Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Кolonnali ekstraktorlar.
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida nasadkali, 
tarelkali va rotatsion ekstraktorlardan foydalaniladi. Sanoatda diametri 5 
metrgacha va balandligi 40 metrgacha bo‘lgan kolonnali uskunalar ishlatiladi. 
Bunday ekstraktorlar atmosfera bosimi bilan yoki yuqori bosimda ishlaydi. 
Masalan, 9-rasmda moylarni furfurol bilan tozalashga mo‘ljallangan nasadkali 
ekstraksion kolonnaning sxemasi ko‘rsatilgan. Ekstraktorning balandligi 
bo‘yicha 8–10 ta seksiya (2) bo‘lib, ularning ichiga o‘lchamlari 25x25 mm 
bo‘lgan Rashig halqalari joylashtirilgan. Har bir seksiyaning balandligi 1,2 dan 3 
metrgacha bo‘lishi mumkin. Nasadkalarning oralig‘ida taqsimlovchi tarelkalar 
(1) mavjud bo‘lib, ular oqimlarni uskuna ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir 
me’yorda taqsimlashga yordam beradi. Taqsimlovchi tarelkaning asosida yengil 
fazaning o‘tishi uchun diametri 100 mm gacha bo‘lgan patrubkalar o‘rnatilgan, 
og‘ir fazaning o‘tishi uchun esa diametri 10 mm gacha bo‘lgan teshiklar (yoki 
patrubkalar) mavjud. Кolonnaning pastki qismida ekstrakt eritmasi sovitiladi, 
buning uchun eritma bo‘g‘iq tarelka (3) dan olinib, oraliq sovitgich (4) orqali 
taqsimlovchi (1) ga yuboriladi. Erituvchi va sovitilgan eritma kolonnaga 


86 
taqsimlovchi tarelkalar (1) orqali beriladi. 
 
9 -rasm.
Nasadkali ekstraksion kolonnaning sxemasi: 
1–taqsimlovchi tarelka; 2–nasadka qatlami; 3–bo‘g‘iq tarelka; 4–oraliq sovitgichlar. Oqimlar: 
I–xomashyo; II–erituvchi; 3–rafinat eritmasi; ekstrakt eritmasi. 
Sanoatda elaksimon tarelkali ekstraksion kolonnalar ham keng ishlatiladi. 
Bunday ekstraktorlarda (10-rasm) yengil faza ham, og‘ir faza ham mayda 
zarrachalarga bo‘linadi. Ekstraktor vertikal silindrsimon qobiq va quyilish 
patrubkalari (2)
 
bo‘lgan elaksimon tarlekalar (1) ga ega. Кolonnaning ishlashi 
quyidagicha boradi. Og‘ir faza (II) kolonnaning yuqorigi qismiga uzlyuksiz 
beriladi, yaxlit oqim bilan pastga harakat qiladi va pastki shtuser orqali 
tashqariga chiqadi. Yengil faza (I) uzlyuksiz ravishda kolonnadagi pastki tarelka 
(2) ning osti qismiga beriladi. Ushbu faza tarelakadagi teshiklar orqali o‘tganida 
mayda tomchilarga ajraladi. Ushbu tomchilar yaxlit faza ichida yuqoriga harakat 
qiladi va tarelka zonasiga yetganida o‘zaro qo‘shilib, suyuqlik qatlamini hosil 
qiladi. Bu qatlam tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik 
tarelkaning teshiklari orqali o‘tib yana tomchilar hosil qiladi. Ekstraktorda yaxlit 
faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish patrubkalari (2) yordamida o‘tadi.


87 
 
10 - rasm
. Elaksimon tarelkali ekstraktorning sxemasi: 
1–elaksimon tarelka; 2–quyilish patrubkasi. Oqimlar: I–xomashyo; II–erituvchi; III–rafinat 
eritmasi; IV–ekstrakt eritmasi. 
Shunday qilib, bitta kolonnada ko‘p marotaba suyuqlikning mayda 
tomchilarga parchalanishi va ular qo‘shilib, suyuqlikning tirgovich qatlamini 
hosil qilishi yuz beradi. Eng yuqorigi tarelkadan ko‘tarilib chiqayotgan 
tomchilar qo‘shilib, yengil suyuqlik qatlami-ekstrakt (III) ni hosil qilib, 
uskunadan yuqorigi shtuser orqali tashqariga chiqariladi. Og‘ir faza – rafinat 
(IV) uskunaning pastki qismiga joylashgan shtuser
 
yordamida tashqariga 
uzatiladi. 
Tarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko‘ra, tomchi 
hosil qilishning uch xil rejimi bor: 1) notekis tomchi hosil bo‘lishi (kichik 
tezliklarda); 2) bir tekis tomchi hosil bo‘lishi (tezlik biroz ortganda); 3) 
suyuqlikning kichik oqimlar bilan chiqishi (katta tezliklarda). Tajribalarning 
ko‘rsatishicha, elaksimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers 
fazaning teshiklardan o‘tish tezligi 0,15÷0,30 m/s bo‘lishi kerak ekan. Bunday 
tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar hosil qilish rejimi mavjud bo‘ladi. 
Tarelkalar oralig‘idagi masofa 0,25÷0,60 m qilib olinishi mumkin. Yaxlit 
fazaning tarelka ustidagi balandligi 0,2 m atrofida bo‘lsa, modda o‘tkazish 
jarayoni tez ketadi. Tarelkadagi teshiklarning diametri odatda 3÷9 mm bo‘ladi. 
Nasadkali va tarelkali kolonnalarning samaradorligini pulsatsion 
oqimlarni qo‘llash orqali oshirish mumkin. Bunday maqsad uchun modda 
almashinish uskunasining ichiga ikki turdagi kichik chastotali tebranishlarni 
kiritish mumkin: 1) kontaktga uchragan fazalarga pulsator yordamida 
qaytalanuvchi-ilgarilab boruvchi harakat beriladi; 2) uskunalar ichidagi kontakt 
moslamalariga kichik chastotali tebranish beriladi. Birinchisi pulsatsiya, 


88 
ikkinchisi vibratsiya usuli deyiladi. 
Pulsatsiyali ekstraktorda (11-rasm) ikki fazali oqimga qo‘shimcha 
energiya beriladi. Bunda ekstraktorning ichidagi suyuqlikka pulsatorlar 
yordamida qaytalanuvchi-ilgarilab boruvchi harakat beriladi. Pulsatsiya 
tebranishlari ta’sirida oqimning turbulentligi va fazalarning tomchilarga aylanish 
darajasi ortadi, natijada nasadkali va g‘alvirsimon tarelkali kolonnalardagi 
modda o‘tkazish jarayonining samaradorligi ko‘payadi. 
Sanoatda pulsatorlar sifatida porshenli, plunjerli, membranali nasoslar 
yoki maxsus pnevmatik uskunalar ishlatiladi. 11-rasmda Otto H. York 
Company, Jnc. firmasining pulsatsiyali ekstraksion kolonnasining sxemasi 
ko‘rsatilgan. Havo yoki inert gaz pulsator (5) yordamida ekstraksion 
kolonnaning pulsatsion quvuri (4) ga yuboriladi. To‘g‘ri impuls paytida 
pulsatsion quvurdagi suyuqlikning sathi pasayadi, oqibat natijada kolonnadagi 
suyuqlikning sathi ko‘tariladi. Teskari impuls paytida esa kolonnadagi 
suyuqlikning sathi esa pasayadi. Bunday kolonnada quyilish moslamalariga 
ehtiyoj qolmaydi, chunki kolonnadagi suyuqlik ustuni ko‘tarilganda tarelkadagi 
teshiklar orqali yengil faza o‘tadi, suyuqlik ustuni pastga tushganda esa – og‘ir 
faza o‘tadi. 
 
11 - rasm.
Pulsatsiyali ekstraktorning sxemasi: 
1–kontakt moslamalari; 2–taqsimlagich; 3–fazalarning ajralish yuzasini nazorat qilish 
sistemasi; 4–pulsatsion quvur; 5–pulsator; 6–qalqon idish; 7–saqlovchi klapan; 8–havo 
chiqargich. Oqimlar: I–yengil faza; II–rafinat; III–havo yoki azot; IV–og‘ir faza; V–ekstrakt. 
Pulsatsion ekstraktorlarda odatda elaksimon tarelkalar ishlatiladi. 
Elaksimon tarelka teshiklarining diametri 3–5 mm, tarelkadagi hamma 
teshiklarning yuzasi esa kolonna ko‘ndalang kesimi yuzasining 20–25 % ini 
tashkil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm. Pulsatsion ekstraktorlarning 


89 
diametri chegaralangan bo‘ladi (eng ko‘pi bilan 600; 800 mm). Ekstraktorning 
samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog‘liq. 
Pulsatorlarning ko‘pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200

300 ni tashkil 
qiladi, bunda amplituda 1–2 mm ga teng bo‘lishi kerak. Ushbu ekstraktorlarning 
asosiy afzalligi – ularning ichida harakatlanuvchi qismlar yo‘q. 
12-rasmda 
vibratsiyali 
ekstraktorning 
sxemasi 
berilgan. 
Ushbu 
ekstraktorning ichida gorizontal holatdagi teshiklar bo‘lgan plastinalar (5) 
shtanga (2) va sterjenlar (4) sistemasi bilan qattiq birlashtirilgan. 
 
 
12-rasm.
Vibratsiyali ekstraktorning sxemasi: 
1–tebranish chastotasining variatori; 2–shtanga; 3,7–taqsimlagichlar; 4–sterjen; 5–
perforatsiya qilingan plastinalar; 6–qaytaruvchi to‘siqlar; 8–shtanganing pastki tayanchi. 
Oqimlar: I–yengil faza; IV–og‘ir faza; ajratilgan mahsulotlar: II–rafinat; III–ekstrakt. 
Ish jarayonida plastinalar qaytarma-ilgarilama harakat qilishadi. 
Fazalarning bir me’yorda aralashishini ta’minlash uchun elaksimon plastinalar 
paketi oralig‘iga qaytaruvchi to‘siqlar (6) o‘rnatilgan. Har bir rusumdagi uskuna 
uchun vibratsion tebranishlar chastotasi va amplitu-dasining eng maqbul 
qiymatlari mavjud bo‘lib, bunda ekstraksiya jarayoni birmuncha jadallashgan 
holatda boradi. Vibratsion ekstraktorlarning tomonlariga quyidagilar kiradi: 
konstrkutiv tuzilishi sodda; tayyorlash uchun metall kam sarflanadi; uzatmasi 
oddiy tuzilgan; modda almashinish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega; ish 
unumdorligi katta.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish