Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


III.bob O’zbekiston iqtisodiyotidagi TMKlar faoliyatining zamonaviy holati



Download 0,5 Mb.
bet7/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#888046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Transmilliy korporatsiyalarni jahon iqtisodiyotining globallashuvidagi(1)

III.bob O’zbekiston iqtisodiyotidagi TMKlar faoliyatining zamonaviy holati

3.1.O’zbekistonda Respublikasida faoliyat yuritayotgan TMKlarning joriy holati


O'zbekiston iqtisodiy rivojlanish dasturlarinining ustunlaridan biri, hozirgi bosqichida, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va transmilliy korporatsiyalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat va kerak bo'lsa, ularning tarkibiga kirish. Shuni ta’kidlash lozimki, transmilliy hamkorlik jarayonlari tobora O'zbekiston iqtisodiy hududida faol rivojlanayapti. Shu bilan birga, keyingi O'zbekiston iqtisodiyotining xalqaro integratsiya aloqalarini mustahkamlash zarurati ayon bo'ladi. O'zbekistonda, transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati asosiy iqtisodiy rivojlantirishning bir qator ustuvor yo'nalishlariga erishish uchun vositachilik qiladi:

  • real sektorga investitsiya jalb qilinishi;

  • xalqaro savdoni rivojlanishi;

  • zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga javob beradigan boshqaruvni jalb etish;

  • jahon iqtisodiy tizimiga integratsiya, va hokazo.

Shu bilan birga, transmilliy korporatsiyalar faoliyatini barcha afzalliklaridan samarali foydalanish uchun bojxona, valyuta, monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida yetarli qonunchilik asoslarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, TMKlar transmilliy biznesning eng kuchli va ilg'or qismi bo'lgan va ular milliy banklar va ishlab chiqarish bog’lashda yetakchi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, ish munosabatlarini samarali va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish to'g'risidagi O'zbekistonning joy juda o'rinli.
Hozirgi kunda xorijiy investitsiyalar yordamida tashkil etilgan 4200 dan ortiq korxonalar mamlakat hududida faoliyat ko’rsatmoqda. Ular orasida jahonda mashhur TMKlar ham o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Ular, General Motors, MAN, Mercedes-Benz, Isuzu Motors, CNPC, Petronas, LG, Gazprom, Lukoil, Lotte ,Nestle, Coca-Cola, British-American Tobacco, Carlsberg va boshqalar35.
Transmilliy korporatsiyalarning nazorat faoliyat muayyan mintaqa yoki mamlakatda tadbirkorlik faoliyati chegaralarini kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Buning misoli bo’lib, Italiyaning "Fiat" korporatsiyasi AQSHning "Case International" korporatsiyasining aksiyalarini sotib oladi va qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarish uchun "Case New Holland" qo'shma korxona tashkil etadi. O'z navbatida, ushbu TMK 1997 – yildan buyon O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi sohasida "UzKeysMash" qo’shma korxonasi sifatida faoliyat yuritadi.
Odatda, jahon iqtisodiyotida keng tarqalgan amaliyot, TMK o’z vakolatxonasini yoki filialini ochishi va qo'shma korxona tashkil etishi, asosan yangi bozorlarni egallash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sof daromadlarini ko'paytirish maqsadida amalga oshiriladi. Fikrimizning yorqin dalili sifatida O'zbekistonda tashkil qilingan qo'shma korxonalarni (QK "UzCarlsberg", QK "British-American Tobacco", QK “QQ MAN Auto-Uzbekistan” va boshqalar) keltirishimiz mumkin. Xususan, yuqorida tilga olingan "Case New Holland" korporatsiyasi O'zbekistonda qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarish mo’ljallangan korxonalar tarmog’ini, jumladan, QK "UzKeysMash", QK "UzKeysTraktor" xizmat ko’rsatish korxonasi QK "UzKeysServis" va lizing xizmatlarini ko'rsatish uchun QK "UzKeysLizing" korxonasi tashkil qilingan. Yuqorida, aytib o’tilgan qo’shma korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish uchun 15 million AQSH dollaridan ziyod investitsiya kiritilgan. O'z navbatida, Germaniyaning "Siemens" transmilliy korporatsiyasi Toshkentda vakolatxonasini, keyinchalik "Siemens" sho’ba korxonasini ochdi va hozirda elektron asbob-uskunalar va temiryo'l xavfsizlik sohasida milliy kompaniyalarimiz bilan hamkorlik qiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, “Siemens” TMKsi O'zbekiston bozorida o'zining faoliyati davomida zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlarini jihozlashga qaratilgan qator loyihalarni muvaffaqiyatli tugatgan. Xususan, u MAK "O'zbekiston havo yo'llari" bilan hamkorlikda Toshkent va Samarqand, Buxoro, Urganch shaharlaridagi aeroportlar majmualarini jihozlaganini ta'kidlash lozim. Shuningdek, "Siemens" Sirdaryo IES ini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash loyihasida ishtirok etdi.
Neft va gaz sohasi bo’yicha O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan TMK lar, bular: Janubiy Koreya bilan “KNOC”, Malayziyaning “Petronas cagirali” TMK si, Rossiyaning “Gazprom” va “LUKoil overseas” korporatsiyalari va Xitoyning “CNPS” TMK si bilan "O`zbekneftgaz" MXK (Milliy Xolding Kompaniyasi) hamkorlikda bir necha yillardan beri hamkorlikda ish olib borishadi.
Shu bilan birgalikda, “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi 2008 – yilda Qoraqalpog’istondagi Surgil koni negizida Ustyurt GKM qurilishi uchun Kor-Uz Gas Chemical Investment konsorsiumi bilan birgalikda Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasini tashkil etgandi. Koreya kompaniyalari konsorsiumi tarkibida hozirgi vaqtda Kogas, Lotte va STX Energy bor. 2015 – yil qurilishi tugatilib, faoliyati yo'lga qo'yilgan majmuaning umumiy qiymati 4,16 milliard AQSh dollarga teng loyiha xorijiy moliya institutlari konsorsiumlarining 2,5 milliard AQSh dollar miqdoridagi kreditlari, Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasi ta’sischilarining 1,41 milliard AQSh dollar miqdoridagi o‘z mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 100 million AQSh dollar miqdoridagi krediti hisobidan moliyalashtirildi36.
2016 –yildan Buxoro viloyatining Qandim konlar guruhi maydonida Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi bilan 3,6 milliard AQSh dollariga teng zamonaviy gazni qayta ishlash zavodi qurilmoqda. Ushbu loyihaning tugallashi 2018 – yilga mo'ljallangan37.
Bundan tashqari, mamlakatimizda mashinasozlik, avtomobilsozlik sohasida o’z faoilyatini olib boruvchi mashhur TMKlar ham bor. Bular, dunyoning avtomobilsozligida yetakchi o’rinlarda turuvchi AQSHning “General Motors” bilan birgalikda tuzilgan “GM Uzbekistan”, Yaponiyaning “Isuzu” korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi “SamAuto”, Germaniyaning og’ir avtomobillar ishlab chiqaruvchi “MAN” avtokonserni bilan tuzilgan “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo’shma korxonalari bunga yaqqol misol bo’la oladi.
O’zbekistonda telekommunikatsiya sohasida ham dunyoning yetakchi transmilliy korporatsiyalari bilan tuzilgan, Rossiyaning “MTS” va “Beeline” korporatsiyalari bilan tuzilgan “UMS” va “Beeline” qo’shma korxonalari, Shvetsiya va Finlandiyaning “TeliaSonera” korporatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Ucell” qo’shma korxonasi hozirda ish faoliyatlarini olib bormoqda.
Oziq-ovqat va salqin ichimlik sohasida Shvetsariyaning “Nestle” TMKsi, AQSHning “Coca-cola” va “PepsiCo” TMKlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Jаhоn tаjribаsining ko’rsаtishichа, trаnsmilliy kоrpоrаtsiyalаr mаmlаkаtlаr iqtisоdiyotini rivоjlаntirishdа yuksаk аhаmiyat kаsb etаdi. Shuning uchun TMKlаrning, shuningdеk, chеt el invеstоrlаrining rivоjlаnаyotgаn dаvlаtlаr iqtisоdiyotigа kirib kеlishi оb’yеktiv zаrurаt bo’lib hisоblаnаdi. Hоzirgi vаqtdа TMKlаr invеstоrlаrini jаlb qilish iqtisоdiyotdа tаrkibiy o’zgаrishlаrni аmаlgа оshirish vа uni mоdеrnizаtsiya qilish, kоrхоnаlаrni zаmоnаviy tехnikа bilаn qаytа jihоzlаsh hаmdа rаqоbаtdоsh mаhsulоt ishlаb chiqаrishdа muhim оmildir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti ham o’z mа’ruzаlаridа chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan muhim ustuvor yo’nalish ekаnligini qаyd etib o’tgandilаr.38
Bunda:

  • Хоrijiy invеstitsiyalаrni jаlb etmаy turib, аyniqsа, yеtаkchi tаrmоqlаrdа chеt el invеstitsiyalаri ishtirоkini kеngаytirmаy turib, iqtisоdiyotdа tаrkibiy o’zgаrishlаrni аmаlgа оshirish vа uni mоdеrnizаtsiya qilish, kоrхоnаlаrni zаmоnаviy tехnikа bilаn qаytа jihоzlаsh hаmdа rаqоbаtdоsh mаhsulоt ishlаb chiqаrishni yo’lgа qo’yish mumkin emаs.

  • Mаmlаkаtimiz iqtisоdiyotigа хоrijiy invеstitsiyalаrning jаlb etilishi uning iqtisоdiy imkоniyatlаrining kеngаyishini tеzlаshtirib, bаrchа sоhаlаrdа ichki imkоniyat vа rеzеrvlаrni ishgа sоlish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani, ekspоrtbоp tоvаrlаrni o’zlаshtirish, ulаrni ishlаb chiqаrishni yo’lgа qo’yish оrqаli dаvlаtimiz iqtisоdiy qudrаtini tа’minlаshdа muhim аhаmiyat kаsb etаdi.

Mustaqillik yillaridan to hozirgi kungacha O’zbekiston Respublikasiga kiritilgan umumiy investitsiyalar miqdori 100 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Ularning 35%i, ya’ni 35 milliard AQSH dollari To’g’ridan-to’g’ri Xorijiy Investitsiyalar (TTXI) dir39. Xususan, 3.1.1-rasmda keltirilgan ma’lumotlarga asosan, 2016-yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi o’tgan yilga nisbatan 9,6 foizga o‘sdi va AQSh dollari hisobida 16 milliard 600 millionni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo‘yilmalarning 22 foizini yoki 3,7 milliard AQSh dollaridan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi40.
2019-yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164 yirik ishlab chiqarish ob'yekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «JM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida «T-250» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni

3.1.1-rasm 2019-yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi
tashkil qilish va 240 ta yangi ish o‘rnini tashkil etuvchi umumiy qiymati 162,64 million AQSH dollari miqdoridagi 3 ta loyiha amaliyotga joriy etilgan. Shu bilan birga «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘shma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish" va boshqa loyihalar shular jumlasidandir.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish