Nazorat savollari
1. IESning Quvurlar tizimini ayting.
2.Quvurlar tizimining materiallari sinflarini sanang.
3. Quvurlar tizimida qo’llaniladigan materiallar.
4. Quvur sxemalarini chizing.
5. Quvurlarning gidravlik hisobini bajarish nima uchun kerak?
6. Quvurlarni mustahkamlikka hisoblash formulasini yozing.
10- Mavzu: Yoqilg’i xo’jaligi.
10.1.Yoqilg’ilar haqida umumiy ma‘lumot.
10.2. Qattiq yoqilg’ilarni tashish va yoqishga tayyorlash.
10.3. Suyuq yoqilg’ilar, ularni tashish, saqlash va yoqishga tayyorlash.
Tayanch iboralar:
IES larning yoqilg’i xo’jaligini chetdan keltiriladigan yoqilg’ini qabul qilib olish, saqlash va yoqishga tayyorlash (maydalash, quritish va xokazo) uchun йuriladi.
Ko’pchilik IES larga qattiq yoqilg’i maxsus vagonlarda keltiriladi. Uni tushirish uchun mexanizatsiyalashgan moslamalar quriladi. Qish paytida vagonlardagi ko’mir muzlab qolishi mumkin. Bunday hollarda vagonlar yopiq bo’limlarida 1000С li issiq havo yoki yonish maxsulotlari yordamida isitiladi. Ho’l yoqilg’ini uzatish va maydalash qiyin bo’lgani uchun uni avval quritish lozim bo’ladi.
Yoqilg’ini tushirish moslamalari sifatida vagon ag’dargichlar keng qo’llaniladi. Skreperli yoki tirqishli hampasi (bunkeri) bo’lgan tushirish moslamalari ham qo’llaniladi. Yoqilg’i tushiriladigan transheyalarning hajmi bir eshalon yoqilg’ini bir paytda tushirib olish uchun yetarli bo’lishi kerak.
Bundan tashqari qattiq yoqilg’i ishlatiladigan har bir IES da yoqilg’i zahirasi saqlanadigan maxsus maydon-yoqilg’i ombori bo’lishi lozim. Bu omborda stantsiyaning o’n yoki o’ttiz kun davomida ishlashi uchun yetarli bo’ladigan yoqilg’i saqlanadi. Omborlar greyderli avtokranlar, skreperli qurilmalar, bo’ldozerlar, maxsus tushirish va ortish mashinalari, tasmali transportlar va boshqalar bilan jihozlanadi.
Qabul qilish moslamalaridan yoqilg’i IESning hamda (bunker)lariga odatda tasmali transporterlar yordamida uzatiladi. Ayrim hollarda cho’michli elevatorlar ishlatilishi mumkin.
IESning hampalariga ko’mir maydalangan holda uzatiladi. (8-1) rasm. Maxsus tegirmonda maydalangan ko’mir bo’lakchalarining o’lchami 25-30 mm ni tashkil qiladi. Ko’mir hampadan qozonning shaxtali tegirmoniga o’tadi, unda chang (kukun) xoliga keltirilib, yoqish uchun beriladi. IES larda suyuq yoqilg’i sifatida mazut ishlatiladi. IES mazut xo’jaligining sxemasi 8-2 rasmida keltirilgan. Mazut stantsiyaga temir yo’l tsisternalarida keltiriladi. Mazut yuqori qovushqoqlikka ega. Shuning uchun uni tsitsternadan quyib tushirishdan oldin isitish lozim. Mazutning markasiga qarab 400S dan to 1000S gacha isitish tavsiya etiladi.
IES lari uchun suyuq yoqilg’i sifatida neftdan ajratilgan mazut yoqilg’isi elektr stantsiyalariga maxsus temir yo’l orqali olib kelinib tsestenalarga qo’yiladi. Mazut quyushqoq bo’lganligi sababli, ayniqsa qish oylarida tsesternalarga bo’shatish qiyinlashadi, shuning uchun mazutni turli xildagi markalarini qizdirish uchun talab qilinadigan temperatura quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |