Diniy ekstremizmni o ‘ziga qurol qilib olgan terrorchilarning butun
dunyoning nafratini qo‘zg‘atgan AQSHdagi vahshiyliklari nafaqat
ushbu
mamlakat, balki bashariyat tarixidagi eng m ash’um sahifalardan bo‘lib
qolishiga hech kim shubha qilmaydi.
O 'tgan asrning 70-yillari intihosidan boshlab Afg‘oniston
diniy
ekstremizm va fundamentalizmning eng yirik o ‘chog‘iga aylana boshladi.
Ushbu mamlakatdagi siyosiy beqarorlik tufayli turli m amlakatlardan
o ‘zining xunuk qilmishlari uchun badarg‘a b o ‘lgan qora kuchlar
Afg‘onistonga oqib keldilar va m ustahkam o ‘rnashib oldilar. «Tolibon»
nomi bilan atalgan ekstremistlar ularga boshpana berdilar. Afsuski, ayrim
yirik davlatlar ham o‘zlarining shubhali geosiyosiy manfaatlarini ro‘yobga
chiqarish ilinjida Afg‘onistondagi radikal islomchilarni amalda qo‘llab-
quwatladilar.
Natijada, ushbu mamlakat ekstremizm va terrorizmning
haqiqiy o ‘chog‘iga aylandi. Bu hoi nafaqat uning, balki unga tutash
mamlakatlarning xavfsizligiga ham tajovuz solgani yaxshi m a’lum.
T a’kidlash joizki, diniy ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizmning
0 ‘zbekistonga kirib kelishida aynan Afg‘oniston o‘ziga xos darvoza vazifasini
o ‘tadi. 0 ‘tgan asrning so'nggi yillarida
m azkur m am lakatdan panoh
topgan, «Tolibon» harakati va «al-Qoida» tashkiloti bilan mustahkam
aloqalar o'rnatgan « 0 ‘zbekiston islomiy harakati» va oxirgi paytda u
bilan birgalikda harakat qilayotgan «Hizbut-tahrir» kabi radikal diniy-
siyosiy guruhlar, m ana o ‘n yildan oshiqroq vaqt mobaynida 0 ‘zbekis-
ton va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi barqarorlikka putur
yetkazishga intilib kelmoqda.
Oxirgi yillarda m am lakatim izda yashirin am al qilayotgan diniy-
siyosiy guruhlar orasida «Hizbut-tahrir» alohida faollik ko‘rsatmoqda.
Aytish lozimki, m azkur partiya o ‘zini terrorchilik faoliyatiga aloqasi
yo‘qdek qilib ko‘rsatishga intiladi. Partiyaning ushbu iddaosini haqiqat
deb qabul qilishga tayyor kuchlar ham bugungi dunyoda, afsuski,
yo‘q emas. Lekin partiya tarqatayotgan varaqalarning mazmuni ushbu
guruhning tinchliksevar partiya ekani haqidagi d a’volar haqiqatdan
n e c h o g ‘lik y iro q lig in i, u n in g «beo zo r siyosiy kuch» ekaniga
ishonayotganlar qanchalik xato qilayotganiga hech
qanday shubha
qoldirmaydi. Allaqachonlaroq o ‘z umrini yashab, tarix sahnidan tushib
ketgan, bugungi voqelikka m utlaqo to ‘g‘ri kelm aydigan xayoliy xa-
lifalikni barpo etish uchun h ar qanday amaliy h arakatlardan tiyil-
m aslik,
ju m lad an , qurol ishlatishni targ‘ib qilish orqali m usul- !
m onlar ongiga eng ashaddiy siyosiy g‘oyalarni singdirishni o ‘zining
dasturiy vazifasi qilib olgan ham da uni hayotga tatbiq etishga jo n -
jahdi bilan urinayotgan bunday guruhni terrorchilik faoliyatga aloqador
emas deb b o ‘ladimi?
74
0 ‘zbekiston diniy ekstremizm bilan to‘qnash kelayotgan birinchi
davlat emas.
Yuqorida qayd etilganidek, u bugun dunyoning ko‘plab
mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shunga mos ravishda dunyoda
diniy ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizmga qarshi kurash bo'yicha
salmoqli tajriba to'plangan. Mazkur tajribadan chiqadigan eng asosiy
xulosa shuki, diniy ekstremizm
va terrorizm bilan kurashda, asosan,
huquq-tartibot organlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo'llash orqali
unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilangina
kurashish bilan barobardir. Boshqacha aytganda, bunday yo'ldan boril-
ganda, diniy ekstremizm va terrorizmni oziqlantirib turgan «ildiz»lar
beshikast qolaveradi, vaqt o ‘tishi bilan ular yangi «kurtak»lar berishda
davom etaveradi.
Shuning uchun ham, diniy ekstremizm va terrorizm
bilan to ‘qnash kelayotgan davlatlar ushbu xatarli hodisaga qarshi
kurashishda tobora ko‘proq yalpi va maqsadli yondashuv yolidan borishga
harakat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: