Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Bitiruv malakaviy ishining mazmuni va uni bajarish tartiblari



Download 2,51 Mb.
bet7/30
Sana08.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#330387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
BMI qo'llanma

6. Bitiruv malakaviy ishining mazmuni va uni bajarish tartiblari
Bitiruv malakaviy ishini bajarilish muddati ta’lim yo‘nalishining ishchi o‘quv rejasiga muvofiq belgilanadi. Ushbu ishchi o‘quv rejasiga muvofiq talaba bitiruv malakaviy ishi uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni bitiruv oldi amaliyoti davrida to‘playdi.

Talabaning ilmiy rahbar bilan o‘tkaziladigan maslahat uchrashuvlari institutda va bitiruv oldi amaliyoti o‘tayotgan korxonada (amaliyot rahbari yoki ilmiy rahbari bilan) belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi. 



Bitiruv malakaviy ishining bajarilish muddati ilmiy rahbar tomonidan belgilangan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriqqa qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi shart.

Bitiruv malakaviy ishini bajarish uning rejasini tuzishdan boshlanadi. Reja dastlabki va oxirgi variantlarda ham bo‘lishi mumkin. Dastlabki reja talabaning nazariy bilim olish davrida bajargan kurs ishi va ilmiy ma’ruzalarda to‘plagan tajribalari asosida bo‘ladi. Dastlabki reja ishda ko‘riladigan masalalar, muammolar va ularning yechimlarini o‘z ichiga olishi kerak.

Oxirgi variantdagi reja talaba tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, korxona materiallari va tegishli sohadagi ilmiy tadqiqot ishlarini to‘la o‘rganib chiqilgandan so‘ng dastlabki variantdagi rejaga asosan tuziladi. 

Oxirgi variantdagi reja rahbar va investitsiyalarga oid bo‘lim kiritish bo‘yicha maslahatchi tomonidan rozilik berilgandan so‘ng kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy rahbar har bir talabaning bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha uch nusxada topshiriq va kalendar grafik tuzadi, bir nusxasi kafedrada ikkinchi nusxasi rahbarda va uchinchi nusxasi talabada bo‘ladi va uning bajarilishini doimo nazorat qilib boradi. Rahbar bitiruv malakaviy ishini o‘zi rahbarlik qilayotgan talabalar qanday darajada samarali bajarayotganliklari haqida kafedra yig‘ilishlarida hisobot berib turadi.

Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar tomonidan talabaga beriladigan yakka tartibdagi topshiriqlarga asosan bajariladi. Ular quyidagilarni ichiga o‘z ichiga oladi:

- bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzish, uni ilmiy rahbar bilan kelishish;

- bitiruv malakaviy ishi va uning bo‘limlarini bajarish muddati va grafigini kelishish;

- bitiruv malakaviy ishini yozish bo‘yicha foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;

- bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha zarur statistik ma’lumotlarni tegishli muassasa, tashkilot va korxonalardan to‘plash.

Bitiruv malakaviy ishini bajarishda talabalarni bitiruv oldi amaliyoti muhim rol o‘ynaydi. Chunki bu davrda talaba o‘zi tanlagan tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyati bo‘yicha materiallarni yig‘ib, qayta ishlab chiqadi va bitiruv malakaviy ishini yozadi.

Bitiruv malakaviy ishini obyekti respublika xalq xo‘jaligining rivojlanish holati, neft va gaz sanoati tarmoqlaridagi turli shaklidagi ishlab chiqarish koxonalari yoki ularning bo‘limlari, ijtimoiy infratuzilmalari va boshqalar hisoblanadi.

Talaba ishning muallifi sifatida tanlagan qarorning to‘g‘riligiga va uning topshiriqga muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‘chirmachilik holatining yo‘qligiga shaxsan javob beradi.

Ishlov berish texnologiyasi ta’lim sohasi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishining mazmuni mazkur ta’lim yo‘nalishining o‘quv va ishchi o‘quv rejalari asosida o‘qitiladigan fanlar mavzusidan kelib chiqib belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishi 3 qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni kirish, asosiy qism hamda xulosa va takliflar.

Bitiruv malakaviy ishini bajarishda mavzu bo‘yicha ko‘riladigan masalalarning tasdiqlangan rejaga mos kelishi va qo‘yilgan masalani to‘la yoritilishiga alohida e’tibor berish kerak.

Bitiruv malakaviy ishining har bir bo‘limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Bitiruv malakaviy ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari (albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) tahliliy-qiyosiy ma’lumotlar sifatida aks ettirilishi yoki ulardan tahlillar sifatida foydalanish mumkin.

Yozuv-tushuntirish qismi bitiruv malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim. Zaruriy hollarda tushuntirish qismga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxema va boshqalar, shuningdek, zaruriy qo‘shimcha axborot yozilgan elektron shakldagi ma’lumotlar ilova qilinishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiga ishning mavzusi, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda elektron shakldagi taqdimot materiallari kiritilishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining to‘la ochib berish uchun u qator bo‘lim va boblardan iborat bo‘lishi kerak. Ish tuzilishining maqbul ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: titul varag‘i, mundarija, kirish, asosiy qism 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar.

Titul varag‘i. Titul varag‘i ishning birinchi varag‘i hisoblanadi. Titul varag‘ida muallifning, ilmiy rahbarining, maslahatchining hamda kafedra mudirining imzosi qo‘yiladi (Ilova 2).


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish