Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari» fanidan ma’ruzalar matni


-Mavzu: INDUKTIV VA IONIZATSION MANOMETRLAR



Download 4,48 Mb.
bet45/54
Sana26.06.2022
Hajmi4,48 Mb.
#706748
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «sohaning texnologik o’

17-Mavzu: INDUKTIV VA IONIZATSION MANOMETRLAR.


Reja:
1. Induktiv manometrlar.
2. Ionizatsion manometrlar.
3. Bosim o’lchashda ishlatiladigan issiqlik o’tkazuvchi asboblar.


Induktiv manometrlarning ishlash prinsipi g’altak induktivligining tashqi bosim ta’sirida o’zgarishiga asoslangan. Induktiv manometrlarning prinsipial sxemasi 17.1- rasmda tasvirlangan. U membranali sezgir element 3, unga biriktirilgan temir o’zak 6 va temir o’zakli induksion g’altak 4 dan iborat. O’lchanayotgan bosim naycha 1 orqali bo’shliq 2 ga kelib membrana 3 ni bukadi, natijada o’zak 6 g’altak o’zagi 4 ga yaqinlashadi. Shunday qilib, g’altakning induktivligi o’lchanayotgan bosimga proporsional o’zgaradi. Datchik o’lchash sxemasiga klemmalar 5 orqali ulanadi.

17.1-rasm. Induktiv manometr sxemasi




Ionizatsion manometr. Ionizatsion manometr (vakuummetr) larning ishlash prin­sipi gaz molekulalarining qizdirilgan katod chiqaradigan elektron oqimi orqali ionlanishiga asoslangan. 17.2- rasm­da qizdirilgan katodli ionizatsion vakuummetriing sxemasi tasvirlangan. Vakuummetrning sezgir elementi sifatida uch elektrodli manometrik lampa ishlatiladi. Lampa balloni 1 o’lchanayotgan muhit bilan ulangan. Ballonda volfram tola katod 2, to’r 3 va anod-kollektor 4 joylashgan. Katoddan chiqqan elektronlar musbat zaryadlangan anodga yaqinlashadi. Gaz bosimiga ko’ra elektronlar o’z yo’lida ma’lum miqdordagi molekulalarni ionlaydi. Ionlar kollektor orqali yig’ilib, anod toki va gaz bosimiga proporsional Jкtokini hosil qiladi:
(17.1)
bu yerda Jа — anod toki; Рgaz bosimi; K — o’zgartgich geometrik o’lchovlariga va gaz tarkibiga bog’liq bo’lgan proporsionallik koeffitsiyenti.



17.2-rasm. Ionizatsion vakuummetr sxemasi. 17.3-rasm. Ionizatsion manometr sxemasi.

Qizdirilgan katodli ionizatsion vakuummetr orqali 133,32* 10-1dan 133,32 • 10-8Pa (10-3...10-10mm sim. ust) gacha vakuummetrlarni o’lchash mumkin. Ionizatsion manometrlar texnik asboblar sifatida ishlab chiqarish sharoitlarida Ko’llanilmaydi, lekin laboratoriyalarda keng qo’llaniladi.


17.3- rasmda radioizotop ionizatorli gaz bosimini o’lchash asbobining prinsipial sxemasi ko’rsatilgan.
Asbobning ishlash prinsipi ionizatsion kamera orqali oqadigan tokning kameradagi gaz bosimiga bog’lanishiga asoslangan. Bunday holda o’lchanayotgan bosim uncha katta bo’lmaganda va radioizotop manometrlarning o’lchami ham uncha kat­ta bo’lmaganda zarrachaning 1 sm uzunlikdagi yo’lda eng katta ionlashtiruvchi qobiliyatiga ega bo’lgan α- nurlanishdan foydalanish samaralidir. Agar ionlashtiruvchi kamera o’lchamlari α-zarrachalar bosib o’tgan yo’l uzunligidan keskin kichik bo’lsa, unda manfiy zaryadlangan kollektorda ion toki kuchi bosimning chiziqli funksiyasi bo’ladi, ya’ni
(17.2)
bundaР— bosim; Кasbob doimiysi,
Ionizatsion kamera 2 vakuum o’tkazmaydigan g’ilof 1 ichida joylashgan, u naycha 4 yordamida bosimi (vakuumi) o’lchanishi zarur bo’lgan bo’shliq bilan bog’lanadi. Gaz radioaktiv manba 3 bilan α-zarralar orqali nurlantiriladi. Radiy, to­riy, poloniy, protaktiniy izotoplari nurlantiruvchi bo’lib xizmat qiladi.
Kamerada ionlar kollektori 8 joylashgan. Ta’minlash kuchlanishi o’zgarmas tok manbaidan simlar 5 orqali amalga oshiriladi. Ionlar kollektori kamera devorlariga nisbatan manfiy potensialga ega. Ion toki kuchaytirgich 6 bilan kuchaytiriladi va bosim birliklarida darajalangan asbob 7 bilan o’lchanadi. Asbob 1∙103 Pa (10-2 —10 mm simob ustuni) diapazonda absolyut bosimni o’lchashga mo’ljallangan.
Bunday manometrlar kam inerdionligi, gisterezisning yo’qligi, ko’rsatishlarni masofaga osonlik bilan uzatish va o’lchash diapazonini o’zgartirish mumkinligi bilan ajralib turadi.

Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish