Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»


Hamkorlikda o'zaro o'qish turlari va ularning mohiyati



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

15.3.Hamkorlikda o'zaro o'qish turlari va ularning mohiyati. 

Ma'lumki, shoir, yozuvchi, bastakor, texnik xodim va boshqa ijod ahli tinmay 

izlanadilar,  tom  –  tom  kitoblar,  taxlam  –  taxlam  gazeta  va  jurnallarni  varaqlab 

chiqadilar.  Ziyokor  sifatida  o'qituvchi  ham  bu  holatdan  qolmasligi,  tinmay  izlanishi 

va  ijod  qilishiga  to'g'ri  keladi.  Chunki,  bugungi  kun  o'quvchisi  ommaviy  axborot 

vositalari  orqali  ko'pgina  ma'lumotlarga  ega.  Ularni  o'z  o'quv  fani  mazmuniga 

singdirish,  orqali  o'quv  predmetiga  qiziqtirish,  izlanish,  mustaqil  ishlariga  o'rgatish 

o'qituvchidan katta bilim, mahorat talab qiladi. Shunga asosan o'qituvchiga bolalarga 

nima  o'rgatsam,  qanday  o'rgatsam  degan  uy  –  xayol  xalovat  bermasligi  kerak. 



qolaversa ta'lim islohotlari ham o'qituvchiga mana shunday tasavvur bilan yashash va 

ishlashga da'vat etmokda. 

 

Shunga ko'ra hamkorlikda o'qitish metodini puxta egallagan qanday o'qitish va 



nimani  o'rgatishni  yaxshi  bilib  oladi.  Zero,  hamkorlikda  o'qitish  o'quvchida    ongli 

intizomni  tarbiyalaydi,  o'z  muvaffaqiyatini  guruh  muvaffaqiyati  deb  biladi, 

topshiriqlarni  hamguruhlari  bilan  puxta  o'zlashtirishga,  o'rtoqlariga    hamkor  bo'lib, 

o'zaro  yordam  uyushtirishga  va  nihoyat  sitqidildan  aqliy  mehnat  bilan 

shug'ullanishiga zamin tayyorlaydi.  

 

Hamkorlikda  o'qitish  metodining    mohiyat  mazmunini  yuqorida  qayd  etilgan 



fikrlardan  tashqari  komanda  (jamoa)  hamkorligi  asosida  topshiriqlarni  echish 

jarayonlarini vaqt bo'yicha bosqichma – bosqich (g'oyalarni inersiyalar, muhimlarini 

ajratish, loyihalash qayta ishlab chiqish) va amalga oshirish g'oyasi etadi. 

Bugungi kunda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida Hamkorlikda 

o'qitish  metodining  bir  necha  metodlari  ishlab  chiqilgan.  Metod  –  bu  o'rgatuvchi 

(ta'lim  beruvchi)  va  o'rganuvchi  (ta'lim  oluvchi)ning  aniq  bir  vaqt  va  vaziyatda  

birgalikdagi faoliyatining tashkiliy tomoni.  

Komandada  o'qitish  metodi.  O'qitishning  bu  metodi  J.Xopkins  universitetida 

ishlab chiqilgan. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, komandaning har bir 

a'zosi oldida biror – bir masalani birgalikda bajarish emas, balki bir-bir narsani birga 

bilib  olish  vazifasi  turadi.  Komandaning  muvaffaqiyati  komanda  har  bir  a'zosining, 

muvaffaqiyati  har  bir  a'zoning  muvaffaqiyati  esa  butun  komandaning  muvaffaqiyati 

deb tan olinadi.  

 

Interfaol  usullarda  muammoli,  hayotiy  vaziyatlardan  foydalanish  juda  yaxshi 



natijalar  beradi.  Baxsli,  muammoli  vaziyat–insonning  faoliyati  davridagi  fikrlash 

natijasiga bog'liq bo'lib qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. 

Bunday  holatda  u  hodisa  yoki  jarayonni  qanday  izohlashni  bilmaydi.  Baxsli, 

muammoli  vaziyatlar  talaba-  o'quvchilarning  aqliy  kuchini  zo'riqtiradi,  vaziyatni 

oydinlashtirish uchun yo'llar qidira boshlaydi. Qiyinchiliklar bilan to'qnashadi. Odam 

muammo bilan yuzma-yuz (to'qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O'zida mavjud 

bilimlar  bilan  fikrlab  amallar  bajara  boshlab,  saviyasiga  mos  darajadagi  xulosalarga 

kela  boshlaydi.Talaba-  o'quvchilar  o'zlari  bajargan,  topshiriqlarni  qanday  qilib 

bajarganligini  aytib,  tushuntirib  bera  olishlari  lozim.Qanday  o'ylagani,  fikrlagani 

haqida  gapirib  bera  olishlari  kerak.  Muammoni  hal  qilish  jarayonidagi  tushunmay 

qolgan  o'rinlarini  o'z  so'zlari  bilan  ifodalab  bera  olishi,  o'rgatuvchi  uchun  juda 

muhimdir. 

Talaba-o'quvchilarni  ma'lumotlar  bilan  faol  ishlashga  o'rgatuvchi  usullarni 

interaktiv metodlar deyiladi . 

Verbal  muloqot  shakllari  ma'ruzalarni  faol  usulda  o'tkazish  har  qanday  yuqori 

saviyada  o'tkazilgan  ma'ruza,  garchand  u  faktlarga  boy  bo'lsa  ham,  agar  uzoq  vaqt 

davom  etsa,  o'quvchi-  talabalarning  eshitish  qobiliyati  susayadi  va  charchaydi. 

Shuning  uchun  yangi  pedagogik  texnologiya  asosida  tashkil  etilgan  ma'ruzalar 

samarali bo'ladi. 

Ma'ruzachi  o'z  ma'ruzasini  bir  necha  bloklarga  bo'ladi.  Har  blokni  15-20  minut 

davom  ettiradi  va  har  bir  blokdan  so'ng  to'xtab,  savol-javob  o'tkaziladi.    Ma'ruza 

davomida  ayrim  muammolarni  o'rtaga  tashlaydi.  Shu  vaqt  oralig'ida  bu  muammoga 

talaba-o'quvchilarning  munosabatini  aniqlaydi,  ularning  fikrlarini  tinglaydi.  Har  bir 

fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Uning fikri diqqat bilan tinglanadi. Ammo uni 




tanqid  ostiga  olmay,  boshqalarning  fikrlari  tinglanadi.  Bu  holat  ma'ruzaga  nisbatan 

bo'lgan  munosabatni  ijobiy  tomonga  o'zgartiradi,  ma'ruzaga  befarq  qaramaslikka 

sabab bo'ladi. Talaba-o'quvchilarni suhbatga tortish 5 minut davom etadi. 

Ma'ruzachi talaba-o'quvchilarning qiziqish, intilish,  mas'uliyati oshib borishni 

kuzatib  boradi.  Ma'ruzani  davom  ettiradi  va  shu  hol  takrorlanadi.  Shu  davr  ichida 

doimo  faol  ishtirok  etuvchilar,  teran  fikr  bildiruvchilar  ma'ruzachining  tayanchiga 

aylanadi.  Ma'ruza  davomida  mavzuni  sekin-asta  talaba-o'quvchining  kundalik 

faoliyatiga  bog'lash  boshlanadi,  asta-sekin  ularga  ham  qisqa  munozaralar  asosida 

javob  topiladi.  Shu  holda  kechgan  ma'ruzalarda  talaba-o'quvchilar  vaqt  qanday  o'tib 

ketganini bilmay qoladilar. Ma'ruzaning yana davom etishini xohlab, befarqlik o'rnini 

hushyorlik,  ichki  intilish,  echim  qidirish  egallaydi,  o'zlari  ham  echimni  topishda 

shaxsan  ishtirok  etishga  hissa  qo'shishga  intiladilar.  Bunday  ma'ruzalar  har  ikki 

tomonning  o'zaro  faolligini  oshiradi.  Navbatdagi  munozaralarga  chorlaydi.  Talaba-

o'quvchilar  bunday  ma'ruzada  ishtirok  etar  ekanlar,  qolgan  ma'ruzalar  yana  davom 

etishini ustozi bilan yana qachon uchrashishlarini istab qoladilar. 

Noverbal  vositalar.  Noverbal  vositalari  mimika,  qo'l,  gavda  harakatlari  orqali 

biror  ma'no-mazmunni ifodalash  yoki  ta'kidlashdan  iborat. Noverbal vositalar  jiddiy 

ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'rnini boshqa narsa bosa olmaydi. Insonning har bir 

harakati  ma'lum  ma'noga  ega  bo'lib,  bu  harakatlarni  turli  xalqlarda  turlicha 

tushuniladi.  Bu  harakatlarni  noverbal  nutq  deb  nomlash  qabul  qilingan.  Noverbal 

nutq  insonning  u  yoki  bu  muskullari  harakati,  shu  jumladan,  uning  fikrlashi  ham 

undagi  ma'lum  muskullar  harakatidan  iborat  ekanligini  eslatib  o'tish  maqsadga 

muvofiq.  Bir  imo-ishora  qilib  qo'yishning  ta'siri  gapirgandan  ko'ra  kuchli  bo'lishi 

hech kimga sir emas.  




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish