~ 3 ~
Laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlashda rioya qilinishi lozim
bo‘lgan qoidalar:
Har bir kichik guruhda talabalarga mikroskop va ish joyi doimiy
berkitiladi. Laboratoriya stoli ustida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak.
Laboratoriyada tozalik va ozodalik bo‘lishi shart. Mashg‘ulotda
foydalanilgan idishlar, asbob-uskunalar va o‘rganilgan
materiallar
mashg‘ulot oxirida sterilizatsiya qilinishi lozim.
O‘qituvchi ruxsatisiz jihozlarni ishlatish, elektr jihozlarini qo‘shish
ruxsat etilmaydi. Asbob-uskunalar ishlamasa yoki ishlatishga yaroqsiz
bo‘lsa, o‘qituvchiga bildirish, shuningdek, kimyoviy va boshqa reaktivlar
bilan ishlaganda ehtiyot choralarini ko‘rmoq lozim.
Mashg‘ulot oxirida mikroskop ob’ektivini va ish joyini
(foydalanilgan barcha asboblar), tozalab shkafga olib qo‘yiladi.
Ish joyi yig‘ishtirilgach, qo‘lni dizenfeksiyalovchi
eritma bilan
yuvib quriguncha artiladi.
~ 4 ~
KIRISH
O‘quv jarayonini yangi texnologiya asosida joriy etish va hozirgi
kun talabiga to‘la javob beradigan o‘quv qo‘llanmalar yaratish dolzarb
masala. Ushbu o‘quv qo‘llanmada boshqa qo‘llanmadan farqli o‘laroq
o‘quvchi darsga qadar mustaqil tayyorlanishi uchun savollar bilan
tanishadi, mashg‘ulotni bajarish jarayonida ob’ektni qismlarga bo‘lib,
mustaqil ravishda har bir qismni o‘lchami,
shakli bilan tanishadi va
rasmini chizadi. Bu o‘quvchida mavzuni o‘zlashtirish imkoniyatini
oshishiga zamin yaratadi.
Mavzu oxirida zararli obьektga qarshi kurash usullari to‘g‘risida
jadvallar o‘quvchi tomonidan to‘ldiriladi.
O‘quv qo‘llanmaning maqsadi amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari
davomida o‘quvchida morfologik, mikroskopik ko‘rinishlar asosida
ob’ektni taniy bilish hamda unga qarshi kurash choralarini qo‘llash
ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Insoniyatning
oziq - ovqatga, xom ashyoga bo‘lgan talabini
qondirish davlat agrosanoati ishlab chiqarish xodimlari oldiga
o‘simliklarni himoya qilishni amalga oshirish talabini qo‘yadi.
Ma’lumotlarga qaraganda etishtirilgan hosilning 23-30 % ni o‘simlik
zararkunandalari faoliyati natijasida yo‘qotiladi. Qishloq xo‘jalik
ekinlarini industrial texnologiya asosida etishtirish,
erning meliorativ
holatini yaxshilash mos holda agrobiotsenozni yuqori fitosanitar holatda
tutishni talab etadi. Bu esa oliy o‘quv yurtida tahsil oladigan talabalarda
kassalliklar va hashorot turlarini ajrata bilish, ularning paydo bo‘lishi
ehtimolini oldindan bilish va majmuali qarshi kurash tadbirlarini qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Zararkunandalar tirik organizm bo‘lib, ularning yashash faoliyati
tuproqda hamda o‘simlikda kechadigan jarayonlar bilan bog‘liq holda
yuzaga chiqadi. Fikrimiz dalili misolida ko‘sak qurti tanasidagi yog‘
miqdoriga asoslanib uning keltirgan zarari miqdorini aniqlash mumkin.
~ 5 ~
I. a-botiq;
b-keng bandli; v-osiluvchan; g-uzun poyachali. II. A-suvarak va b-temirqanot;
erkak zotlarini ustidan ko‘rinishi; Osiyo chigirtkasi qorinlarining uchidagi o‘simtalari: v-erkak
va g-urg‘ochisi; 1-serki; 2-grifelka; 3-anal
yaproqcha; 4-genital yaproqcha; 5,6,7-sakkizinchi
va o‘ninchi tergitlar; 8,9- sakkizinchi va to‘qqizinchi sternitlar; 10-tuxum qo‘ygich.
Do'stlaringiz bilan baham: