Qarshi muhandislik iqtisodiyot


Optik – akustik kompensatsion gaz analizatorining sxemasi



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/168
Sana16.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#557414
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   168
Bog'liq
27.08.2021-2022 STO\'A Ma\'ruza matni

40.2- rasm. Optik – akustik kompensatsion gaz analizatorining sxemasi. 


196 
qalinligini o‘zgartirish, shuningdek, bu oqimning yo‘nalishini o‘zgartirish uchun 
xizmat qiladi. 
Tekshirilayotgan gaz aralashmasi ish kamerasi 6 orqali uzluksiz o‘tib turadi. 
Agar aralashmada tahlil qilinayotgan komponent bo‘lmasa, u holda nur qabul 
qilgichning kamerasiga infraqizil nurlarning bir xil oqimlari keladi, membrana 
tebranmaydi va nur qabul qilgichdan signal chiqmaydi. Agar gaz aralashmasida 
izlanilayotgan komponent bo‘lsa, u holda ish kamerasi 6 da infraqizil nurlarning 
qisman yutilishi natijasida nur qabul qilgichning o‘ng silindriga ularning 
zaiflashgan oqimi, chap silindriga esa zaiflashmagan oqimi kiradi. Bu esa 
silindrlardagi gaz harorati va bosimining farqlari hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Obtyurator uzluksiz nur chiqarib turganida nur qabul qilgich silindrlaridagi 
gaz soviydi va bosim kamayadi, natijada silindrlarda bosimning vaqti-vaqti bilan 
pulsatsiyalanishi yuz beradi. Gaz analizatorning ko‘rsatishlari aniqligini oshirish 
uchun silindrlariga inert gazlari qo‘shilgan tahlil qilinayotgan gaz to‘ldiriladi. Hyp 
qabul qilgichning silindrlari faqat tahlil qilinayotgan komponent va infraqizil 
nurlarga inert bo‘lgan azot bilan to‘ldirilgani uchun bosimning pulsatsnyalanishi 
faqat tahlil qilinayotgan gaz yutadigan nurlanish spektri hisobigagina vujudga 
keladi. Shunday qilib, asbobda tanlab yutishga va tahlil qilishga erishiladi. 
Hyp qabul qilgich 9 da bosimning o‘zgarishi kondensatorli mikrofon 10 da 
o‘zgaruvchan tokka aylanadi. Bu tok kuchaytirgichida kuchaytirilib, reversiv 
dvigatel 12 ga beriladi va uning rotori aylana boshlaydi. Bu yerda, 
kompensatsiyalovchi kamera 13 ning qaytaruvchi porsheni biror tomonga surilib, 
yutuvchi qatlamning qalinligini oshiradi yoki kamaytiradi. Nur qabul qilgich 
silindrlariga tushayotgan nur oqimlari bir-biriga teng bo‘lib qolgan paytda nur 
qabul qilgichdan chiqayotgan elektr signali yo‘qoladi va dvigatel to‘xtaydi. 
Shunday qilib, kamera 13 porshenining vaziyati doimo tahlil qilinayotgan
komponent konsentratsiyasiga mos keladi. Porshenning bu vaziyati o‘z navbatida 
reoxord 14 orqali ikkilamchi asbob 15 bilan qayd etiladi. Uglerod qo‘shoksidini 
o‘lchash chegaralari 0—1 dan O—100% gacha. Asosiy xatolik ±2,5%. Gaz 
aralashmasi sarfi 8,3 sm
3
/s, bosim 0,3 kPa. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 30 s. 
Chiqish signali 0—5 mA. 
Bayon qilingan OA-2209 turidagi gaz analizatori differensial (ikki nurli, ikki 
kanalli) kompensatsiyalovchi asbobdir. Uning asosiy kamchiligi nurlatkichlarning 
eskirishi, ish kyuvetlarining ifloslanishi, shishalar shaffofligining o‘zgarishi va shu 
kabilar tufayli shkala noli vaziyatining o‘zgarib turishidir. 
Bevosita o‘lchaydigan bir nurli gaz analizatorida nolning turg‘unligi ancha 
yuqori bo‘ladi. Bu asbob differensial asbobga qaraganda tanlovchanligi yuqoriligi 
bilan farq qiladi. Masalan, metanni tahlil qilishda СО
2
, СО va namning ta’siri bir 
nurli asbob uchun ikki nurli asbobga qaraganda 3—5 marta kam bo‘ladi. 


197 
Ultrabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida havodagi simob 
bug‘lari konsentratsiyasini, xlor, vodorod sulfid, azot qo‘shoksidi va boshqa 
moddalarning konsentratsiyasini o‘lchashda qo‘llaniladi. 
Ultrabinafsha nurlarning manbai simobli lampalar bo‘lib, ular chiqargan 
nurlarning ko‘p qismi ultrabinafsha nurlar bo‘ladi. Nurlanishni qo‘shimcha 
monoxromatlash uchun shisha svetoforlardan foydalaniladi, ular tahlil qilinayotgan 
modda yutilishining maksimumi vaziyatiga qarab tanlanadi. 
Ultrabinashfa nurlanishni elektr signaliga aylantirish uchun fotoelementlar 
va fotorezistorlardan foydalaniladi. 
Amalda ultrabinafsha nurlarni yutadigan elektr kompensatsiyali ikki nurli 
gaz analizatorlari, optik kompensatsiyali gaz analizatorlari, shuningdek, bevosita 
o‘lchaydigan, ultrabinafsha nurlarni yutadigan bir nurli gaz analizatorlari ham 
ishlatiladi. 
40.3-rasmda bir nurli ultrabinafsha nurlarni yutadigan gaz analizatorning 
blok-sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobda bitta manba 1 va bitta foto qabul qilgich 8 bor. 
Manbaning nurlanishini elektr dvigatel 2 aylantiradigan obtyurator 3 uzadi va u 
qarama-qarshi fazalarda o‘zgaradigan ikkita bir xil oqimga bo‘linadi. Bu 
oqimlarning har qaysisi tegishli optik yorug‘lik filtri — ish filtri 5 va taqqoslash 
filtri 6 dan o‘tadi. 
Filtrlarning shaffoflik polosalari berkitilmaydi va f
1
, f
2
chastotalar 
chegarasida to‘plangan. Nurlarning filtrlangan oqimlari ish kyuveti 7 dan o‘tadi, bu 
kyuvet orqali nurlanishni f
1
chastotada yutadigan tahlil qilinayotgan gaz kyuvet 7 
ga haydaladi, so‘ngra oqim umumiy nur qabul qilgichga keladi. Kyuvet 7 da tahlil 
40.3– rasm. Bir nurli ultrabinafsha gaz 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish