9.3. Quvurlar materiali
Stantsiya quvurlarini tayyorlashda perlitlar sinfiga kiruvchi 0,5 % uglerod (karbon)li va legirlangan po’lat ishlatiladi. Ular yuqori harorat (450-5800 С) larga chidaydi, yaxshi payvandlanadi. Ularga osonlik bilan mexanik ishlov berish mumkin.
Asosiy bug’ quvurlarni tayyorlash uchun austenitlar sinfiga kiruvchi po’latlar ishlatiladi. Ularning tarkibiga yuqori darajadagi issiq bardoshlik xususiyatiga ega bo’lgan xrom va nikel (30% gacha) kiradi.
Austenit po’latlari perlitli po’latlarga nisbatan ko’p marta qimmat bo’lib, ularga mexanik ishlov berish qiyindir.
Metallning mustahkamligi haroratga bog’liq: harorat ortishi bilan metallning mustahkamligi kamayadi. Bundan tashqari yuqori haroratlarda (4500 sdan ortiq) metalning boshlang’ich tuzilishi o’zgaradi. Uning elastikligi va kimyoviy chidamliligi kamayadi.
350-4000 sharoitida ishlaydigan quvurlar uzilish qarshiligi bu yoki oquvchanlik chegarasi 00 bo’yicha hisoblanadi. 0у 00 qiymatlari 200С sharoitida olinadi. Harorat 3500-4000С bo’lganda metall elastik deformatsiya chegaralarida ishlaydi. Harorat 4500С va undan yuqori qiymatga yetganda murakkab fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida qoldiqli deformatsiyalanish (shaklning o’zgarishi) yuz beradi. Vaqt o’tishi bilan qoldiq deformatsiya ko’paya boradi. Metalning tuzilishi o’zgaradi quvurlarning diametri ortib, devorning qalinligi kamayadi va shuning natijasida u yorilishi mumkin. Bu hodisa metallning sekin oquvchanligi (krip) deyiladi. Shunga ko’ra metall mustahkamligini shartli sekin oquvchanlik chegarasi asosida baholash lozim.
«Shartli sekin oquvchanlik chegarasi deyilganda muhitning berilgan ishchi haroratida sekin oquvchanlikning ruxsat etilgandan oshmaydigan tezligi tushiniladi. Qoldiq deformatsiya V ni vaqt T ga nisbati sekin oquvchanlikni tezligi deyiladi:
Stantsiya quvurlari yasaladigan po’latlarning sekin oquvchanligining belgilangan tezligi % soat (yoki 10-7 I/ coat) ya‘ni quvur 100000 soat ishlatilgan uning qoldiq deformatsiyasi I % dan oshmasligi kerak. Buning uchun quvurlar doimo nazorat qilib turiladi. Quvur ishga tushirilgan paytda uning diametri, devorining qalinligi aniq o’lchab olinadi. Va pasportiga yozib qo’yiladi. Quvur 15 ming soat ishlagandan so’ng nazorat o’lchovlari amalga oshiriladi. O’lchov natijalari stantsiya bosh muhandisi tomonidan nazorat qilib turiladi.
Uzoq vaqt davomida ishlatish natijasida quvur metallning tuzilishida yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni aniqlash uchun quvurning ma‘lum qismlardan namunalar qirqib olinadi. Va ular birlamchi namunalar bilan solishtiriladi. Quvur 25-30 ming soat ishlagandan so’ng birinchi namuna olinadi. Keyingilari 50-60 ming soatdan so’ng va hokazo. Quvur metalning qoldiq deformatsiyasini, tuzilishi va mexanik xossalarini tekshirish natijalari qoniqarsiz bo’lsa bu quvurni ishlatishda davom etish yoki etmaslik haqidagi masala maxsus texnik komissiya tomonidan hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |