119
Ma’ruza-№10. Plastinasimon va spiralsimon IAA.
Reja:
4.
Plastinali issiqlik almashgichlar.
5.
Spiralsimon issiqlik almashgichlar.
6.
Issiqlik almashinish qurilmalarini konstruksiyalari.
Tayanch so’zlar va iboralar:
plastinali
issiqlik almashgich, spiralsimon
issiqlik almashgich,
issiqlik hisobi, konstruktiv hisoblash, gidravlik hisoblash.
Plastinali issiqlik almashgichlar.
Bunday
uskunalar yupqa metall
listlardan tayyorlangan bir necha qator parallel qat-qat burma qilingan
plastinalardan tuzilgan bo‘ladi (1-rasm). Plastinalar o‘rtasidagi
kanallar ikki
guruhga bo‘linadi: birinchi guruh kanallaridan issiqlik tashuvchi agent harakat
qilsa, ikkinchi guruh kanallaridan esa issiqlik qabul
qiluvchi agent harakat
qiladi. Plastinalar A va B bosh plitalari va tortish vinti (sxemada ko‘rsatilmagan)
yordamida siqiladi, plastinalar oralig‘iga rezinali qistirmalar joylashtirilgan. B
plitaning yuqorigi chap shtuseri orqali kirgan issiq suyuqlik (I) 4–5 va 2–3
plastinalar oralig‘idagi bo‘shliqlarni egallaydi va A plitadagi pastki o‘ng shtuser
orqali tashqariga chiqariladi.
1-rasm.
Plastinali issbiqlik almashgich:
a) qurilmaning sxemasi: A,B – bosh plitalar; 1-5–qat-qat burma qilingan
plastinalar; I, II –issiqlik tashuvchi agentlar;b)
plastinaning tuzilishi;
1,4–rezinali qistirmalar; 2,3-I–suyuqlik uchun teshiklar; 5,6-II–suyuqlik uchun
teshiklar.
Sovuq suyuklik esa (II) A plitadagi pastki shtuser orqali uskunaga kirib,
1–2 va 3–4 plastinalar oralig‘idagi bo‘shliqlarni
egallaydi, so‘ngra B plitadagi
yuqorigi o‘ng shtuser orqali tashqariga chiqadi.
Sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan plastinali
uskunalarning issiqlik
almashinish yuzasi plastinalarning asosiy o‘lchamlariga ko‘ra 2 dan 600 m
2
gacha yetadi; bunday uskunalarni bosimning qiymati 1,6 MPa gacha va ish
muhitning harorati – 30 dan + 180
0
C gacha o‘zgarganda ishlatiladi.
Plastinali
uskunalar suyuqlik va bug‘ (gaz) o‘rtasida issiqlik almashinishni tashkil etishda
а
b
B
120
sovitgichlar, isitgichlar va kondensatorlar sifatida foydalaniladi.
Plastinali issiqlik almashinish uskunalari qalinligi 1 mm bo‘lgan metall
listdan tayyorlanadi. Plastinali qat-qat buramalarning ko‘ndalang kesimi odatda
balandligi 4–7 mm va asosi 14–30 mm bo‘lgan
teng tomonli uchburchak
ko‘rinishga ega. Buramalar gorizontal, «archasimon», gorizontal burchak bilan
va boshqa ko‘rinishlarda tayyorlanadi.
Plastinalarning materiali – ruxlangan yoki korroziyaga bardosh po‘lat,
titan, alyuminiy, melxlor. Uskunaning tayanchlari va siquvchi plitalari qalinligi
8–12 mm bo‘lgan uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. Bunday issiqlik almashinish
uskunalari juda ixcham bo‘lib, ikkala issiqlik tashuvchilarni
katta tezlik bilan
o‘tkazish imkoniyatiga va yuqori issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentiga ega.
Gidravlik qarshiligi esa kam. Biroq, bunday uskunalar katta bosimlarga bardosh
bera olmaydi, issiqlik almashgich ta’mir qilingandan so‘ng plastinalar orasidagi
tegishli zichlikni yana hosil qilish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: