185
38-MAVZU.TITRLASH. AVTOMATIK TITRLASH USULLARI.
Reja
1.
Titrlash. Avtomatik titrlash usullari.
Titrlash
— eritmalarni miqdoriy tahlil qilishning
keng tarqalgan universal
usullaridan bo‘lib, zavod laboratoriyalarida bajarilgan tahlillarning asosiy qismi
shu usulga to‘g‘ri keladi. Avtomatik titrlash uchun asboblar (avtomatik
titrometrlar)ning qo‘llanilishi tahlillar o‘tkazish tezligini keskin oshiradi, ko‘pgina
hollarda ularning aniqligini orttiradi, ko‘p sonli laborantlar-analitiklarni
kamaytiradi.
Eritmada boshqa
komponentlar bilan turgan, tabiati ma’lum bo‘lgan modda
A ning konsentratsiyasini aniqlash
titrlash
deb ataladi. Buning uchun maxsus
reagent В
tanlanadi, uni titrlovchi modda (titrant) deb ataladi, u quyidagi sxema
bo‘yicha tahlil qilinayotgan aralashmaning ma’lum komponentiga tanlab reaksiya
ko‘rsatadi:
A+B→M+N , (38.1)
bu yerda, М va N — titrlash reaksiyasining mahsulotlari.
Titrlovchi modda В ni namunadagi modda
A ning hammasi reaksiyaga
kirmaganiga qadar qo‘shiladi. Bu yerda, titrlovchi modda miqdori Q
B
boshlang‘ich
namunadagi titrlanayotgan moddaning miqdori Q
A
ga ekvivalent bo‘ladi.
Q
A
=K
p
∙Q
B
, (38.2)
bu yerda К
р
— titrlash reaksiyalarining stexiometrik koeffitsiyenti.
Titrlanadigan modda miqdori
Q
A
=C
A
∙Q
пр
, (38.3)
bu yerda С
А
— tahlil qilinayotgan aralashmadagi modda A ning konsentratsiyasi; Q
np
= const —
boshlang‘ich namuna miqdori.
Titrlovchi moddaning ekvivalent miqdori
Q
B
=C
B
∙V
B
, (38.4)
bu yerda С
в
— titrlovchi moddaning konsentratsiyasi; V
B
— titrlovchi moddaning ekvivalent
hajmi.
Q
А
va Q
B
ning miqdorlarini (38.2) tenglamaga qo‘yib, izlanadigan
konsentratsiya С
А
ning titrlovchi moddaning ekvivalent hajmiga bog‘liqligini
hosil
qilamiz:
C
A
=K
τ
∙V
B
, (38.5)
bu yerda,
const
Q
C
K
K
пр
B
p
.
186
Shunday qilib, titrlashda namunadagi komponentning aniqlanadigan
konsentratsiyasining o‘lchovi titrlovchi moddaning ekvivalent hajmidan iborat
bo‘ladi.
Titrlash reaksiyalarining borishini nazorat qilish uchun ishlatiladigan
asboblarning ishlash prinsipiga qarab titrlashning quyidagi xillari bo‘ladi:
konduktometrik, potensiometrik, amperometrik va fotometrik.
Titrlash jarayoni diskret (davriy) va uzluksiz bo‘lishi mumkin.
Davriy
titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning alohida namunasi (dozasi) tahlil qilinadi.
Uzluksiz titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning sarf bo‘yicha stabillashgan oqimi
tahlil qilinadi, bu modda uzluksiz ishlovchi reaktorga kirib turadi. Uzluksiz
titrlashda titrlovchi moddaning ekvivalent sarfi aniqlanadigan komponentning
o‘lchovi bo‘ladi, ya’ni
С
А
=K
Т
1
∙q
В
экв
, (38.6)
bu yerda,
;
*
1
const
q
C
K
K
A
B
p
T
q
А
=const — tahlil qilinayotgan modda A oqimining sarfi; q
В
экв
—titrlovchi modda В ning
ekvivalent sarfi.
Avtomatik titrlash usuli bilan tahlillarni avtomatik tarzda bajarish uchun
mo‘ljallangan asboblar titrometrlar deb ataladi. Vazifasiga ko‘ra avtomatik
titrometrlar laboratoriya va ishlab chiqarish titrometrlariga bo‘linadi. Laboratoriya
titrometrlari
yarim avtomatik asboblardir, chunki titrlash siklining barcha
tayyorgarlik va yordamchi operatsiyalari qo‘lda bajariladi. Ishlab chiqarishdagi
avtomatik titrometrlar sanoat sharoitida texnologik jarayonlarni uzluksiz siklik
yoki uzluksiz avtomatik tarzda tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.
Uzluksiz ishlaydigan avtomatik titrometrning prinsipial sxemasi 38.1-
rasmda ko‘rsatilgan.
38.1 – rasm
.
Do'stlaringiz bilan baham: