Pravoslavlik.
Xristianlikdagi uch asosiy yo‘nalishdan biri bo‘lgan
pravoslavlik Rim imperiyasi parchalangandan keyin (395-y.) uning
Sharqiy tarm og‘i sifatida cherkovlar bo ‘linishi oqibatida (1054-y.)
rasmiylashgan. Pravoslavlik dastlab Vizantiya imperiyasining davlat
16
dini b o ig an . Uning oliy maqsadi xalqning ongida xudoga haqiqiy
e’tiqod va insoniylikning yuksak tuyg‘ularini shakllantirishdir. Bu oqimda
yagona diniy markaz, cherkovlarning yagona boshlig‘i yo‘qligi bilan
katoliklikdan farqlanadi.
Asosan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqda keng tarqalgan pravoslav-
lik Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb,
Rum in, Bolgar, K ipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiyava
Amerika kabi 15 avtokefal cherkovlaiga bo‘lingan. Pravoslavlikka mansub
cherkovlardan eng kattasi Rus pravoslav cherkovi (Moskva patriarxati)
19 ming cherkov va 127 yeparxiyaga birlashgan bo'lib, shundan 150
dan ortiq cherkov va 5 yeparxiya xorijda faoliyat olib boradi.
Jum ladan, bugungi kunda respublikamizda 31 ta cherkov, 3 ta
monastir, 1 ta seminariya va 1 ta markaz faoliyat ko'rsatmoqda.
Protestantlik.
Xristianlikdagi uch asosiy yo‘nalishdan biri bo‘lgan
protestantlik («protest» — norozilik) XVI asrda Yevropada katoliklarga
qarshi qaratilgan noroziliklar natijasida yuzaga kelgan.
Protestantlik xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo‘lishi,
jonning o ‘lmasligi, jannat va do‘zax (katolitsizmdagi a’rofdan tashqari)
haqidagi, vahiy va boshqa shu kabi m asalalarda um um xristian
tasaw urlarini e ’tirof etadi. Lyuteranchilik, svinglichilik, kalvinizm,
unitarizm , sotsinchilik, anabaptizm , m ennonchilik va anglikanlik
protestantlikning ilk shakllari edi. Keyinroq baptistlar, metodistlar,
kvakerlar, adventistlar, Iyegov shohidlari, m orm onlar yoki «Oxirat
avliyolari», «Najot armiyasi», «Xristian fani», pyatidesyatniklar kabi
«diniy uyg‘onish» hamda ilk xristianlik va Reformatsiya ideallariga qaytish
shiori ostida tashkil topgan «so'nggi protestantlik» shakllari paydo bo‘ldi.
H ozirda protestantlik dunyoning barcha q it’alarida tarqalgan.
Protestantlikning jahon markazi — AQSHda bo ‘lib, bu yerda baptist,
adventist, iyegov shohidlari kabi oqimlarning qarorgohlari joylashgan.
1948-yildan protestantlarning Jahon cherkovlari kengashi faoliyat olib
bormoqda.
Protestantlik ilohiyoti xristian mafkurasining bir ko'rinishi sifatida
muayyan taraqqiyot bosqichlarini bosib o ‘tdi. XVI asr ortodoksal ilohiyoti
(M.Lyuter, J.Kalvin), XVIII—XIX asrlardagi yangi protestantlik yoki
liberalizmilohiyoti (F.Shleyerm axer, E.Tryolch, A .G arnak), birinchi
jah o n urushidan keyin paydo bo‘lgan «inqiroz ilohiyoti» yoki «dialektik
ilohiyot» (K.Bart, P.Tillix, R.Bultman), Ikkinchi jahon urushidan
so‘ng tarqalgan radikal yoki «yangi» ilohiyot (D.Bonxeffer va boshqa-
lar) shular jumlasidandir.
Bunday oqimlarning ayrimlari 0 ‘zbekistonda ham rasman faoliyat
_
_
_i t --------------*
_
_
I»_
_
_
_
_
_
_
.inifTir*T'''i....f
yuritmoqda. U
U N IV E R S IT Y !
4 b
\io
A h b o ro i-re s u rs
m
baptistlik, Yevangel xristian-baptistlar cherkovi, to ‘liq injil xristianlari
(pyatidesyatniklik), lyuteranlik, metodistlik, novoapostollik cherkovi,
iyegov shohidlari kabilarning 124 ta cherkovi, 2 ta markazi va 1 ta
seminariyasini aytib o ‘tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |