212
Sharsimon rezervuarlar.
Sharsimon rezervuarni ta’mirlash murakkabligi bilan ajrilib turadi va uni
bajarishda yuqori malaka talab etadi. Montaj qilish texnologiyasi
tayyorlovchi -
zavod tomonidan beriladigan diametrga (9 dan 33 metrgacha), devor qalinligi (36
metrgacha), tayanch konstruksiyalariga, tayyorlash о‘lchamlariga va xarakteriga
bog‘liq holda shuningdek, yig‘uv - montaj qurilmalarini mavjudligiga bog‘liq.
Rezeruvarlarni tayyorlashni asosiy elementlari – bu listli yaproqchadir. Ularni
issiq
shtampovkalar bilan, ulkan press ostida sovuq shtampovkalar bilan, oxirgi
vaqtlarda esa valeklarda sovuq prokatka orqali tayyorlanadi. Montaj uchastkasiga
keltirilayotgan mahsulotlarda markirovka bо‘lishi kerak, bu markirovka bо‘yicha
chizmalarga mos ravishda yig‘ish amalga oshiriladi.
Sharsimon rezervuarlarni montaj qilishning 2 xil usuli qо‘llanilmokda –
poydevorda muntazal uzaytirish va 2 ta yarimsharlar (yarimsferalar)ni yig‘ish
orqali.
Sharsimon rezervuarlarni muntazam ravishda alohida yaproqchalardan va
yiriklashgan pо‘choqlardan uzaytirib borib, poydevorda montaj qilishni ekvatorial
belbog‘dan boshlab qutblarga qaratib amalga oshiriladi. Bunda mahsulotlarni
rezervuarning ichidan uzatib beruvchi о‘zi
yurar kranlardan foydalaniladi, yoki,
derrik - kranlardan foydalaniladi. Ular rezervuar о‘qi bо‘ylab montaj vaqti
davomida joylashtiriladi va faqat qutb shapkalarini о‘rnatishdan avval demontaj
qilinadi. Avval poydevorga tayanch ustunlari (metall tayanchlar bо‘lganda)
о‘rnatiladi yoki tayanch xalqari (temirbeton tayanchlar bо‘lganda) о‘rnatiladi.
Birinchi bо‘lib ustunga tayanadigan 2-3 yaproqchalardan iborat seksiyalar yoki
yaproqlar montaj qilinadi. Tayanchga о‘rnatilgan yaproq yoki yaproqchalar
seksiyalarini loyiha
holatiga raschalkalar, skobalar va vaqtinchalik ustunlar bilan
mahkamlanadi. Ushbu belbog‘dagi barcha keyingi bloklarni kо‘tarib, tutashtiriladi
va butun belbog‘ tutashguncha, xuddi shunday ushlanadi. Kо‘tarilguncha qadar
(yerda) seksiyalar (bloklar)ni minimal yiriklashtirishga harakat qilish zarur.
kо‘tarilayotgan bloklarni kronshteynlar bilan qurilmalanadi, bu ularga rezervuar
yuzasini ichki va tashqi yuzalar bо‘ylab podmostlar tо‘shash uchun qilinadi.
Yig‘ilgan belbog‘
shablon bilan tekshiriladi, undan sо‘ng, pastda
joylashgan belbog‘larni yig‘ishga kirishiladi. Ularda ham vaqtinchalik ustunlar,
tirgovichlar va raschalkalardan foydalaniladi. Bularni har bir belbog‘ tutashib
bо‘lgandan keyin va tekshirilgandan keyin olib tashlanadi.
Undan sо‘ng ekvator belbog‘i ustida joylash belbog‘lar yig‘iladi. Ularni
vaqtinchalik ustunlari rezervuarni tayyorlab bо‘lingan quyi belbog‘iga
tayanib
turadi.
13-rasmda ikkita doimiy uzunlikka ega bо‘lgan tormoqdan va bitta
rostlanuvchi uzunlikdagi tarmoqdan iborat bо‘lgan maxsus yuk kо‘tarish zanjari
yordamida yaproqchalar bloklarini о‘rnatish sxemasi keltirilgan.