Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»


Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkillashtirish texnologiyasi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

15.1.Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkillashtirish texnologiyasi. 

Kasbiy fanlarni o'qitishda muvaffaqiyatli ravishda qo'llanilayotgan uslublardan 

biri guruhlarni  juftlik  yoki kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishdir. Bu  uslub shunday 

tuzilganki, unda  asosiy  mas'uliyat  talabalar  zimmasiga  yuklanadi.  Bu  uslubda  ta'lim 

berish talabaning faolligini oshirishga qaratilgan. 

Bu  uslub  talabalarga birgalikda  ishlashga o'rganish  naqadar  muhim  ekanligini 

tushunishga yordam beradi. Chunki talabalarni bir-biriga ijobiy ta'siri butun guruhni 

bilim olishi jarayonini optimallashtirishga ta'sir ko'rsatadi. 

Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishda turli variantlarni qo'llash mumkin bo'lgan 

dars  berish  uslubi  hisoblanadi.  Lekin  aniq  yondoshuvdan  qat'iy  nazar  bu  uslub 

asosida Dars samarali bo'lishi uchun qator qoidalarga amal qilish kerak. 

1.  Dars  materialini  o'zlashtirish  jarayonida  talabalar  komanda  bo'lib  ishlashi 

kerak. 

2.  Har  bir  guruhda  albatta  a'lochilar  bo'lishi,  kichik  guruh  tarkibi  aralash 

bo'lgani (qizlar, yigitlar) ma'qul. 

Z.  Butun  guruh  va  alohida  talabani  taqdirlash  tizimini  ko'zda  tutgan  bo'lishi 

kerak. 

Bu metod bilan dars o'tish olimlarning ko'rsatishicha an'anaviy dars o'tish uslublariga 

qaraganda  ancha  samarali  ekan.  Tadqiqotlar  yana  shuni  ko'rsatadiki,  talabalarni 

kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishni tashkil etishning o'zi etarli emas ekan. Kutilgan 

natijaga  erishish  uchun  yana  ikki  komponent:  guruhni  rag'batlantirish  va  shaxsan 

mas'uliyatni his qilish mexanizmi va uni rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish kerak 

ekan.  Agarda  guruh  miqyosida  rag'batlantirish  etarli  bo'lmasa,  guruh  a'zolari  o'z 

o'rtoqlarini o'tilayotgan darsni o'zlashtirishiga uncha ahamiyat bermay qo'yadilar. 




Guruh a'zolarini individual tarzda sinash, har bir talabani shaxsiy  mas'uliyatni 

his  qilishga, bir-birlariga  bilganlarini  o'rgatish  yoki  bir-birlari  bilan  munozara  qilish 

asosida  bilimlarini  mustahkamlashga  olib  keladi.  Har  bir  talabaga  guruhda  ishlash 

jarayonida  nimaga  erishganini  ko'rsatadi.  Agar  ayrim  talabalarga  individual 

rag'batlantirish  kam  ko'rinsa,  ular  komandaning  boshqa  a'zolari  hisobiga  ball 

to'plashga harakat qiladilar. 

Kichik guruhlarga bo'linib dars o'tish uslubining bir necha variantlari mavjud. 

Ulardan  biri  komandalarning  o'quv  materialini  o'zlashtirish  natijasini  yaxshilashga 

qaratilgan.  Bunda  o'qituvchi  biron-bir  material  yoki  o'tilgan  darsni  qisqacha 

tushuntirib  talabalarga  topshiriq  beradi.  Topshiriq  masala,  mashq,  savolga  javob  va 

boshqa  shakllardagi  nazorat  ishi  bo'lishi  mumkin.  So'ngra  topshiriq  komandalar 

ichida muhokama qilinadi. Keyin o'rganilgan mavzu bo'yicha har bir komanda a'zosi 

individual  tarzda  nazorat  ishi  yozadi.  Har  bir  talaba  olgan  ballni  qo'yib,  umumiy 

komanda  balli  chiqariladi.  U  avvalgi  shaxsiy  va  komanda  to'plagan  ball  bilan 

taqqoslanadi.  Komandalarning  olgan  o'rinlari  aniqlanadi.  To'plangan  ballga  ko'ra 

rag'batlantiriladi. 

Ikkinchi  modelda  nazorat  ishi  emas,  balki  mustaqil  (konkurs)  o'tkaziladi. 

Bunda  komanda  a'zolari  boshqa  komanda  a'zolari  bilan  musobaqalashib  ochkolar 

to'plashadi. 

Uchinchi  model,  mozaika  modeli  deb  ham  ataladi.  Bu  model  ko'prok  katta 

guruh, aytaylik, 25-30 tadan talaba bor guruhlarda qo'llangani ma'qul. 

Guruhdagi talabalar soniga qarab o'qituvchi har bir komandaga 5 yoki 6 tadan 

talabani jalb qilib, har bir komanda, komanda tarkibidagi talaba soniga qarab, 5 yoki 

6 qismdan iborat materialni o'rganish uchun topshiriq beradi. Har bir komandadan bir 

kishi bitta qismni yoki savolni o'rganishga mas'ul qilib belgilanadi. 

Turli komandalardan shu qism  yoki savolni olgan talabalar birga yig'ilib, shu savol-

o'quv  topshirig'ini  muhokama  qiladilar.  Bu  guruhlarni  odatda  ekspert  guruhlari  deb 

ataladi.  Agarda  asosiy  guruhlarni  alfavitdagi  harflar  bilan  belgilasak,  talabalarni 

raqamlar bilan belgilaymiz. 

Aytaylik, guruh 30 ta talabadan iborat. O'qituvchi ularni 6 tadan 5 ta guruhga: 

A,B,V,G,D  bo'ladi.  Birinchi  guruh  A,  undagi  talabalar  A1,  A2,  AZ.  A4,  A5,  A6, 

ikkinchi  guruh  B,  undagi  talabalar  B1,  B2,  BZ,  B4,  B5,  B6  va  hokazo  tarzida 

bo'linadi.  Har  bir  talaba  o'zining  nomeri  bo'yicha  asosiy  komandasidan,  ya'ni  harf 

bo'yicha o'quv materialining ma'lum qismini yoki savolni o'rganish bo'yicha topshiriq 

oladi. 

So'ngra  mutaxassislar  guruhida  (raqamlar  bo'yicha)  barcha  1  yoki  2  va  hokazo 

raqamlar asosida yangi guruh tashkil bo'ladi. Ya'ni mutaxassislar komandasi A1, B1, 

V1, G1, D1, ikkinchi komanda A2, B2, V2, G2, D2 va hokazo tarzida yangi komanda 

hosil  bo'ladi.  Har  bir  asosiy  komandadan  bir  xil  raqamdagi,  lekin  harfi  har  xil 

komanda  a'zolari  to'planib,  o'zlariga  berilgan  bo'lak,  savol,  topshiriqni  muhokama 

qiladilar. So'ngra har kim ekspertlar guruhidan o'zining asosiy guruhiga qaytadi. 

Guruhning  har  bir  qatnashchisi  ekspertlar  guruhida  o'zi  o'rgangan  masalani 

gapirib  beradi.  Guruhning  har  bir  qatnashchisi  diqqat  bilan  o'rtoqlarini  fikrini 

eshitishga  harakat  qiladi.  Chunki  berilgan  topshiriqni  bajarishning  yagona  yo'li 

o'rtoqlarining  fikrini  diqqat  bilan  tinglab,  tahlil  qilib,  so'ngra  gapirib  berishi  kerak. 

Undan  tashqari  har  bir  talabada  o'z  topshirig'ini  muvafassal  bajarish  uchun  stimul 




mavjud.  Sababi  u  berilgan  bo'lak,  savol,  topshiriqni  o'rtoqlari  qay  darajada 

o'zlashtirishlariga mas'ul. 




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish