Qarshi filiali “kompyuter injiniringi” fakulteti


Terminal - host kompyuter arxitekturasi



Download 384,4 Kb.
bet3/9
Sana22.12.2022
Hajmi384,4 Kb.
#894220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqil ta`lim6

Terminal - host kompyuter arxitekturasi

Terminal - host kompyuter arxitekturasi(terminal – host computer architecture) - bu barcha ma’lumotlarni qayta ishlashni bir yoki bir qator asosiy kompyuterlar tomonidan amalga oshiriladigan axborot tarmog’i tushunchasi.


Ko’rib chiqilayotgan arxitektura ikki turdagi qurilmani nazarda tutadi:

  • Host kompyuter (asosiy kompyuter) – unda tarmoqni boshqarish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi;

  • Terminallar – host kompyuterga vazifalarni bajarishga, seans tashkil qilishga va natijalar olishga buyruqlarni uzatish uchun mo’ljallangan.

Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari (MUM) orqali asosiy kompyuter, 1.4- rasmda ko’rsatilgandek, terminallar bilan o’zaro ta’sir qiladi.

1.4-rasm. Terminal-host kompyuter arxitekturasi.

Host kompyuterlari bilan tarmoq arxitekturasining klassik na’munasi bu tizim - tarmog’ining arxitekturasi(System Network Architecture - SNA).





      1. Bir pog’onali arxitektura

Bir pog’onali arxitektura (peer-to-peer architecture) – bu arxitekturada axborot tarmog’ining resurslari butun tizim bo’yicha tarqalgan holda bo’ladi. Ushbu arxitektura boshqa arxitekturalardan farqi barcha tizimlarning tengligi hisoblanadi.


Bir pog’onali tarmoqlar - bu har qanday ish stantsiyasi bir vaqtning o’zida fayl serveri va ish stantsiyasi vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan kichik tarmoqlar. Bir pog’onali LAN-larida diskdagi bo’sh joy va istalgan kompyuterdagi fayllar birgalikda foydalanilishi mumkin. Resursning umumiy bo’lishi uchun uni masofaviy kirish xizmatlaridan foydalangan holda bo’lishish kerak. Ma’lumotlarning qanday himoyalanganiga qarab, boshqa foydalanuvchilar fayllarni yaratilgandan so’ng darhol foydalanishlari mumkin. Bir pog’onali LANlar kichik ishchi guruhlar uchun yetarlicha darajada maqbul hisoblanadi (1.5-rasm).

1.5-rasm. Bir pog’onali arxitektura.

Bir pog’onali LAN-lar - bu eng oson va arzon tarmoq turi. Ular uchun tarmoq kartasi va tarmoq tashuvchisi, Windows operatsion tizimi yoki boshqalarga qo’shimcha ravishda Windows for Workgroups bo’lishi zarur. Kompyuterlarni ulash orqali foydalanuvchilar resurslar va ma’lumotlarni almashishlari mumkin.


Bir pog’onali tarmoqlar quyidagi afzalliklarga ega:

  • ular o’rnatilishida va sozlanishida oson;

  • shaxsiy kompyuterlar serverlardan mustaqil;

  • foydalanuvchilar o’z resurslarini boshqara oladi;

  • arzon va amalga oshirilishi oson;

  • qurilmalar va dasturiy ta’minotlar kam;

  • administrator shart emas;

  • o’ndan kam bo’lgan foydalanuvchilari bor tarmoqlar uchun juda qo’l keladi.

Bir pog’onali arxitekturadagi muammo, bu kompyuterlarning oflayn rejimida bo’lishidir. Bunday hollarda, ular taqdim etgan xizmat turlari tarmoqdan yo’qoladi. Tarmoq xavfsizligi bir vaqtning o’zida faqat bitta manbaga tatbiq etilishi mumkin va foydalanuvchi tarmoq resurslari qancha bo’lsa, shuncha parolni eslab qolishi kerak. Umumiy manbaga kirishda kompyuterning ish faoliyatini pasayishi seziladi. “Peer-to-peer” tarmoqlarining muhim kamchiliklari - markazlashtirilgan boshqaruvning etishmasligi.
Peer-to-peer (bir pog’onali) arxitekturasidan foydalanish bir xil tarmoqdagi terminal-host arxitekturasi yoki mijoz-server arxitekturasidan foydalanishni istisno qilmaydi.




      1. Download 384,4 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish