Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi omillari va rivojlanish bosqichlari



Download 0,5 Mb.
bet4/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#888046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Transmilliy korporatsiyalarni jahon iqtisodiyotining globallashuvidagi(1)

1.2. Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi omillari va rivojlanish bosqichlari


Transmilliy korporatsiyalarning dunyoga tarqalishi va ularning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori. Hozirgi kunga kelib 810 mingga yaqin o’z xorijiy filiallarini boshqarayotgan 82 mingdan ko’p kompaniyalar ro’yxatdan o’tgan.9 Shulardan 500 ta TMK larning qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 50 %i, xalqaro savdoning 60 %ga yaqini mujassamlangan. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butunligiga xom-ashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90%, mis va boksitning 85%i, choy va qalayning 80%i, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75%i nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80%i to’g’ri keladi10. TMK ning umumiy valyuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining birgalikdagi zaxirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2 % ga siljishi, istalgan ikkita milliy valyutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir. Dunyodagi 82 mingdan ortiq TMK larning 0,2 %i, umumiy TMK larning umumiy qiymatining 40% ini nazorat qiladi11.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar, xorijiy sarmoyalar lokomativi bo’lib qatnashadilar va milliy chegaralardan qat’iy nazar, strategik qarorlar qabul qiladilar.
Milliy bozorlar orasida aloqalarni mustahkamlagan holda, TMKlar umumiy boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda joylashgan korxonalarning texnologik siklini birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar. TMK ga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMK larda bitta yoki undan ko’p qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan bog’lik. Har bir TMK dan bir-biriga bog’lik korxonalar orasida ITTKI (NIOKR) natijalari resurslar va javobgarliklar taqsimlanishi kelishib olingan.
Xo’sh, Transmilliy korporatsiyalar deganda nimani tushunamiz va ushbu toifadagi kompaniyalar qanday ta’riflanadi? Bu haqida turfa qarashlar mavjud bo’lib, Rossiyalik iqtisodchilar quydagicha ta’rif beradi:
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – bu xorijiy aktivga ega bo’lgan milliy monopoliyalardir. Ularning ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi.12” Ya’ni, ikki va undan ortiq davlatlar hududida o’z faoliyatlarini olib boruvchi kompaniyalarga aytiladi.
“Ko’pmilliy korporatsiyalar (KMK) – ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotchilik asosida bir necha davlat milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi xalqaro korporatsiyadir.” Bunga misol qilib, 1907 yilda Angliya-Gollandiya davlatlari tomonidan tashkil etilgan “Royal-Dutch Shell” konsernini ko’rsatish mumkin.
TMK va KMK orasidagi farq quydagilardan iborat:

  • TMK lar kapitali va nazorati bo’yicha milliy, ya’ni, TMK egasi bir davlat kapitali egasi hisoblanadi, lekin o’z faoliyati bo’yicha xalqarodir;

  • KMKlar egalari bo’lib ikki, uch yoki bir necha davlatlar kapitallari egalari hisoblanadi.13

Jahon tajribasida ko’rishimiz mumkin bo’lgan holat shuni ko’rsatmoqdaki, ya’ni, TKM, KMK tushunchalari nazariy jihatdan bo’linib o’rgatiladigan bo’lsa ham, jahon amaliyotida yuqoridagi tasniflarga ega kompaniylarni umumiy qilgan holda transmilliy korporatsiyalar (TMK) deb yuritiladi.
BMT bildirgan yondashuvga ko’ra, transmilliy korporatsiyalar maqomi quydagi kompaniyalarga beriladi:

  • o’zlarining xorijiy firmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, boshqarib turgan kompaniyalar.

  • аn’аnаviy rаvishdа yillik аylаnmаsi 100 mln. dоllаrdаn оrtiq vа kаmidа 6 tа dаvlаtdа filiаli bo’lgаn firmаlаr kiritilgаn.

  • rеzidеnt - dаvlаtdаn tаshqаridа sоtilgаn mаhsulоtlаr miqdоri ko’rsаtkichi hаm kiritildi14

UNCTAD tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra, transmilliy korporatsiyalar (TMK)–bosh kompaniya va uning xorijiy filiallaridan tashkil topgan aksiyadorlik yoki aksiyadorlik bo’lmagan jamiyatlarga aytiladi. Bosh kompaniyalar o’zining mamlakatidan boshqa mamlakatlarda joylashgan korxonalarning aktivlarini asosan, kapitalining ma’lum miqdorini qo’lga kiritish orqali boshqaruvchi kompaniyalar sifatida e’tirof etiladi. Bunda, askiyadorlik va aksiyadorlik bo’lmagan korporatsiyalarning xususiy kapitalidagi oddiy aksiyalarniing 10%i va undan yuqorisiga egalik qilish yoki ovoz berish huquqiga ega bo’lish, korxona aktivlarini boshqarish bo’sag’asi hisoblanadi.15
TMK ning millati ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:

  • ro’yxatga olingan joyi;

  • shtab-kvartiraning joylashuvi;

  • aksiyalarning boshqaruv paketiga ega bo’lgan aksiyadorlar millati.

Kompaniya millatini o’z hukumati tomonidan beriladigan imtiyozlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar aniqlaydi. Xorijiy firmalarga esa faoliyat yuritish uchun qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotning alohida sektorlarini qoldirgan holda chegaralaydilar. Shunday qilib, ko’pchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temir yo’l transporti sohasida, Avstraliya va Yaponiyada neft-gaz sanoati sohasida, Italiya, Gretsiya, Finlyandiyada esa telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritish ta’qiqlangan. Lekin, so’nggi yillarda xorijiy firmalar uchun taqiqlangan tadbirkorlik sohalarini qisqartirish va milliy qonunchilikni liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Odatda, turli mamlakatlar qonunchiligi milliy va xorijiy firmalarni emas, balki rezident-firmalar va norezident-firmalarni farqlaydi. Rezident firmalarga berilgan davlat hududida joylashgan va o’sha yerning o’zida ro’yxatdan o’tgan kompaniyalar kiradi.
Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan norezident-firmalar iqtisodiy adabiyotlarda odatda, bosh kompaniyaning xorijiy filiallari (foreign affiliates) deb nomlanadi. Bu filiallar16 :

  1. Bo’lim (branch) shaklida ;

  2. Sho’ba korxonalar (subsidiaries) shaklida ;

  3. Uyushgan (associated) korxonalar shaklida faoliyat yuritishi mumkin.

1. Bo’lim qabul qilayotgan mamlakatda ro’yxatdan o’tadi, ammo o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil kompaniya bo’lmaydi, u to’laligicha (100%) bosh kompaniyanikidir va u yuridik shaxs sifatida amal qila olmaydi. Ular17:

  • Bosh kompaniyaning xorijdagi vakolatxonasi;

  • Bosh kompaniyaning qo’shma korxona bo’yicha hamkori, u yerga boshqa firmalar ham kirishi mumkin;

  • Bosh kompaniyaning xorijdagi ko’chmas mulki;

  • Bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat yurituvchi moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi platformalar) bo’lishi mumkin.

2. Shu’ba korxonalar – bu qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanadi) ro’yxatdan o’tgan, lekin uning ustidan nazoratni aksiyalarning boshqaruv paketiga yoki sho’ba korxonasining butun kapitaliga egalik qiluvchi va bu korxona boshliqlarini tayinlovchi bosh kompaniya amalga oshiradigan TMK tizimiga kiruvchi korxona.
3. Uyushgan korxona – bunda bosh kompaniya aksiyalarning 10-50%iga egalik qiluvchi TMK tizimiga kirgan qabul qiluvchi mamlakatdagi korxona. Bu korxona bosh kompaniya nazorati ostida emas balki ta’siri ostida bo’ladi.
Ba’zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi yo’lidagi bosqichlardan hisoblanadi. Bu holatda, baynalmilallashtirishning birinchi bosqichi bo’lib, odatda, kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So’ngra tashqi savdo bitimlari, keyingi bosqich – xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash hisobiga kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy-texnik aloqalarining kengayishi – eksport qiluvchi kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi. Operatsiyalar hajmining o’sishi bilan vakolatxona bosqichma-bosqich dastlab, sho’ba korxonasi, keyinchalik esa uyushgan kompaniya darajasiga ko’tariladi. Xorijiy tadbirkorlikning keyingi rivoji global mashtabdagi biznesga ega xalqaro korxona shakllanishiga olib keladi.
TMK samarali faoliyat yuritishi asosiy manbalaridan biriga, resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda, bosh kompaniya uyushtiradigan internatsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati TMK ning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi kooperatsion aloqalarni ishlatadilar. Bunda, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har xil shakllari kombinatsiyasi qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar (FDI) bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallari mahsulotlarini olib chiqish hisobiga eksport amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish kapital, texnologik jarayonlar, malakali xodimlar migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat chegaralari orqali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot chiqarishni o’zida ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK larining raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.
Xalqaro korxonalar ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi:

  1. Gorizontal

  2. Vertikal

  3. Diversifikatsion

  • Gorizontal integratsiya – sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talabni saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.

  • Vertikal integratsiya har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayonini: bir mamlakatda xom-ashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va yarim tayyor mahsulot yoki to'ldiruvchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig'ishni yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan xom-ashyo va yarim tayyor masulotlar xaridorlari ehtiyojlarini qondirishga butun e’tiborni qaratish, butun texnologik sikl uchun umumiy reja bo'yicha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, bosh kompaniya xohishiga ko'ra alohida ishlab chiqarish operatsiyalarida texnik darajani oshirish imkonini ko'zda tutadi.

Tayyor mahsulot yig'ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKI(NIOKR)dan hududiy ajratilishi, vertikal integratsiya bo'yicha xalqaro ishlab chiqarishni yetkazib berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog'lanishlarni yo'lga qo'yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o'zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jihatdan bog'lab qo'yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bir TMK filiallarining mana shu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo'li bilan aniqlanishi mumkin.

  • Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash bu turli qabul qiluvchi mamlakatlarda rang-barang mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, shu tovarni eksport qilishdan ko'ra maqsadga muvofiqligi qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import poshlinasi miqdori bilan aniqlanadi. Yuqori import poshlinasi va o'sayotgan talab vaziyatida xalqaro kompaniya shu mahsulot eksporti o'rniga uni importyor mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, bir turdagi mahsulotni bu mamlakatda, boshqa turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish xalqaro kompaniyaga o'zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam talabga egaligi va yangi bozorda o'rnashish bo'yicha muvoffaqiyatsizligi holatida kompaniya o'z yo'qotishlarini har xil mamlakatlardagi boshqa tovarlarni chiqarish va sotishni oshirish hisobiga qoplashi mumkinligi bilan sug'urtalagan holda yangi bozorlarga kirish imkonini beradi.

Transmilliy korporatsiyalar rivojlanish bosqichlari18:

  1. 16-19 – asrlar – ushbu davrdagi dastlabki TMKlarga G’arbiy Yevropaning kolonizatsiya va imperialistik korxonalarini masalan, Angliya, Fransiya, Gollandiya davlatalaridagi korxonalarni kiritishimiz mumkin. Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi ham aynan o’sha vaqtda Uzoq Sharq, Afrika davlatlari, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish uchun tashkil etilgan.

  2. 1900 – 1945 – yillar oralig’i – Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari davrida amerika va yevropa TMK lari tabiiy boyliklar (neft, gaz, energiya resurslari) va oziq-ovqat sohalarga bo’lgan talabning oshishi natijasida aynan shu sohalarda ko’proq faoliyat yuritishlariga turtki bo’ladi. Misol uchun,“Royal-Dutch Shell”, “Ford Motors”, “BP” va boshqalar Bu vaqtda Yaponiyada esa “zaibatsu” shaklida tashkil topgan, Yaponiya davlatining savdo, sanoat va moliyaviy sohalarida oligopoliya shaklida tashkil etilgan TMK lar faoliyatini boshlaydi. Bularga misol qilib, “Mitsui”, “Mitsubishi”, “Nissan”, “Okura” va boshqalarni keltirishimiz mumkin.

  3. 1945 –hozirgi vaqtgacha - Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yigirma yillikda asosan, AQSH TMK lari xorijiy investitsiyalarni kiritgan bo’lsa, keyinchalik Yaponiya va Yevropa TMK lari ham bu borada salmoqli o’rin egallaydilar. 1950 –yillarda yuqoridagi davlatlar TMK larining transport (asosan havo va dengiz), axborot texnologiyalari, kompyuterlashtir bozorlaridagi salmog’i jahondagi baynalmilallashuv va investitsiyalarning ko’chishi natijasida sezilarli darajada oshadi. 1970 –yillarga kelib TMK larning jahon iqtisodiyotidagi ulushi bir asr oldingi ko’rsatkichlardan sezilarli ravishda farq qilardi. Masalan, 1906 – yilda umumiy aktivlari 500 mln. AQSh dollaridan ko’p TMKlar 3 ta edi, 1971 – yilda esa bunaqa darajadagi TMKlar 333 tani tashkil etib, ularning 1/3 qismining umumiy kapitali 1 mlrd. AQSh dollaridan oshardi. Qo’shimcha ravishda shuni aytib o’tish mumkinki, o’sha paytdagi sotsialistik-rejalashtirilgan iqtisodiyotlardan tashqari jahon iqtisodiyotining 70-80%i aynan TMKlar tomonidan tashkil qilinardi. 1990-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlar qiymati bo’yicha birinchi o’rinda “Royal Dutch SHell” ingliz – golland konserni turar edi. Yirik TMK larning birinchi o’ntaligida 5ta AQSh kompaniyalari, 2ta Yaponiya, 1ta GFR, 1ta Shvetsariya kompaniyasi kirar edi. 1995 –yilda dunyoning nisbatan qudratli 100ta TMK lari ro’yxatida 1-marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuyela” lar paydo bo’lishdi. Hozirgi paytda yirik TMKlar Top-10 taligiga arzon mahsulotli do’konlar tarmog’i “Wall-Mart stores”, Neft va neft mahsulotlari bilan shug’ullanuvchi “Exxon Mobil”va “Chevron”, investitsiyalar kiritish bilan shug’ullanuvchi “Bekshire Hathaway” va yirik IT-qurilmalari ishlab chiqaruvchisi “Apple” TMK lari hisoblanadi19.

TMK faoliyati unumdorligi 3ta manbaga asoslangan:

  • Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish;

  • Butun dunuo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan korxonalarning joylashish ustunliklaridan foydalanish;

  • Baynalmilal ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing konsepsiyalaridan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasi.

Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallari tarmog’i bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda, chunki:
-ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda keltiruvchi mamlakatga ko’chiradilar;
- Sharqdan G’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlari holati haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan, kunning so’ngida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya eletron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va vaziyat tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib, bitta TMK miqiyosida to’xtovsiz tartibda ITTKI (NIOKR)ning ishlab turishi, programmalashtirish va boshqalar tashkil etiladi;
- Qabul qiluvchi mamlakatlarda valyuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion risklarni o’z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valyuta paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
- Xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlarda milliy va xalqaro moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi.
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri bo’lib, bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI (NIOKR) natijalaridan foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun to’lovlarning 80%ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda, oxirgi yillarda TMKlar ITTKI (NIOKR) o’tkazish xarajatlarini kamaytirish maqsadida o’z izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Oldingi davrlarda izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning oxiriga kelib xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmi kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy-izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni minimal xarajatlar bilan o’tkazish uchun resurs va ilmiy potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda o’rnashmoqdalar.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish