilan ushlashga mos- lashtirilgan ixcham elektr qurilma.
Mikserning korpusi, asosan, plastmassadan tayyorlanib, uning ichida ikkita
ko‘pirtirgich, harakatga keltiruvchi elektrodvigatel reduktor bilan joylashtirilgan.
Mikser bir necha xil tezlikda aylanish xususi- yatiga ega. Shuningdek, qo‘l
mikserlarining hara- katlanishini qo‘l orqali bajariladigan turlari ham mavjud.