Qarshi muhandislik


Sanoatda shovqin va titrashdan saqlanish



Download 305,43 Kb.
bet19/22
Sana11.04.2022
Hajmi305,43 Kb.
#542520
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Sanoatda shovqin va titrashdan saqlanish.


Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo‘shilib eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa
tarang muhitdan kelib chiqadigan to‘lqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan qabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada og‘riq turg‘izadi va quloq shang‘ib, asab sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa fikrni to‘plab, aqliy ish bilan shug‘ullanishga imkon bermaydi, butun diqqat – e’tiborni berib ishlash lozim bo‘lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek to‘xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi.
Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o‘zgarishi) qon aylanishi (qon bosimining ko‘tarilishi) va shunga o‘xshashlarning normal faoliyati buziladi.
Shovqinlar kelib chiqishi bo‘yicha asosan uch xil bo‘ladi:

  1. Sanoat shovqini;

  2. Transport shovqini;

  3. Maishiy shovqinlar.

Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijada ham shovqin chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi. Sanoati korxonalari ham shovqindan mustasno emasdir. Shovqin darajasi yuqori bo‘lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “ shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashi natijasida “titrash kasalligi” ham uchrab turadi.

Signal ranglari va xavfsizlik belgilari.


Keyingi yillarda ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida signal ranglari va xavfsizlik belgilari keng tarqalmoqda. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida asosan to‘rt xil rang qabul qilingan bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi:

  • Qizil – “To‘xtang”, “Ta’qiqlangan”, “Xavfli”;

  • Sariq – “Diqqat”, “Xavf-xatar ehtimoli bor”;

  • Yashil – “Xavfsiz”, “Ruxsat etilgan”, “Yo‘l ochiq”;

  • Ko‘k – boshqa xabarlar.

Bulardan tashqari oq rang – chegaralovchi chiziqlarni belgilashda va sexning qorong‘iroq burchaklarini bo‘yashda ishlatiladi. Qizil rang bilan mashina uskunalarining xavfli qismlari, to‘siqlarning ichki yuzalari, to‘xtatish tugmalari hamda o‘chirish vositalarini bo‘yash maqsadga muvofiqdir. Sariq rangga transport vositalari (elektrokarlar, yuk ko‘tarish kranlari va h.k.), qurilish konstruksiyalarining xavfli qismlari bo‘yaladi. Yashil rang bilan xavfsizlikni ta’minlash vositalari yordamchi eshiklar, aptechkalar va hokazolarni bo‘yashda foydalaniladi.
Qabul qilingan xavfsizlik belgilari quyidagilardir:

    • Ta’qiqlovchi – doira shaklida qizil rangga bo‘yalgan. Doiraning o‘rtasida qora rang bilan ta’qiqlovchi obyektning ramziy rasmi tasvirlangan;

    • Ogohlantiruvchi – teng tomonli sariq rangga bo‘yalgan uchburchak shaklida bo‘lib, o‘rtasida ogohlantiruvchi obyekt ramzi qora rangda tasvirlangan (elektr toki va radiatsion xavf bo‘lganda ramz qizil rangda tasvirlanadi);

    • Ko‘rsatuvchi – ko‘k rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, o‘rtasida qora rangda ko‘rsatuvchi obyekt ramzi tasvirlanadi. Tibbiyot xonalari va yong‘in xavfi belgilari qizil rangda tasvirlanadi.

    • Buyuruvchi – yashil rangga bo‘yalgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, o‘rtasida qora rangda buyuriluvchi obyekt ramzi tasvirlanadi.

Download 305,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish