111
Haroratlar farqi 50
0
C dan katta bo‘lganda quvurlar
va qobiqning har xil
uzayishini yo‘qotish uchun linzali kompensatorli (5-rasm, a) harakatchan quvur
to‘rli (5-rasm, b), U–simon quvurli (5-rasm, d) va boshqa turdagi qobiq-quvurli
issiqlik almashinish uskunalari ishlatiladi.
Linzali kompensatorli bo‘lgan uskunalar quvurlar va uskuna devori
o‘rtasidagi bosim 6·10
5
Pa gacha bo‘lganda qo‘llaniladi.
Harakatchan qalpoqchali issiqlik almashgichlar haroratlar farqi katta
bo‘lganda ishlatiladi. Bu uskunada pastdagi quvur to‘ri harakatchan bo‘lib,
bunda quvurlar to‘plami uskunaning qobig‘ida harorat ta’sirida uzayganda ham
bemalol harakat qiladi. Quvurlarning uzayishini yo‘qotuvchi
kompensatsiyali
uskunalarning tuzilishi murakkabdir.
U–simon qobiq-quvurli issiqlik almashgichlarda issiqlik ta’sirida
quvurlarning uzayishidagi kompensatsiyani quvurlarning o‘zi bajaradi. Shuning
uchun ularning tuzilishi sodda bo‘lib, quvurlar to‘plami bitta qo‘zg‘almas to‘rga
o‘rnatiladi. Bu uskunalarda quvurlarning ichki yuzasini tozalash qiyin va
quvurlarni to‘rga joylashtirish esa juda murakkabdir.
Qobiq-quvurli issiqlik almashgichlarda quvurlar to‘rga uch xil usul bilan
joylashtiriladi: a) to‘g‘ri oltiburchaklik qirralar bo‘ylab; b) konsentrik aylanalar
bo‘yicha; d) kvadratning tomonlari bo‘ylab (6-rasm, a, b, d). Кo‘pincha qobiq-
quvurli issiqlik almashgichlarda quvurlar to‘g‘ri oltiburchaklik qirralar bo‘ylab
joylashtiriladi, chunki bunda
quvurlar ixcham joylashib, ularning soni ko‘proq
bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda quvurlarning yuzasini tozalash oson bo‘lishini nazarda
tutib quvurlar to‘rga kvadrat tomonlari bo‘ylab joylashtiriladi.
6-rasm
. Quvurlarni quvur to‘rlariga joylashtirish usullari:
a) to‘g‘ri oltiburchakning qirrali bo‘ylab; b) kvadratning tomonlari bo‘ylab; d) konsentrik
aylanalar bo‘ylab; 1–uskuna qobig‘i; 2–quvurlar; t–quvurlar qadami; d–quvurlar diametri.
Qobiq-quvurli uskunalarda yuqori issiqlik berish koeffitsiyentlariga
erishish uchun issiqlik tashuvchi agentlarning tezligini ancha katta bo‘lishi
kerak: gazlar uchun 8–30 m/s, suyuqliklar uchun eng kami bilan 1,5 m/s.
Qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunalari quyidagi afzalliklarga ega:
ixcham, metall kam sarf qilinadi, issiqlik almashinish yuzasi katta, quvurlarning
ichini tozalash oson. Bu uskunalar kamchiliklardan ham holi emas:
issiqlik
tashuvchilarni katta tezlik bilan o‘tkazish qiyin, quvurlarning tashqarisidagi
bo‘shliqni tozalash va ta’mirlash imkoni kam.
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng
zamonaviy, ilg`or texnologiyasi - bu portlatib valstovka qilishdir. Bunda,
portlatuvchi zaryad truba ichida, ya’ni uchida joylashtiriladi. So`ng esa, zaryad
112
kapsyul yordamida portlatiladi.
Natijada, portlash energiyasi trubani radial
yo`nalishda deformastiya qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam
birikma hosil qilib ulanadi.
Bu usuldagi birikma, razvalstovka usulinikiga
qaraganda ancha mustahkamroq bo`ladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni
ta’mirlash uchun ham qo`llash mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga
elektrogidravlik mahkamlash va biriktirish usuli ham mavjud.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga
quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin (6-rasm):
- to`g`ri oltiburchak cho`qqi va qirralari
yoki teng yonli uchburchak
bo`ylab;
- konstentrik aylanalar bo`ylab;
- kvadrat cho`qqi va tomonlari bo`ylab;
- shaxmatli ko`rinishda (bir va har xil ko`ndalang qadamli).
Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish,
qurilmaning ixcham bo`lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari,
har bir
qurilmaga iloji boriga ko`proq truba joylashtirishga harakat qilinadi.
Kimyo mashinasozligida to`g`ri oltiburchak tomonlari va cho`qqilarida
trubalarni joylashtirish keng tarqalgan. Bu usul uchun, trubalar sonini aniqlashga
quyidagi formula tavsiya etiladi:
1
1
3
Do'stlaringiz bilan baham: