Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

Konsentratsiyalaydigan 
quyosh 
kollektorlari:a-parabolik 
konsentrator;  b—  parabolosilindrik  kondensator;  1-quyosh  nurlari;  2-issiqlikni 
qabul  qiluvchi  element;  3-nur  qaytaradigan  oyna;  4-  kuzatish  mexanizmi;  5—
isitish tarmog'i; 6-oyna.    
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.3-rasm. Konsentratsiyalaydigan (a) va yassi (b) kollektorli quyoshli isitish 
tizimlari:  1-parabolosilindrik  konsentrator;  2-suyuqlik  issiqlik  akkumulatori; 
3—  qo‘shimcha  issiqlik  manbayi;  4-termometr;  5-isitish  tarmog‘i;  6—rostlash 
ventili;  7—nasos;  8—yassi  quyosh  kollektori;  9-kengayish  idishi;  10—issiqlik 
almashtirgichi; 11—isitish asbobi; 12-bak-akkumulator. 
 
Isitish  tizimi  qabul  qilinganda  quvurlami  to‘g‘ri  o‘tkazilganligi,  isitish 
 


 
36 
asboblari joylashganligi, armaturalar butunligi va quvurlar ulangan joylarida suv 
oqmasligi tekshirilishi lozim. 
Asosiy  e’tibor  tizimni  gidravlik  va  issiqlik  sinovlariga  qaratilishi  lozim. 
Gidravlik  sinov  vaqtida  tizimga  gidravlik  bosim  berilib,  uning  qismlari 
mustahkamligi, suv oqmasligi ma’lum vaqt davomida tekshiriladi. 
Issiqlik sinov vaqtida to‘g‘ri sozlanganligi (regulirovka qilinganligi), hamma 
isitish asboblarini bir tekisda qizishi tekshirilib ko‘riladi. Bu sinov qish paytida 
suvning  hisobiy  temperaturasida  (ya’ni  95÷105  °C),  yoz  paytida  esa  65÷70  °C 
da bajariladi. 
IST  tarmoqlari  ishchi  bosimdan  5  kg/sm
2
  dan  yuqori  bo‘lgan  bosimda 
sinaladi.  Ammo  bosim  10  kg/sm
2
  dan  ortiq  bo'lmasligi  lozim.  Sinovni 
o‘tkazishdan oldin tizimdan havo chiqarib tashlanadi. Sinash 10 daqiqa davom 
etadi, ushbu davr mobaynida bosim 0,5 kg/sm
2
 dan ortiq kamaymasligi lozim. 
Issiq suv quvurlarining tarmoqlari gidravlik sinovdan keyin issiqlik sinovidan 
o'tkaziladi.  Haqiqiy  harorat  hisobiy  haroratdan  farqi  15  °C  dan  oshmasligi 
lozim. 
     Issiqlikning almashinuvi ishchi bosimidan 1,5 barobar ortiq bo‘lgan gidravlik 
bosimda  o‘tkaziladi.  Ammo  u  4  kg/sm
2
  dan  kam  va  10  kg/  sm
2
  dan  ortiq 
bo‘lmasligi  kerak.  Agar  5  daqiqa  mobaynida  bosim  pasaymasa,  issiqlik 
almashuvi  sinovdan  o‘tgan  hisoblanadi.  Quvurlar  va  issiqlik  almashtirgichlar 
sinovdan o'tkazilguniga qadar izolatsiyalanmaydi. 
ISTni  montaj  qilishdagi  mehnatni  muhofaza  qilishda  qo‘llaniladigan  chora-
tadbirlar,  issiqlik  tizimini  montaj  qilishda  qo'llaniladigan  chora-tadbiriarga 
o‘xshashdir. 
    Sinovlar  o‘tkazilgandan  so‘ng  topshirish  aktlari  tuziladi  va  isitish  tizimi 
eksplutatsiyaga qabul qilinadi [53]. 
    Isitish  tizimida  issiqlik  manbai  sifatida  quyosh  energiyasidan  foydala-  nilsa, 
mazkur  jarayon  isitish  tizimida  quyosh  nuridan  foydalanish  de-  yiladi  (gelio 
qurilma). 
Quyosh  nurini  qabul  qiluvchi  gelio  qurilrama  quyosh  radiatsiyasini  o'ziga 


 
37 
qabul qilib, uni issiqlik energiyasiga aylantirib beradi. 
Bunday  isitish  tizimlari  quyosh  radiatsiyasini  ishlatish  uslubiga  ko'ra  past 
haroratli, passiv va aktiv isitish tizimiga bo'linadi. 
Quyosh radiatsiyasini issiqlikka aylantirib beruvchi moslama - gelio qurilma 
binoning o‘zida yoki biror bir qurilish konstruksiyasida qo’lanilsa, u passiv past 
haroratli quyosh nuri bilan isitish tizimi deb ataladi. 
Passiv  past  haroratli  quyosh  nuri  bilan  ishlaydigan  isitish  tizimi  «bino-
kollektor»da  quyosh  nuri  shisha  qatlamli  oraliqdan  xona  ichiga  o'tib  issiqlik 
to'riga kelib tushadi. Tushgan quyosh radiatsiyasi bino devorlarining yuzasiga va 
uy  jihozlarining sirtiga tushib issiqlik energiyasiga aylanadi. Sirt harorati oshib 
boradi  va  bu  harorat  nur  tushmagan  yuzalarga  konveksiya  va  nurlanish  yo'li 
bilan xonalararo tarqaladi.
 Demak, binoning quyosh ko'proq tushadigan tomoni 
past  haroratli  passiv  isitish  qurilmasi  sifatida  tanlanadi.  Xuddi  shu  yuzaning 
tomonlarini  e’tiborga  olgan  holda,  gelio-qurilmalar  o'matilishi  mo‘ljallangan 
sirtlarning sxemalari 2.4-rasmda ko‘rsatilgan. 
 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish