Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti iv-kurs


Bank missiyasi va rivojlanish strategiyasi



Download 0,71 Mb.
bet2/8
Sana23.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#696014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azizbek hisobot7979

Bank missiyasi va rivojlanish strategiyasi

Agrobank missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi. O‘z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir. Bankning mamlakat iqtisodiyotidagi salohiyatini oshirishda ishtiroki iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish investision xarakterga ega bo‘lgan kreditlari hajmini yanada oshirib borish iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarni, kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan tajribani yanada mustahkamlash, yosh oilalar, qishloq xududlarida servis sohasini rivojlantirishni kreditlashga alohida e’tibor qaratish Bankning universal faoliyatini rivojlantirib borish, chakana xizmatlar ko‘lamini oshirishIpoteka-bank mijozlariga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etish, yangi bank xizmatlarini joriy etish korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda chakana bank xizmatlarini ham rivojlantirib borish. chakana bank xizmatlariga axborot texnologiyalarni joriy qilib borish. aholidan kommunal to‘lovlarni yig‘ish bo‘yicha erishilgan natijalarni mustahkamlash, kommunal tashkilotlar bilan elektron axborotlarni bevosita almashuvini tashkil qilish. Uy-joy qurilishi sohasidagi faoliyati aholi uchun shaharlarda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini moliyalashtirish hajmlarini oshirish respublikamiz aholisiga jalb etiladigan mablag‘lar evaziga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishni rivojlantirish Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish chet el banklari va xalqaro moliya institutlari bilan yangi aloqalar bog‘lash, mavjudlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va ularni loyihalarni moliyalashtirishga keng jalb etish, chet el banklari va milliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vositachilik qilish. uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berishda chet el kredit liniyalarini jalb etish. jahonda zamonaviy bank amaliyotida qo‘llaniladigan bank xizmatlarini o‘rganib borish va bank faoliyatiga moslashtirgan holda joriy etish. Kadrlar siyosatining ustuvorliklari. xodimlarni doimo malakasini oshirib borish, chet tili va zamonaviy dasturiy ta’minotni o‘rgatib borish. mehnat staji katta tajribali xodimlar, rahbarlar va yosh mutahassislar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish orqali, Ipoteka-bank tizimida to‘plangan tajribalarni keyingi avlod xodimlarida ham saqlab, rivojlantirib borishini ta’minlash. kadrlarga bo‘lgan talabni oldindan o‘rgangan holda oliy o‘quv yurtlaridan muvaffaqiyatli bitiruvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va birinchi navbatda filiallarni ular bilan ta’minlash.
2019-2021 YILLARDA BANKNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
PQ-3620
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli Qaroriga asosan, bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish va bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish, tijorat banklar filiallarini namunali filial sifatida tashkil etish orqali mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish belgilangan.
PQ-4005
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 6 noyabrdagi PQ–4005-son qaroriga asosan ajratilgan ekvivalenti 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar Ipoteka-bank ustav kapitaliga kiritilishi, shuningdek, baliqchilik sohasini rivojlantirishni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan loyihalarni kreditlanishini amalga oshirilishi belgilandi.
PQ-4071
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 21 dekabrdagi PQ–4071-son qaroriga binoan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida “revolver” kreditlaridan, ochiq kredit liniyalaridan va boshqa qisqa muddatli kreditlardan foydalanishni kengaytirish, kreditlarni qaytarish bo‘yicha tasdiqlangan grafiklarga qat’iy amal qilish, muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelishining oldini olish choralarini ko‘rish kabi vazifalar belgilangan. Hozirgi kunda bank “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentligining 2018 yil 10 oktyabr kuni e’lon qilingan "V+/V" darajadagi, istiqboli "Barqaror" bo‘lgan reytingiga ega. Shu bilan birga, Bankning 2018 yil 19 sentyabrdagi “Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan "V2/V2" darajadagi, istiqboli “Barqaror” xalqaro reytingi mavjud. Sertifikatlari Bank “O‘zstandart” agentligi tomonidan 2017 yilning 14 sentyabr kuni Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida UZ.SMT.04.034.06509 raqam bilan ro‘yxatga olingan “O’zDst ISO 9001:2015” “Sifat menejmenti talablari”ga muvofiqlik sertifikati hamda “QMS Italia” xalqaro tashkiloti tomonidan 2017 yilning 23 noyabr kuni taqdim etilgan Gresiyaning “QMSCERT” xalqaro tashkilotida 2017 yilning 9 noyabr kuni №091117-3 raqam bilan ro‘yxatga olingan “ISO 9001:2015” “Sifat menejmenti talablari”ga muvofiqlik sertifikatiga ega.
Bankning asosiy ko‘rsatkichlari, kuchli va kuchsiz jihatlari Ko‘rsatkichlar nomi
2019 yil 1 yanvar holatiga Balans ko‘rsatkichlari (mlrd.so‘m)
1. Sof aktivlar 19 754,8
Kredit qo‘yilmalari 17 195,8
2. Jami kapital 1 610,7
2.1 Aksiyadorlik kapitali 985,6
3. Depozitlar, jami 6 749,2
3.1 Jismoniy shaxslar depozitlari 1 478,7
4. Daromadlar 1 775,1
5. Xarajatlar (soliqlarni hisobga olganda) 1 524,9
6. Sof foyda 250,2
Sonli ko‘rsatkichlar
1. Filiallar soni 39
2. Mini-banklar soni 159
3. Jamg‘arma va maxsus kassalar soni 657
4. Valyuta almashuv shoxobchalari soni 70
5. Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari soni 103
6. Mijozlar soni 99 742
7. Plastik kartalar soni 1 455 700
8. Terminal qurilmalari soni 27 582
Respublika bank bozorida kutilayotgan o‘zgarishlar va Agrobankning joriy kuchli va kuchsiz taraflaridan kelib chiqqan holda o‘zining missiyasini optimal qilishni rejalashtirgan:
I. Bank samaradorligini oshirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida, Bankning xizmat ko‘rsatish jarayonlarini standartlashtirish va optimallashtirish.
II. Bankning oqilona daromadliligini inobatga olgan holda, bank xizmatlari jozibadorligini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish maqsadida tarif siyosatini maqbullashtirish;
III. Bankning moliyaviy barqarorligini, moliyaviy natijalarning yuqoriligini ta’minlash maqsadida, Bankning aktiv va passivlarni diversifikasiyalash hamda ularning muddatlari mutanosibligini ta’minlash.
IV. Mijozlarning bankka loyalligini oshirish hamda boshqa banklardan farq qiladigan ijobiy brend orqali yangi jalb qilinadigan mijozlar oqimini oshirish va bank bozor pozisiyasini yaxshilash maqsadida, bank tizimida marketing va brending xizmati rolini kuchaytirish.
V. Bank xizmatlariga bo‘lgan talab va o‘zini qoplashni inobatga olgan holda bank filiallari, minibanklar, chakana va maxsus kassalar tarmog‘ini maqbullashtirish.
VI. O‘sib borayotgan iqtisodiyotda vujudga kelayotgan yangi talablar hamda o‘zgaruvchan muhitga tez moslashish zaruriyatini hisobga olgan holda bankda yangi g‘oyalarga ochiq, yuqori motivasiyaga ega, o‘rganuvchan xodimlar kollektivini shakllantirish.
VII.Bank tavakkalchiligini boshqarish va baholashni Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash orqali Agrobankni xalqaro andozalarga mos keluvchi bankka transformasiya qilish.


2.2 Bankning Kredit bo'limi va uning faoliyati.
Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham Kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) Kreditga boʻlinadi.Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat Krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank Krediti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting , faktoring , haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat Krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni Kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan Kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol Krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro Kredit — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda Kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan Kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, Kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning Kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan Kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga Kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan Kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda Kredit tizimi faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi. Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi.Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subʼektlari hisoblanadi. Sanab oʻtilgan subʼektlarning aynan har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin.Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi.
“Agrobank” ATB da quyidagi kredit turlari mavjud:

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish