196
qalinligini o‘zgartirish,
shuningdek, bu oqimning yo‘nalishini o‘zgartirish uchun
xizmat qiladi.
Tekshirilayotgan gaz aralashmasi ish kamerasi 6 orqali uzluksiz o‘tib turadi.
Agar aralashmada tahlil qilinayotgan komponent bo‘lmasa, u holda nur qabul
qilgichning kamerasiga infraqizil nurlarning bir xil oqimlari keladi, membrana
tebranmaydi va nur qabul qilgichdan signal chiqmaydi.
Agar gaz aralashmasida
izlanilayotgan komponent bo‘lsa, u holda ish kamerasi 6 da infraqizil nurlarning
qisman yutilishi natijasida nur qabul qilgichning o‘ng silindriga ularning
zaiflashgan oqimi, chap silindriga esa zaiflashmagan oqimi kiradi. Bu esa
silindrlardagi gaz harorati va bosimining farqlari hosil bo‘lishiga olib keladi.
Obtyurator uzluksiz nur chiqarib turganida nur qabul qilgich silindrlaridagi
gaz
soviydi va bosim kamayadi, natijada silindrlarda bosimning vaqti-vaqti bilan
pulsatsiyalanishi yuz beradi. Gaz analizatorning ko‘rsatishlari aniqligini oshirish
uchun silindrlariga inert gazlari qo‘shilgan tahlil qilinayotgan gaz to‘ldiriladi. Hyp
qabul qilgichning silindrlari faqat tahlil qilinayotgan komponent va infraqizil
nurlarga inert bo‘lgan azot bilan to‘ldirilgani uchun bosimning pulsatsnyalanishi
faqat tahlil qilinayotgan gaz yutadigan nurlanish spektri
hisobigagina vujudga
keladi. Shunday qilib, asbobda tanlab yutishga va tahlil qilishga erishiladi.
Hyp qabul qilgich 9 da bosimning o‘zgarishi kondensatorli mikrofon 10 da
o‘zgaruvchan tokka aylanadi. Bu tok kuchaytirgichida kuchaytirilib, reversiv
dvigatel 12 ga beriladi va uning rotori aylana boshlaydi. Bu yerda,
kompensatsiyalovchi kamera 13 ning qaytaruvchi porsheni biror tomonga surilib,
yutuvchi qatlamning qalinligini oshiradi yoki kamaytiradi.
Nur qabul qilgich
silindrlariga tushayotgan nur oqimlari bir-biriga teng bo‘lib qolgan paytda nur
qabul qilgichdan chiqayotgan elektr signali yo‘qoladi va dvigatel to‘xtaydi.
Shunday qilib, kamera 13 porshenining vaziyati doimo tahlil qilinayotgan
komponent konsentratsiyasiga mos keladi. Porshenning bu vaziyati o‘z navbatida
reoxord 14 orqali ikkilamchi asbob 15 bilan qayd etiladi. Uglerod qo‘shoksidini
o‘lchash chegaralari 0—1 dan O—100% gacha. Asosiy xatolik ±2,5%. Gaz
aralashmasi sarfi 8,3 sm
3
/s, bosim 0,3 kPa. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 30 s.
Chiqish signali 0—5 mA.
Bayon qilingan OA-2209 turidagi gaz analizatori differensial (ikki nurli, ikki
kanalli) kompensatsiyalovchi asbobdir. Uning asosiy kamchiligi nurlatkichlarning
eskirishi, ish kyuvetlarining ifloslanishi, shishalar shaffofligining o‘zgarishi va shu
kabilar tufayli shkala noli vaziyatining o‘zgarib turishidir.
Bevosita o‘lchaydigan bir nurli gaz analizatorida nolning turg‘unligi
ancha
yuqori bo‘ladi. Bu asbob differensial asbobga qaraganda tanlovchanligi yuqoriligi
bilan farq qiladi. Masalan, metanni tahlil qilishda СО
2
, СО va namning ta’siri bir
nurli asbob uchun ikki nurli asbobga qaraganda 3—5 marta kam bo‘ladi.
197
Ultrabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida havodagi simob
bug‘lari konsentratsiyasini, xlor, vodorod sulfid, azot qo‘shoksidi
va boshqa
moddalarning konsentratsiyasini o‘lchashda qo‘llaniladi.
Ultrabinafsha nurlarning manbai simobli lampalar bo‘lib, ular chiqargan
nurlarning ko‘p qismi ultrabinafsha nurlar bo‘ladi. Nurlanishni qo‘shimcha
monoxromatlash uchun shisha svetoforlardan foydalaniladi, ular tahlil qilinayotgan
modda yutilishining maksimumi vaziyatiga qarab tanlanadi.
Ultrabinashfa nurlanishni elektr signaliga aylantirish uchun fotoelementlar
va fotorezistorlardan foydalaniladi.
Amalda ultrabinafsha nurlarni yutadigan elektr kompensatsiyali ikki nurli
gaz analizatorlari, optik kompensatsiyali gaz analizatorlari, shuningdek, bevosita
o‘lchaydigan, ultrabinafsha nurlarni yutadigan bir nurli gaz analizatorlari ham
ishlatiladi.
40.3-rasmda bir nurli ultrabinafsha nurlarni yutadigan gaz analizatorning
blok-sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobda bitta manba 1 va bitta foto qabul qilgich 8 bor.
Manbaning nurlanishini elektr dvigatel 2 aylantiradigan obtyurator 3
uzadi va u
qarama-qarshi fazalarda o‘zgaradigan ikkita bir xil oqimga bo‘linadi. Bu
oqimlarning har qaysisi tegishli optik yorug‘lik filtri — ish filtri 5 va taqqoslash
filtri 6 dan o‘tadi.
Filtrlarning shaffoflik polosalari berkitilmaydi va f
1
, f
2
chastotalar
chegarasida to‘plangan. Nurlarning filtrlangan oqimlari ish kyuveti 7 dan o‘tadi, bu
kyuvet orqali nurlanishni f
1
chastotada yutadigan tahlil qilinayotgan gaz kyuvet 7
ga haydaladi, so‘ngra oqim umumiy nur qabul qilgichga keladi. Kyuvet 7 da tahlil
40.3– rasm. Bir nurli ultrabinafsha gaz
Do'stlaringiz bilan baham: