Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-rasm. «Issiq yashik » ning tuzilishi sxemasi



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/61
Sana08.05.2021
Hajmi1,97 Mb.
#63850
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
issiqlik taminoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash

2.6-rasm. «Issiq yashik » ning tuzilishi sxemasi. 
 
Bir oz vaqt o‘tgach  yashik ichidagi havoning temperaturasi ortayotganligini 
termometr  orqali  (yashikning  ichiga  joylashtirilgan)  kuzatamiz.  Bir  qavat  oyna 
bilan  qoplangan  va  osti,  yon  tomonlarida  issiqlik  izolyatsiyasini  amalga 
oshirilgan bunday qurilmalarning ichida havoning temperaturasi 70÷75 
º
С gacha 


 
42 
yetishi  mumkin.  Shuning  uchun  eng  sodda  turdagi  bunday  issiqlik  to‘plovchi 
qurilmalar «issiq yashik» nomini olgan. 
«Issiq yashikning ishlash prinsipi deraza oynaning o‘zida quyosh nurlarinng 
ko‘rinadigan  va  ko‘rinmaydigan  qismlarini  o’tkazish  xossasiga  asoslangan. 
Ma’lumki, deraza oyna o‘ziga tushadigan quyosh   nurlarining ko‘rinadigan va 
ko‘rinmaydigan  qismlarini  o‘tkazish  xossasiga  asoslangan.  Ma’lumki,  deraza 
oyna  o‘ziga  tushadigan  quyosh  nurlarining  ko‘rinadigan  qismini  yaxshi 
o‘tkazgani  uchun  tiniq  ko‘rinadi.  Bunday  oynalar  to‘lqin  uzunligi  0,3  mk  dan 
qisqa va 3 mk dan uzun to‘lqinlarni o‘tkazmaydi. 
Shveytsariyalik  fizik  Sossyur  birinchi  marta  «issiq  yashik»  ni  1770  yilda 
yasagan edi. Shundan so‘ng turli mamlakatlarda ko‘plab «issiq yashik» lar sinab 
ko‘rilgan. 
O’zbekistonda esa «issiq yashik» tipidagi quyosh qurilmalari bo‘yicha K.G. 
Trofimov  1928  yillardan  boshlab  ilmiy–tadqiqotlar  olib  borgan.  K.G. 
Trofimovning  tekshirishlari  ko‘rsatadiki,  «issiq  yashik»ning  ustiga  qoplangan 
oynali  qavatlar soni oshishi  bilan  yashik ichidagi havo temperaturasi ham  osha 
boradi.  Masalan,  «issiq  yashik»  7  qavat  oyna  bilan  qoplansa,  havoning 
temperaturasi 200 ºС gacha, 8 qavatda esa 225 ºС gacha yetadi. Oyna qavatlari 
orasida  havo  qatlamini  qoldirib,  oynalik  qavatlar  soni  oshirilganda  oyna  orqali 
issiqlik  yo‘qotish  kamaysada,  ammo  yashik  osti  va  yon  devorlaridan  issiqlik 
yo‘qotish kuchayadi. Oyna qavatlari soni ortgani sari quyosh energiyasi har bir 
oyna  qavatidan  o‘tishida  kamayadi.  Shuning  uchun  oynali  qavatlar  soni 
oshirilgan  sari  garchi  yashik  ichidagi  havoning  temperaturasi  oshsada, 
qurilmaning  foydali  ta’siri  kamayib  ketadi.  O‘zbekiston  sharoitida  yoz  kunlari 
60–70  ºС    temperaturalar  olish  uchun  «issiq  yashik»ni  bir  qavat  oyna  bilan 
qoplashning o‘zi yetarli. 
Quyoshning  nuriy  energiyasini  to‘plamasdan  ishlaydigan  yuqoridagiga 
o‘xshash  «issiq  yashik»  tipidagi  quyosh  qurilmalari  hozirgi  vaqtda  eng  ko‘p 
tarqalgan  qurilmalardir.  Bunday  qurimalarni  odatda  past  temperaturali  quyosh 
qurilmalari deb yuritiladi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 


 
43 
1.  Quyosh  suv  isitgichlari;  2.  Quyosh  suv  chuchitgichlari;  3.  Quyosh 
issiqxonalari va parniklari; 4. Quyosh quritgichlari; 5. Quyosh sovitgichlari. 
«Issiqlik yashik» turidagi turli xil quyosh suv isitgichlari asosan yog‘och 
yashik-rom,  ishchi  sirt-qozon,  oyna  va  issiqlik  izolyatsiyasidan  iborat  bo‘ladi. 
Quyosh  nurlari  isitgich  oynasidan  o‘tgach  qora  rangga  bo‘yalgan  qozonga 
tushadi va uni isitadi. Natijada qozondagi suv ham isiy boshlaydi.  
Respublikamizdagi  geliotexnika  bo‘yicha  ilmiy–tadqiqot  ishlari  olib 
borgan  marxum  olim  Qurbon  Boybo‘tayev  quyosh  suv  isitgichlarini  quyidagi 
turlaga ajratadi: 
1.  Oddiy  bochka  shaklidagi  isitgichlar;  2.  Nov  shakl  (lotok)li  isitgichlar; 
3.  Zmeyevik  (burama  truba)li  isitgichlar;  4.Trubali  isitgichlar;  5.Yassi,  yopiq 
isitgichlar. 
Olib  borilgan  tadqiqotlar  yuqorida  keltirilgan  suv  isitgichlarining  turlari 
orasida  eng  qulayi  trubali  quyosh  suv  isitgichlari  ekanligin  ko‘rsatadi  (2.7–
rasm).  Trubali  suv  isitgichlarda  yog‘och  yashik  1  tagiga  issiqlik  izolyatsiya 
qatlami  joylashadi.  Issiqlik  izolyatsiyasi  2  ustini  qoraga  metall  tunika  qozon  3 
bilan  qoplangan.  Qozon  3  dagi  parallel  kanalchalarga  metall  trubalar  4 
yotqizilgan  bo‘lib,  trubalarning  ikkala  uchiga  rezinka  trubalar  yordamida  katta 
diametrli  truba–kollektor  mahkamlanadi, kichikroq  o‘lchamga  ega  isitgichlarda 
trubalarni  kollektorlarning  mos  joylarida  bevosita  kavsharlab  qo‘yiladi. 
Kichikroq  o‘lchamga  ega  bo‘lgan  suv  isitgichlarining  yuzini  bir  qavat  oyna,  5 
kattaroq  (masalan,  yuzi  1m
2
)  isitgichlarda  esa  odatda  isitgich  yuzining  ustki 
yarmisini ikki qavat oyna bilan qoplanadi. 
   1                              4            3           5                              6 
 
 
                    
 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish