II bob. Jahon iqtisodiyotida rivojlangan TMKlarning zamonaviy holatini analitik tahlili 2.1. Rivojlangan davlatlardagi TMK larning tarkibiy tuzilishi va ularning tahlili (AQSh va Yaponiya misolida)
Hozirgi globallashgan jahon iqtisodiyotida qariyb 18,036 trillion AQSh dollari miqdoridagi YaIM20 bilan o’zining mustahkam o’rniga ega bo’lgan AQSh davlati hozirda “TMK lar davlati” deb atalishi bejizga emas albatta. UNCTAD tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida AQSh 2019-2020 – yillarda TMK lar uchun istiqbolli qabul qiluvchi iqtisodiyot sifatida Xitoydan keyin ikkinchi o’rinda, rivojlangan davlatlar orasida esa birinchi o’rinda turadi( 2.1.1-rasm ).
2.1.1-rasm TMK lar uchun istiqbolli qabul qiluvchi iqtisodiyotlar
(Iqtisodiyotni bosh tanlov deb olganlar foizi)
Bundan tashqari, hozirgi kunda mavjud 810 mingdan ortiq filiallariga ega 82 ming TMKlar mavjudligi haqida yuqorida bilib oldik. Ulardan 18% TMKlar AQSh hissasiga to’g’ri keladi21. Ya’ni qariyb 15 mingga yaqin TMK bosh ofislari AQSh mamlakatida joylashgan bo’lib, ushbu ko’rsatkich bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi.
AQSh mamlakatida Transmilliy korporatsiyalar paydo bo’lishi va rivojlanishini tahlil qilsak, ushbu mamlakatda TMK paydo bo’lishi asosida kichik biznes va mikrofirmalar o’rni katta hisoblanadi. Umuman olganda, AQShda TMKlarining paydo bo’lishi va rivojlanish jarayoni boshqa mamlakatlar TMKlarnikidan farqli tomoni ham ularning kichik korxona, mikrofirma shaklda tuzilib, kelajakda korxona o’z mablag’lari, banklar, birjalar orqali moliyalashtiriladi va bosqichma-bosqich yirik kompaniya tarzida namoyon bo’ladi. Bularga misol qilib, “Apple”, “Google”, “Amazon”, “Wall-Mart” kabi jahonga mashhur va taniqli, iqtisodiy salohiyati jihatidan nafaqat AQSh balki, dunyoda yuqori o’rinlarda yuruvchi TMKlarni keltirishimiz mumkin. Quyida AQShda faoliyat olib boruvchi Top-10 TMKlarning faolyatini iqtisodiy tahlil qilamiz.
Dunyodagi yirik korporatsiyalar faoliyatini tahlil qiluvchi Amerikaning “Fortune” jurnali 2020 – yilda chop etgan “Fortune – 500 2019” maqolasida hozirgi jahon iqtisodiyotida salmog’li o’ringa ega bo’lgan 500 ta AQSH TMK larining o’rinlari, iqtisodiy ko’rsatkichlari, asosiy faoliyatlari haqida ma’lumot berib o’tgan. Quyidagi 2.1.1-jadvalda AQSH TMKlarining top-10 talik o’rnini ko’rishimiz mumkin.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Top-10 talikdagi barcha TMK larning umumiy daromadi 2,113 trilion AQSH dollaridan ziyod summani tashkil etadi. Buni dunyoning yetakchi va rivojlangan mamlakatlarining YaIM bilan solishtiradigan bo’lsak, Fransiya (2,418 $ trln.), Italiya (1,821 $ trln.), Kanada (1,552 $ trln.), Rossiya (1,366 $ trln.) kabi mamlakatlarining YaIMidan ko’p ekanligini ko’rishimiz mumkin.
2.1.1-jadval
“Fortune – 500 2019” Top-10 AQSh TMK lari22
O’rin
|
TMK nomi
|
Asosiy faoliyati
|
Umumiy daromadi (mln.$)
|
Umumiy sof foydasi (mln.$)
|
1
|
Wall-Mart stores
|
Savdo, do’konlar tarmog’i
|
482,130
|
$14,694
|
2
|
Exxon Mobil
|
Neft va neft mahsulotlari
|
246,204
|
16,150
|
3
|
Apple
|
IT-texnolgiya, gadjetlar
|
233,715
|
53,394
|
4
|
Berkshire Hathaway
|
Moliya
|
210,821
|
24,083
|
5
|
McKesson
|
Sog’liqni saqlash, farmasevtika
|
181,241
|
1,476
|
6
|
UnitedHealth Group
|
Tibbiy sug’urta
|
157,107
|
5,813
|
7
|
CVS Health
|
Oziq-ovqat va dori-darmon
|
153,290
|
5,237
|
8
|
General Motors
|
Avtomobilsozlik va ehtiyot qismlari
|
152,356
|
9,687
|
9
|
Ford Motor
|
Avtomobilsozlik va ehtiyot qismlari
|
149,558
|
7,373
|
10
|
AT&T
|
Telekommunikatsiya
|
|
13,345
|
Top-10 AQSh TMKlarining umumiy foydasi esa 151,2 milliard AQSh dollaridan oshiq summani tashkil etib, jahonning ko’plab iqtisodiyotlariga teng yoki ortiq ekanligini ko’rishimiz mukin. Misol uchun, Vengriya (121,7 $ mlrd.), quvayt (114,1 $ mlrd.), Ekvador (100,1 $ mlrd.) va Urugvay (53,4 $ mlrd.) mamlakatlarining YaIMlarining yig’indisidan sal kamroq ekanligini ko’rishimiz mumkin23.
Ushbu jadvaldagi ma’lumotlar asosida ko’rishimiz mumkinki, 2019 – yilgi Top-10 talikka kiruvchi TMKlarning 7 tasi sanoat sohasida faoliyat ko’rsatuvchi TMKlar bo’lib, 2 ta Avtomobilsozlik, 2 ta dori darmon va farmasevtika mahsulotlari ulgurji savdosi, 1 ta neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi, 1 ta savdo do’konlar tarmog’i va 1 ta IT- qurilmalari va gadjetlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tashkil etadi. Shuningdek, qolgan 3 ta TMKlar xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat yuritadi.
Eng katta foyda ko’rgan TMK bu – “Apple” bo’lib u 53,394 milliard AQSh dollari miqdorida foyda ko'rgan. Shu bilan birgalikda eng kam foyda ko'rgan TMK bu – sog'liqni saqlash va farmasevtika sektorida faoliyat ko'rsatuvchi “McKesson” TMKsi ekanligi ma’lum bo’ldi.
Ana endi ushbu korporatsiyalarni bozor kapitallashuv darajasini o'rganib chiqamiz. Ma’lumki, AQSh TMKlarining ushbu moliyaviy ko’rsatkichlariga tayangan ularga kirib keluvchi kapitallar oqimi ko’pligini bashorat qilish qiyin emas. Ushbu tendensiyani hisobga olgan holda, Top-10 eng ko’p kapital kiritiluvchi va kapital jalb qiluvchi TMKlar ro’yxati 2.1.2-javalda keltirib o’tilgan.
Quydagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, Top-10 likdagi TMKlarning barchasi AQShda joylashgan. Ularning umumiy kapitallashuv summasi 3,699 trilion AQSh dollarni tashkil qilmoqda. Asosiy faoliyat turlari texnologiyalga bog’liq kompaniyalar 4 tani tashkil etadi va ularning umumiy kapitallashuv summasi 1,884 trilion AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari 2 ta moliya sektori va 1 tadan farmasevtika, neft va gaz, sog’liqni saqlash, iste’mol xizmatlariga oid kompaniyalar mavjud. 1 o’rinda turgan “Apple” korporatsiyasiga kiritilgan jami kapital miqdori 604 milliard AQSH dollarini ya’ni yarim trilion AQSH dollaridan ziyod summani tashkil etadi. Mutaxassislar yaqin kelajakda “Apple” dunyodagi ilk 1 trillion AQSh dollarlik bozor kapitallashuviga ega kompaniya bo’lishi ishonishmoqda. Uning yaqin ta’qibchilari sifatida “Alphabet” (Google) va “Amazon.com” TMKlarini ko’rishmoqda.24
2.1.2-jadval
“Global Top 10 ” Bozor kapitallashuvi bo’yicha Top-10 TMKlar 25
O’rin
|
TMK nomi
|
Asosiy faoliyati
|
Davlati
|
Kapitallashuv summasi (mlrd. $)
|
1
|
Apple Inc
|
IT-texnologiya
|
AQSH
|
604
|
2
|
Alphabet Inc
|
IT-texnologiya
|
AQSH
|
518
|
3
|
Microsoft Corp
|
IT-texnologiya
|
AQSH
|
437
|
4
|
Berkshire Hathaway Inc
|
Moliya
|
AQSH
|
350
|
5
|
Exxon Mobil
|
Neft va gaz
|
AQSH
|
347
|
6
|
Facebook Inc
|
IT-texnologiya
|
AQSH
|
325
|
7
|
Johnson & Johnson
|
Sog’liq saqlash
|
AQSH
|
298
|
8
|
General Electric Co
|
Sanoat mahsulotlari
|
AQSH
|
295
|
9
|
Amazon.com
|
Iste’mol xizmatlari
|
AQSH
|
280
|
10
|
Wells Fargo & Co
|
Moliya
|
AQSH
|
245
|
Umumiy Top-10 lik ro’yxatida esa AQSH kompaniyalari 54 tani tashkil qilgan. Bunda umumiy kapitallar miqdori 9,636 trilion AQSH dollarini tashkil etgan. Buni taqqoslash uchun 2009 – yilda 42 ta AQSH kompaniyalari Top-10 lik ro’yxatida bo’lgan bo’lsa, umumiy kapitallar miqdori esa 3,805 trilion AQSH dollarini tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkichlarning barchasi shuni ko’rsatmoqdaki, AQSH kompaniyalarning kapitallashuvi qariyb 3 barobarga o’sgan. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, kapitalni jalb etish bo’yicha dunyoda yagona yetakchi mamlakat bo’lib AQSh hisoblanar ekan.
2009 – yilda Top-10 transmilliy korporatsiyalarning umumiy kapitallashuv hajmi 8,403 trilion AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2019 – yilda bu ko’rsatkich 15,557 trilion AQSH dollarini tashkil etgan.Tendensiya shuni ko’rsatmoqdaki, 10 yil oralig’ida kapitallashuv hajmi qariyb 2 barobarga o’sganligini ko’rishimiz mumkin.
Yetakchi sohalar bo’lib, texnologiya sohasidagi kompaniyalar 2,993 trilion AQSH dollari hapital hajmi bilan 12 ta kompaniyani tashkil etsa, moliya sohasida 18 ta kompaniya umumiy kapital hajmi 2,704 trilion AQSH dollarni tashkil etadi. Kuchli uchlikka iste’mol tovarlari sohasi 19 ta kompaniya 2,612 trilion AQSH dollari miqdoridagi kapital hajmi bilan yakun yasaydi.
Shunda, 100 – o’rindan 80 - o’ringa chiqish uchun kompaniyalar qo’shimcha 13 milliard AQSH dollari kerak bo’lsa, 20 – o’rindan 1 – o’ringa chiqish uchun esa 270 milliard AQSH dollari kerak bo’ladi26.
Demak, AQSH jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va salohiyati bilan birinchi o’rindagi milliy iqtisodiyot hisoblanib, uning transmilliy biznes ko’lamidagi o’rni ham jahonda yetakchi o’rinda turishini bilgan holda shuni aytish mumkinki, o’zining 18,0 trillion AQSH dollari miqdoridagi YaIM iga nisbatan o’zining TMK lari tomonidan 9,636 trilion AQSH dollarlik kapitallashuv hajmini ko’rishimiz mumkin.
Endi esa Yaponiya mamlakatidagi TMKlar xususida ham yuqorida AQSh mamlakati TMKlari ustida qilingan barcha tahlillarni ko’rib chiqamiz. Buning uchun esa avvalambor, Yaponiyada TMK paydo bo’lishini, rivojlnaish tarixini va shuningdek, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganib chiqamiz.
Yaponiya Osiyo mintaqasidagi eng rivojlangan milliy iqtisodiyotga ega davlat hisoblanadi. Hozirda Yaponiya AQSH va Xitoydan keyin jahon iqtisodiyotida 4,901 trillon AQSH dollar miqdoridagi YaIM bilan uchinchi o’rinda turadi. Ushbu davlatning bu darajaga qay tarzda erishganligi tabiiyki barchaga qiziq. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishi XIX asrlarda tashkil eta boshlangan “zaibatsu”lar ya’ni, “moliyaviy guruhlar” yoki konglomeratlar bilan bog’lash joiz bo’ladi. Ular bank va sanoat sektorlarining ma’lum bir oilalar tomonidan bo’linib olishlari, ya’ni mamlakat iqtisodiyotini oligopoliyalar tomonidan boshqarilishi bilan tavsiflanadi. Dastlabki “zaibatsu”lar XIX asrning 40 yillarida tashkil etilgan. Ular 4 ta katta guruhlarga bo’lingan:
Mitsui
Mitsubishi
Sumitomo
Yasuda
Yuqoridagi konglomeratlar rivojlanish bosqichlarida kengayib, keyinchalik Okura, Furakawa, Suzuki va boshqalar yangi zaibatsularning tashkil topishiga asos bo’lgan. 2-jahon urushidan keyin esa AQSH okkupantlari tomonidan zaibatsular faoliyatimaqbul emas deb topilib, ular rasman tugatildi va ularning qayta birlashmasligi uchun bir qator antimonopol qonunlar qabul qilindi. Keyinchalik iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab olgan “birlashmalar” ko’rinishidagi biznesni tashkil etishning o‘ziga xos shakllari – keyretsu guruhlari yaratildi. Ularning yuzaga kelishi ma’lum darajada, ildiz otib ketgan savdo va ishbilarmonlik urf-odatlari saqlanib qolganini tushuntirib beruvchi “guruhli mo’ljal” bilan belgilanadi.
Keyretsu guruhlari tarkibiy jihatdan dzabaysuga nisbatan kichikroq bo’lgan va u aksiyalarga birgalikda egalik qilish, guruhning yagona bankidan foydalanish, guruhning yagona savdo kompaniyasi prezidentlik kengashlari va umumiy filiallar tuzish orqali bosh menejerlar o‘rtasida tijorat va loyiha koordinatsiyalari majburiyatlari, konsultatsiyalarini taqsimlab berish kabilarni o‘z ichiga olgan turli-tuman vositalar bilan ta’minlab turilgan. Aynan Keyrutsu guruhlarining paydo bo’lishi Yaponiyada transmilliy korporatsiyalarning paydo bo’lishiga va rivojlanishiga asos bo’ldi desak adashmaymiz.
Hozirgi kunda Yaponiyaning barcha yirik sanoat korxonalari dunyodagi yirik transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi. Top-500 eng yirik TMK lar orasida avtomobilsozlik bo’yicha – Toyota Motor, Honda Motor, Nissan, Mitsubishi; elektronika bo’yicha – Hitachi, Sony, NEC, Panasonic; kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishda – Toshiba, Fujitsu, Canon va boshqalar dunyoda yuqori o’rinlarda turadilar.
XX asr oxirida – XXI asrning boshlariga kelib Yaponiyada korporatsiyalar, kompaniyalar va firmalar soni 1,8 milliondan ortiq ko’rsatkichni tashkil etadi. Shulardan, 720 000 tasi sanoat sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni tashkil etadi. Jahondagi umumiy TMKlarning 9%i ya’ni qariyb 7400 ga yaqin TMKlar Yaponiya mamlakatida joylashgan27.
Yaponiya TMK larining avvalambor Yaponiya mamlakatining o’z milliy iqtisodiyotiga, shu bilan birgalikda jahon iqtisodiyotidagi o’rni va ko’lami haqidagi ma’lumotlar AQSH ning “Fortune” jurnali o’zining “Global – 500 2019” maqolasida taqdim etgan ma’lumotlarga asosan, quyidagi 2.1.3-jadvalda berilgan.
Umuman olganda, jahondagi 500 ta eng yirik TMKlar orasida Yaponiya korporatsiyalari kuchli 115 talik orasida joy olgan. Jadvalda 1-o’rinda turuvchi “Toyota Motor” TMK si jahon reytingida qariyb 236,6 milliard AQSH dollari miqdoridagi summa bilan 8-o’rinni egallamoqda. 19,264 milliard AQSH dollarlik olingan sof foyda bo’yicha ham ro’yxatda yetakchi o’rinda turadi. Keyingi o’rinda dunyo reytingida 36-o’rinni egallab turgan, Toyota Motorga nisbatan 2 barobar kam daromad ko’rgan Yaponiyaning yana bir avtomobil ishlab chiqaruvchisi Honda Motor kompaniyasi bo’ldi. Kuchli uchlikni esa xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi “Japan Post Holdings” 118,762 milliard AQSH dollari miqdoridagi yillik tushumga ega, dunyoda 37-o’rinda turuvchi TMK yakunlab berdi.
2.1.3-jadval
“Global – 500 2019” Top-10 Yaponiya TMK lari28
Jahondagi o’rini
|
TMK nomi
|
Asosiy faoliyati
|
Umumiy daromadi
(mln.$)
|
Umumiy sof foydasi
(mln.$)
|
8
|
Toyota Motor
|
Avtomobilsozlik
|
236,592
|
19,264
|
36
|
Honda Motor
|
Avtomobilsozlik
|
121,624
|
2,870
|
37
|
Japan Post Holdings
|
Pochta, bank, sug’urta
|
118,762
|
3,548
|
53
|
Nissan Motor
|
Avtomobilsozlik
|
101,536
|
4,364
|
60
|
Nippon Telegraph & Telephone
|
Aloqa xizmati
|
96,134
|
6,145
|
79
|
Hitachi
|
Elekronika
|
83,584
|
1,434
|
92
|
SoftBank Group
|
Moliya, bank
|
76,469
|
3,950
|
111
|
AEON
|
Chakana savdo
|
67,758
|
50
|
113
|
Sony
|
Elekronika
|
67,519
|
1,231
|
114
|
Nippon Life Insurance
|
Moliya, sug’urta
|
67,118
|
3,361
|
Jadvalda jami 6 ta sanoat sohasida faoliyat yurituvchi, ulardan 4 tasi avtomobilsozlik, 1 ta elektronika va 1 ta chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korporatsiyalar shuningdek, xizmat ko’rsatish sohasida1 ta bank yo’nalishida, 1 ta sug’urta yo’nalishida, 1 ta pochta va bank yo’nalishida va 1 ta aloqa xizmati yo’nalishida faoliyat yurituvchi korporatsiyalar mavjud.
Top-10 likdagi Yapon transmilliy korporatsiyalarining umumiy 2019 – yildagi daromadi 1,037 trilion AQSH dollaridan oshiqroq summani tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich Yaponiya YaIM (4,384 $ trln.)29 bilan taqqoslaganda, Yaponiya YaIM ining qariyb ¼ qismini tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, Yapon TMK lari nafaqat Yaponiya milliy iqtisodiga balki, jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda katta hisoblanadi.
Yaponiya TMK lari kapitallashuv ko’rsatkichi bo’yicha birmuncha oqsamoqda. IPO Centre tomonidan 2019 –yilda nashr etgan “Global Top 100 Companies by market capitalization” maqolasida keltirilgan ma’lumotlar bo’yicha, 2019 –yilda top-100 talik ichida 4 ta, “Toyota Motor” –177 milliard AQSh dollarlik kapitallashuv va “Nippon Telegraph” –90 milliard AQSh dollari miqdoridagi kapitallashuv, “NTT Donaco Inc.” –90 milliard AQSh dollar va “Japan Tobacco” –83 milliard AQSh dollari miqdoridagi kapitallashuv bilan Yaponiya mamlakati umumiy 440 milliard AQSh dollari miqdoridagi kapitallshuv hajmi bilan dunyoda 6 –o’rinda turadi.
2.1.4-jadval
“Global Top 100 ” Bozor kapitallashuvi bo’yicha Yaponiya TMKlari 30
O’rin
|
TMK nomi
|
Asosiy faoliyati
|
Davlati
|
Kapitallashuv summasi (mlrd. $)
|
30
|
Toyota Motor
|
Avtomobilsozlik
|
Yaponiya
|
177
|
80
|
Nippon Telegraph
|
Aloqa xizmati
|
Yaponiya
|
90
|
82
|
NTT Donaco Inc.
|
Aloqa xizmati
|
Yaponiya
|
90
|
90
|
Japan Tobacco
|
Iste’mol tovarlari
|
Yaponiya
|
83
|
Yuqoridagi raqamlarni 2009 – yil bilan taqqoslaganimizda quydagi holatga guvoh bo’lishimiz mumkin. Bunga ko’ra, 2009 – yilda Yaponiya 6 ta TMK bilan umumiy hisobda 366 milliard AQSH dollarlik kapitallashuv hajmi bilan 5 – o’rinda bo’lgan. Ko’rishimiz mumkinki, yaqin yetti yil ichida Yaponiya TMK lariga kiritilayotgan kapital hajmi atigi 74 milliard AQSh dollariga oshgan31.
Ushbu kapitallashuv borasidagi passivlikni tahlil qiladigan bo’lsak, oxirgi yillarda Yaponiya TMK lari kapitallashuvining darajasi pasayishiga bir qancha omillar ta’sir etgan:
Osiyo qit’asida Xitoy va Gong Kong TMK lariga bo’lgan ishonch va qiziqishning ortishi, Yaponiya TMK lariga bo’lgan qiziqishning pasayishiga olib keldi;
Yevrohudud mamlakatlari Shvetsariya, Buyuk Britaniya va Germaniya TMKlariga kiritilgan kapitallarning qariyb 2 barobarga oshishi va buning natijasida ular AQSh va Xitoydan keyin 3, 4 va 5 o’rinlarni egallashi32;
Mamlakat qarzlari YaIM ga nisbatan doimiy ravishda o’sib borishi va bu ko’rsatkich 2016 – yilga kelib 250,4%33 ga yetgani, xorijiy investorlarning bu mamlakat TMK lariga nisbatan ishonchsizligiga olib keldi.
Demak, Xitoy va Yevrohudud mamlakatlarining jahon kapital bozoridagi aktiv holatda ish olib borishlari Yaponiya TMKlariga kiritilayotgan kapital oqimlariga salbiy ta’sir qilayotganligi bir taraf bo’lsa, ikkinchi tomondan mamlakat qarzlarining YaIMga nisbatan 2,5 barobarga o’sishi va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning ham nostabil holatda ekanligi ya’ni iqtisodiyotni ma’lum ma’noda stimullovchi inflyatsiya darajasi ham juda past ekanligi aholining investitsion faoliigini pasayishiga olib kelmoqda desak xato qilmagan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |