146
о‘rnatiladi, uning qobig‘iga barabanning uchlariga chervyakli xalqa ilingan
sapfasi kirib turishi kerak.
Chervyakli g‘ildirak va chervyak ilashishi sifatini tekshirilgandan sо‘ng
reduktor oxirgi marta mahkamlanadi.
Baraban о‘qi qiyshayib ketishi va boshqa shikastlanishlarni oldini olish
maqsadida barabanni faqatgina traversa yordamida kо‘tariladi. Podshipniklarga
о‘rnatishda baraban massasi va gabarit о‘lchamlari kattaligini hisobga olgan
holda zarbalarga duch kelishini oldini olish zarur.
Sistema zichligi qobiqdan
sapfalar chiqishidagi salniklarni yig‘ish aniqligiga bog‘liq. Shuning uchun
salnik qobig‘ini koritoga boltlar yordamida baraban о‘qini natijaviy
tekshiruvidan sо‘ng va tepkili tо‘lqinlanishini bartaraf qilingandan sо‘ng
qotiriladi.
Taqsimlovchi qurilmani zonalarni taqsimlash sxemasiga mos hollarda
rostlash va kо‘rish juda katta aniqlikni talab qiladi. Taqsimlovchi kallak
toretsini sapfa diskiga siqib buruvchi prujinalar bir tekisda tortilgan bо‘lishi
kerak. Bu qiyshayishni oldini oladi va suyuqlik kirib qolishi va havo surilishini
oldini olish imkonini beradi.
Baraban yuritmasini (reduktorli yoki variatorli elektr yuritkich) va
shikni,
filtr qobig‘i qopqog‘ini shuningdek, truba quvurlarni yig‘ish о‘rnatilgan
tartibda о‘sha brigadaning о‘zi amalga oshiriladi.
Chо‘kmani ajratib olish uchun pichoqni ajratib
olinadigan qatlam butun
uzunlik bо‘ylab bir xil qalinlikda bо‘ladigan qilib о‘rnatiladi.
Barabanni filtrlovchi mato bilan ustidan tortish – filtrni ekspluatatsiyaga
tushirishda eng oxirgi operatsiya hisoblanadi. Bu operatsiyani kо‘pincha
ekspluatatsiya va ta’mirlash vaqtida bajarishga tо‘g‘ri keladi.
Baraban yuzasini ikki qavat setka: avval legirlangan pо‘lat simdan
yasalgan yirikroq setka, sо‘ng fosforsimon-bronzali simdan tо‘qilgan mayda
setka tortib yopiladi. Birinchi setka filtratni yoki yuvuvchi suyuqlikni surib
olish uchun, shuningdek, inert gazni
uzatish uchun ishlatiladi, ikkinchi setka
esa, asos hisoblanib, unga filtrlovchi material qoplanadi. Filtrlovchi mato
barabanga tortib yopiladi, hamda baraban yuzasidagi bо‘ylama va chetki
pazlarda
mahkamlanadi, bu pazlar «qaldirg‘och dumi» shaklida yasalgandir.
Pazlarga mato alyuminiyli yoki qо‘rg‘oshinli simlar yordamida chekanka qilib
mahkamlanadi. Mato baraban yuzasiga zich yotishi uchun uni baraban
setkasiga diametri 2 mm bо‘lgan berilliy-bronzadan yasalgan sim bilan siqiladi,
bu simlar baraban uzunligi bо‘ylab spiralsimon о‘ralgandir. Yetarli darajada
chо‘zilishi mumkin bо‘lgan simni bir tekis tushashga erishish uchun maxsus
о‘rash qurilmasi qо‘llaniladi, u vinti yordamida filtrning aylanayotgan barabani
bо‘ylab siljiydi, bu vint yuritmaning о‘z holicha harakatlanishidan siljiy
boshlaydi.
Ta’mirlashni boshlashdan oldin mahsulotdan va yuvilgan filtr (korito
bilan birgalikda) inert gaz yordamida obdon puflab tozalanadi.
Sapfa orqali о‘tadigan vestovaya trubasidan
suyuqlikning oqib
chiqishini, baraban qobig‘i va ichki birlashtiruvchi trubalar payvandlarining
buzilganligidan darak beradi. Defektlarni aniqlash uchun va ularni bartaraf
147
qilish uchun qobiq ochiladi va avval baraban sо‘ngra komunikatsiyalar
gidravlik sinaladi.
Nuqsonlarni oson aniqlash uchun barabanning havo bilan gidravlik sinov
qilinayotgan maxsus uchastkalari aylanayotgan holida suvga tushiriladi. Suv
ichki koritoga tо‘ldirilgan bо‘ladi. Ichki kо‘rik va barabanning toretslarida
ta’mirlash ishlari olib borish uchun lyuk-lazlar ochiladi. Quyidagi ta’mirlash
ishlari keng tarqalgan:
Sim о‘ramlarini tortish; qobiq toretslaridagi salnik tiqinlari va filtrlovchi
matoning buzilgan chekanka uchastkalarini qayta tiklash,
moy uzatkichlarni,
shnek podshipniklarini va reduktorlarni ta’mirlash. Taqsimlagich qurilma
zolotnigini planshaybaga zichlab yotkizilishini ta’minlash uchun shabrovkaga
murojaat qilinadi. Yig‘ilgandan sо‘ng prujinalanuvchi qisqichlarning
stakanlarini yengil aylanishi va tebranishi mavjud emasligi tekshiriladi.
Montajdan sо‘ng,shuningdek podshipniklarni, reduktorlarni va ba’zi bir
boshqa qismlarni ta’mirlab bо‘lgandan sо‘ng filtrlarni yо‘riqnomaga muvofiq
avval yuksiz
holatda , sо‘ngra yuklama ostida chiniqtiriladi.
Filtrlаsh prоsessi dаvriy vа uzluksiz ishlаydigаn filtrlаrdа оlib bоrilаdi.
Neftni qаytа ishlаsh sаnоаtidа аsоsаn rаmаli filtrpresslаr, bаrаbаnli vаkuumfiltr
vа filtrlаr ishlаtilаdi.
1.Qo’zg’аlmаs plitа;
2.Rаmа;
3.Qo’zg’аluvchаn plitа;
4.Vаl;
5.Tаyanchli оyoqlаr;
6.Gidrаvlik press.
Filtrpress rаmа vа
plitаlаrdаn ibоrаt bo’lib,
ulаr ketmа-ket qilib vаlgа
o’rnаtilаdi. Rаmа bilаn
plitаning оrаsigа filtr to’qimаlаr quyilаdi. Rаmа bilаn plitаlаrning sоni 22 tаdаn
46 tаgаchа bo’lаdi. Filtrаsiya prоsessi quyidаgi bоsqichlаrdаn ibоrаt bo’lаdi.
1.
Filtrlаsh;
2.
Cho’kmаning hоsil bo’lishi;
3.
Cho’kmаni аjrаtish;
4.
Cho’kmаni vа filtr to’qimаlаrini quritish.
Kаmchiligi - ko’p qo’l meхnаti sаrf bo’lаdi.