Banklar aktivlari
2020 yil yakunlari bo‘yicha tijorat banklari aktivlari hajmi 366,1 trln. so‘mni tashkil etdi, shundan 277 trln. so‘m miqdori – kreditlar ulushiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, aktivlar nominal o‘sish sur’ati 2019 yilga nisbatan 34,2 foizni, real o‘sish sur’ati (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) esa 28 foizni tashkil etdi. Shunisi e’tiborliki, banklarning jami aktivlari tarkibida valyuta aktivlarining ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Agar 2017 yilda bu ko‘rsatkich 64 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 50,2 foizga tushdi.
Bank kreditlari
2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, iqtisodiyotga berilgan qoldig‘i 277 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 30,9 foizga va 2017 yilga nisbatan 150 foizga ko‘proqdir.Xorijiy valyutadagi kreditlarni qayta baholashlarsiz kreditlarning real o‘sishi 24,9 foizni tashkil etdi. Jami kredit portfelidagi xorijiy valyutadagi kreditlarning ulushi 2017 yildagi 62,3 foizdan 49,9 foizgacha kamaydi.
2021 yil 1 yanvar holatiga jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar qoldig‘i 2017 yilga nisbatan 304 foizga (13,6 trln. so‘mdan 54,9 trln. so‘mga), sanoatga berilgan kreditlar hajmi esa 126 foizga (45,2 trln. so‘mdan 102,2 trln so‘mga), savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kreditlar hajmi 280 foizga (5,2 trln. so‘mdan 19,9 trln. so‘mga) oshdi.
Bank tizimini isloh qilish
Bank tizimi samaradorligini va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bank tizimida davlat ulushini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Strategiyasi to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi.Ushbu Farmonga muvofiq, Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Aloqa bank, Qishloq Qurilish bank va Turon bankni xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2020 yilda strategiyani amalga oshirish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka bankka bankni xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash va kichik va o‘rta biznesga kreditlarni ko‘paytirish uchun o‘zbek so‘mida 35 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Bundan tashqari, «O‘zsanoatqurilishbank» transformatsiya dasturini amalga oshirishni boshladi. Bank o‘zining biznes modelini tijoratlashtirish va korporativ boshqaruvni isloh qilish bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydi. Shu bilan birga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ERDB) bankka xususiylashtirish, g‘aznachilik operatsiyalarini takomillashtirish, aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘yicha ko‘mak va maslahatlar beradi. Xususan, 2020 yilda “O‘zsanoatqurilishbank” va ERDB o‘rtasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun 40 mln. dollar miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida kredit shartnomasi imzolandi. Bank anderayting joriy etdi va bu kreditlash operatsiyalarini xodimning ishtirokisiz amalga oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |