Tekshirish uchun savollar
1. Quduqni kompressor usulida ishlatish deganda nimani tushinasiz?
2. Kompressor usulining avfzallik tomonlari va kamchiliklari?
3. Gazlift nima?
4. Erlift nima?
5. Erlift usulining kamchiliklarini sanab o‘ting?
6. Kompressor qudug‘i usti jixozlariga nimalar kiradi?
7. Kompressor usulida qanday ishlatish tizimlari mavjut?
8. Bir qator ko‘targichli quduqlarda ko‘taruvchi quvurlar nechaga teng bo‘ladi?
9. Ikki qator ko‘targichli quvurlar kombinasiyasini qanday tanlash samarali hisoblanadi?
10. Markaziy va xalqa tizimli ishlatishni izoxlang?
Adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar: 1, 2, 4,6,7
Qo‘shimcha adabiyotlar:1,6,9,12
MA’RUZA №19
Ma’ruza: Quduqlarda er osti ta’mirlash ishlarini olib borish Ma’ruza rejasi
19.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi.
19.2. Quduqni er osti ta’mirlashda ishlatiladigan ko’taruvchi inshoat va mexanizmlar.
19.3. Tal tizimi
19.4. Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun ishlatiladigan asosiy instrumentlar.
Tayanch iboralar:
Ishlatish koeffisienti, minora, machta, harakatlanuvchi machta, normal (muayyan) ishlashi buzilishi, elevator.
25.1. Er osti ta’mirlash ishlarini umumiy tavsifi
Har-xil sabablar bilan quduqning normal (muayyan) ishlashi buziladi, natijada neft‘ qazib olish kamayadi yoki butunlay to‘xtaydi. Neft‘ qazib olishning kamayishi yoki butunlay to‘xtashi er osti yoki usti jixozlari qismining buzilishi, ishchi agent yoki elektroenergiyasining uzatilishi vaqtincha to‘xtashi, quduq tubiga qum yoki suvning kelishi, parafinning qotib qolishi natijasida yuz beradi. Quduqning uzoq ishlamasdan turib qolishi quduqni ishlatish koeffisentiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Quduqning ishlatish koeffisenti quduq ishlagan kunlarining umumiy kunlar soni nisbatiga teng bo‘ladi. Ishlatish koeffisenti 0,95-0,96 ga teng bo‘lsa yaxshi hisoblanadi Quduqda er osti tomirini utkazish uchun tuxtalishi ishlatish koeffisentiga katta ta‘sir kursatadi.
Joriy er osti ta‘mirlash ishlariga quyidagi ishlar kiradi: Chuqurlik nasoslari yoki uning qismlarini almashtirish, nasos shtangalarini uzilishi yoki echilib ketishini bartaraf etish, nasosni yuvish, almashtirish, nasos-kompressor quvuri yoki shtanga
tizmalariga qo‘shish yoki kamaytirish, quvurdagi sizishni bartaraf etish, qum yakorini tozalash, ishchi mufta va ko‘shuvchi moslamalarni tekshirish, qum tiqinini yuvish yoki tozalash, paker tushirish va almashtirish va boshqa bir qancha ishlar kiradi. Bu ishlarni konda tashkil qilingan quduqni er osti ta‘mirlash brigadasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bir muncha qiyin bo‘lgan ishlar, avariyani bartaraf etish, suvni oqishini tuxtatish, qiyshaygan tizmalarni to‘girlash, mustahkam tiqinni burg‘ilash, qatlamni gidravlik yorish va boshqa bir qancha ishlar quduqni tubdan ta‘mirlash ishlariga kiradi. Bunday ishlarni neft konlari boshqarmasiga qarashli tubdan ta‘mirlash idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kondagi er osti ta‘mirlash ishlari buyicha tuzilgan brigada vaxta bilan ishlaydi. Bir vaxta tarkibiga uch kishi kiradi: nazoratchi va yordamchisi quduq atrofida ishlaydi, uchunchi qismi (traktorchi) shofyor kutaruvchi mexanizm lebedaksida ishlaydi. Ta‘mirlashga talluqli barcha ishlar ko‘taruvchi quvur (yoki shtanga) ni kutarib-tushirish bilan bog‘liq. Buning uchun har bir ta‘mirlash olib borilayotgan quduqda ko‘taruvchi inshoat va ko‘taruvchi moslamalar joylashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |