Bog'liq Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «sohaning texnologik o’
Kuch kompensatsiyali o’zgartkichlar. Kuch kompensatsiyali o’zgartkichlar birlamchi asbob sezgir elementining kuchini 0—5 yoki 0—20 mA li o’zgarmas tokning unifikatsiyalangan signaliga o’zgartishga mo’ljallangan.
Elektr-kuch o’zgartkichlarning ishlashi kuchni kompensatsiyalash prinsipiga asoslangan: sezgir element tomonidan o’lchanayotgan kattalik ta’sirida hosil qilingan kuch shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi tomonidan ta’sir etadigan kuch bilan muvozanatlashadi.
1 8.4-rasm. Kuch kompensatsiyali elektr analog o’zgartkich.
DAS analog shoxobchasining elektr o’zgartkichlarida elektrkuch o’zgartkichlarning ikki turidan foydalaniladi — kuch va chiqish signali orasida to’g’ri proporsionallik (chiziqli) munosabatni ta’minlaydigan chiziqli o’zgartkichlar va chiqish signali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildizga proporsional bo’lgan kvadratik o’zgartkichlar. Kvadratik o’zgartkichlardan difmanometrlarda — sarf o’lchagichlarda foydalaniladi. Ular chiqish signalini o’lchanayotgan suyuqlik va gaz sarfiga to’g’ri proporsional o’zgaradigan o’zgarmas tok ko’rinishida olishni ta’minlaydi. Uzgartkichlar alohida blok ko’rinishida yasaladigan UP-20 tipli kuchaytirgich bilan komplektlanadi.
Chiziqli va kvadratik o’zgartkichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan farq qiladi.
Kuch kompensatsiyali elektr analog o’zgartkichning prinsipial sxemasi 18.4-rasmda ko’rsatilgan. Ulchanayotgan parametro’lchash bloki 1 ning sezgir elementiga (masalan, manometr membranasiga) ta’sir ko’rsatadi va F proporsional kuchga aylanadi, bu signal richag 2 ga uzatiladi. Richagning rolik 3, oraliq richag 4 va lentali tortqi 5 orqali burilishi kompensatsion richag 6 ga uzatiladi. Kompensatsion richagda differensial - transformatorli indikatorning o’zagi 7 va magnitoelektr kuch mexanizmining g’altagi 8 o’rnatilgan.
Yarmo 9 ikkillamchi chulg’amlarining bir-biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo’lgan zanjirdagi muvozanat o’rtacha holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali o’zgaruvchan tok signali paydo bo’ladi. Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga keladi. Kuchaygan va to’g’rilangan signal masofaga uzatish liniyasiga va shu bilan birga, liniya bilan ketma-ket bog’langan muvozanat indikatorining g’altagi 8 ga (teskari bog’lanish) keladi. G’altak 8 dagi tok hosil qilgan magnit maydon bilan doimiy magnit 11 o’rtasidagi o’zaro ta’sir natijasida richag 6 da kuch paydo bo’ladi, bu kuch o’lchanayotgan kirish (masalan, bosim o’zgarishi natijasida) kuchini muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 orqali sozlanadi. Asbobni o’zgartkichning berilgan o’lchash diapazoniga sozlash uchun rolik 3 va lentali tortqi 5 ni siljitiladi.
Kuch kompensatsiyasi prinsipi shu sxemaga nisbatan quyidagidan iborat: muvozanat paytida sezgir element hosil qilgan kuch F unga teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan kuch Fm ga teng.
Chiziqli o’zgartkichda doimiy magnit 11 bilan g’altak 8 dan o’tayotgan tok hosil qiladigan magnit maydoni orasidagi o’zaro ta’sir shu tokka proporsional bo’lgan, richag sistemasi orqali kirish kuchini muvozanatlashtiradigan kuch hosil qiladi, ya’ni
(18.1 )
bunda Fм — teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan kuch; K — o’zgarmas koeffitsiyent; Iчиқ— chiqish toki.
Kvadratik o’zgartgichda teskari aloqa kuch Fмbilan chiqish signali
Iчиқorasidagi o’zaro ta’sirlashuv magnitoelektr mexanizm o’rniga elektromagnit kuch mexanizmini qo’llash yordamida ta’min etadi. Bu holda teskari aloqa kuchi bilan chiqish signali orasidagi munosabat quyidagn ko’rinishda bo’ladi:
(18.5)
UP-20 tipdagi yarim o’tkazgich kuchaytirgich nomuvofiqlashtirish indikatori signalini o’zgarmas elektr toki signaliga o’zgartiradi. Signalni masofaga uzatish 10 km ga yetishi mumkin. Uzgartkichga ulanadigan ikkilamchi asboblarni ikki gruppaga bo’lish
mumkin: o’zgarmas tokning unifikatsiyalangan signalidan ishlaydigan (milliampermetrlar) va o’zgarmas kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar (voltmetrlar, potensiometrlar, markaziy nazorat va boshqarishning elektr mashinalari).