38
issiqlikdan izolyatsiyalovchi saqlovchi panjara moslamasi bilan birgalikda
quriladi. Chunki bu moslama jamlangan issiqlikni tunda tashqariga
sarflanishini
kamaytiradi. Panjaraning ichki tomonini qora rang bilan bo‘yash lozim.
Xonaning ichidagi havo harakatidagi retserkulyatsiyani boshqarish uchun
qopqoq o‘matiladi.
Aktiv (faol) past haroratli quyosh nuri bilan isituvchi asboblar o‘zi alohida
o'rnatilib binoning biror bir qurilmasiga kirmaydi. Hozirgi davrda quyosh nuri
bilan isituvchi gelio qurilmalar ikki turga bo’linadi: birinchisi-nur yig‘uvchi
gelio qurilmalar va ikkinchisi - yassi gelio qurilmalar.
Nur yig'uvchi gelio qurilmalar sferik yoki paraboloid shaklida oynali,
paraboloid silindr shaklida yasaladi. Bunday oynali nur qabul qiluvchi moslama
o‘ta yaltiroq yuza bilan qoplangan metall tunukalardan tayyorlanib fokus
nuqtasiga nur dastasi issiqligining quvvatini qabul qiluvchi issiqlik tashuvchi
to‘ldirilgan element joylashtiriladi.
Gelio qurilmalarning issiqlik qabul qiluvchisi sifatida zichligi yengil
bo’lgan shag‘al, keramzit, suv yoki muzlamaydigan suyuqliklar ishlatiladi.
Gelio qurilmalarni quyosh nuriga doimo perpendikulyar holda turishini
ta’minlab
turish kerak, chunki nur dastasi samarali va to‘liq tushishi uchun
oynali yuzani siljitib turish lozim
Gelio qurilmada issiqlik tashuvchi sifatida antifriz va suv ishlatilishi
maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar tizimda issiqlik tashuvchi sifatida
suv ishlatilsa
uning muzlashi oldini olish uchun tizimni suvdan bo'shatib qo‘yish lozim.
Bu parabolosilindrik gelio qurilmada issiqlik tashuvchi sifatida antifriz va
isitish tizimi halqasida esa suv ishlatiladi. Quyosh nurini yig'uvchi gelio
qurilmalarning afzalligi shundan iboratki, bunday tizimda issiqlik tashuvchi
suvning haroratini 40°C gacha ko'tarib, hatto bug' hosil qilish mumkin.
Bunday isitish qurilmalarining qurilishi ancha qimmatga tushadi, chunki
moslamaning quyosh nuriga doimiy to‘g‘rilab turilishi uchun ancha elektr
quvvati sarf bo'ladi. Shuning uchun keyingi paytlarda quyosh nuri yordamida
ishlatiladigan yassi gelio qurilmalar ishlatilmoqda.
39
Yassi gelio qurilmalar ikki turga bo'linadi: 1-yassi kollektorlar; 2-yassi
absorber.
2.5-rasmda past haroratli quyosh nuri yordamida ishlaydigan suv bilan
isitish qurilmasini yassi quyosh kollektori keltirilgan bo‘lib, kollektor quyosh
nuri tushishiga qarab boshqarib turuvchi avtomatlashtirilgan drenaj bilan ji-
hozlangan. Respublikamizning tog‘li joylarida, yaylovlarda, qulay tog'oldi
adirlarida isitish qurilmalari lozim bo’lgan barcha joylarda quyosh nuridan
foydalanish kengayadi, degan umiddamiz. Chunki geografik jihatdan qulay
joylashgan Respublikamiz viloyatlarida quyosh nuri va shamol tezligidan keng
ko’lamda foydalanish uchun barcha tabiiy va texnik shart-sharoitlar mavjud.
Quyosh nuri yordamida olinadigan issiqlikni tejamli va kam xarajat sarf
qilib hosil qilish uchun quyosh gelio qurilmalari bilan issiq suv nasoslarining
birgalikda ishlatilishi, kelajakda odatdagidek ishlatilib kelayotgan issiqlik
qurilmalaridan berilayotgan jami issiqlik miqdorining 30-50 foizini tashkil etadi.
Issiqlik energiyasini hosil qiluvchi tabiiy yoqilg‘ilar neft, gaz
va boshqalar tabiiy
boyliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: