Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 2,15 Mb.
bet67/85
Sana14.02.2023
Hajmi2,15 Mb.
#910914
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Bog'liq
qarshi-muhandislik-iqtisodiyot-instituti-neft-va-gaz-fakulteti

Adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar: 1, 2, 4,6,7
Qo‘shimcha adabiyotlar:1,6,9,12






Quduqlarni gazlift usulida ishlatishning afzallik taraflari

Reja

18.1. Quduqlarni gazlift usulida ishlatish.


18.2.Ko’targichning ish prinsipi.

18.3.Kompressor qudug’i usti jixozlari.
18.4.Kompressor qudug’ini ishga qo’shish.


18.1.Quduqlarni gazlift usulida ishlatish



Neft qudug‘ini gazlift usulida ishlatishda favvoralanish sun‘iy hosil qilinadi. Bu ikkala usulning bir-biridan farqi shuki, favvora usulida energiya manbayi qatlamdan kelayotgan gaz hisoblansa, gazlift usulida ishlatishda suyuqlikni quduqdan ko‘tarib olish yuqoridan haydalayotgan siqilgan havo yoki gaz energiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Agar quduqqa siqilgan havo haydalsa, bu qurilma erlift (yoki havo ko‘targich) yoki sikilgan gaz haydalsa gazlift (yoki gaz ko‘targich) deb ataladi. Ishchi agentni haydashda compressor qurilmasidan foydalanilsa kompressorli gazko‘targich usuli, kompresor ishlatilmasa kompressorsiz gazko‘targich usuli deb nomlanadi.


Kompressor usulining asosiy afzallik tomonlari:
1. Jixozlar tuzilishining oddiyligi; Quduqqa murakkab jixozlar tushirilmaydi balki tez echiladigan mexanizmlar tushiriladi.
2. Barcha jixozlarning er yuzasida joylashtirilishi: 3. Ko‘p miqdorda suyuqlik olish mumkunligi;
4. Quduq debitini boshqarishning oddiyligi.
5. Ishlatish jarayonida tiqin hosil bo‘lishini oldini olish mumkinligi.
6. Quduqda ajralib chiqayotgan gazlar suyuqlikning oqishiga yordam qiladi.
Kompressor usulining afzallik tomonlari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud.
1) Ko‘targich va kompessor – quduq tizimining foydali ish koeffisienti kichikligi, dinamik satx kichik bo‘lganda 5% dan oshmasligi; 2) Quvurning ko‘p ishlatilishi, ayniqsa tiqin hosil bo‘lishi mumkun bo‘lgan quduqlar uchun.
3) Qimmat baho kompressor stansiyalarining qurilishi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki kompressor usulida ishlatish uchun bir quduqni jixozlash uchun ketgan xarajat nasos quduqlarini jixozlash uchun ketgan harajatdan 3-4 marta ortiq bo‘ladi. Quduq debiti pasayishi bilan 1tn neft qazib olish uchun energiya sarfi ko‘payadi. Shuning uchun past debitli quduqlarni kompressor usulida ishlatish yaxshi samara bermaydi.

Kompressor ko‘targichi yordamida qazib olinayotgan suyuqlik miqdori unga haydalayotgan ishchi agent miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.Bu bog‘liqlik ko‘taruvchi quvirlar tizmasining tushirilish chuqurligi ko‘taruvchi quvir diametri va quduqdan chiqishdagi qarshi bosimlar ta‘sirida ham o‘zgarishi mumkin. Shu bilan birgalikda bir qancha ko‘rsatkichlar ham ta‘sir qiladi. Bularga neft qatlamining maxsuldorligi, ko‘tariluvchi suyuqlik qovushqoqligi va zichligi quduqda ajralib chiqayotgan gaz miqdori va boshqalar. Bu ko‘rsatkichlarning xilma xilligi kerak bo‘lgan ishchi agent miqdorini nazariy aniqlashni qiyinlashtiradi.
Ko‘p sonli mualliflarning kompressor ko‘targichlarining hisobi va nazariyasi ustida ishlashi yaxshi natija bermadi. Bu yo‘nalishda ishlardan V.S.Melikovning o‘tkazgan eksprementlari, A.P.Krilovning empirik hisoblari, V.G
Bagdasarovning ergazlift nazariyasi hisobi va amaliyoti bo‘yicha olib borgan ishlarini hisoblash mumkin. Tekshirishlar natijasida gaz ko‘targichlarini hisoblash uchun aniq formula topilmagan bo‘lsada rasional ko‘targichlarni loyihalashda foydalanish uchun bir qator prinsipial ko‘rsatmalar o‘rnatilgan. Bu ko‘rsatmalar quyidagilar:
1)Suyuqlikni ko‘tarish uchun ishchi agent miqdorini to‘g‘ri tanlash har-bir quduq uchun debitning ishchi agent miqdoriga bog‘liqlik egri chizig‘ini hosil qilib tajriba usulida aniqlash.
2)Taxmin qilingan quduq debitiga qarab ko‘taruvchi quvir diametiri tanlanadi.
3)Kompressor quvurini botirilish cho‘qurligini iloji boricha oshirish, bu ko‘taruvchi quvur f.i.k.ning yuqori bo‘lishini ta‘minlaydi.




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish