4- Laboratoriya ishi
Mavzu:
MINERAL O‘G‘IT SOCHGICH MIQDORLAGICHINI
O‘G‘IT SOLISH ME’YORIGA ROSTLASH
Ishning maqsadi:
Mineral o‘g‘it sochgich miqdorlagichini rostlash va
ishini baholash tartibini o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Traktorga agregatlangan NRU-0,5 disksimon o‘g‘it
sochgich; 20...30 kg donador mineral o‘g‘it; ruletka; o‘g‘it solish uchun idish;
tarozi; sekundomer.
Umumiy ma’lumotlar:
Mineral o‘g‘itni sepishda asosan NRU-0,5 rusumli
disksimon sochgichlardan foydalaniladi. Bu mashina o‘g‘it sochuvchi disk 1 (7-
rasm), dastak 2, bunker 3, koromislo 4, krivoship-shatun mexanizmi 5 va reduktor
6 dan tashkil topgan.
7-rasm. NRU-0,5
mineral o‘g‘it
sochgichning
texnologik ish
jarayoni:
1-sochuvchi
disk; 2-dastak; 3-
bunker; 4-koromislo;
5-krivoship shatun
mexanizmi; 6-
reduktor; 7- sochish
plankasi
O‘g‘it sochuvchi disk traktorning quvvat olish vali yordamida aylanma
harakatga keltiriladi. Sochiladigan o‘g‘it miqdori dastak (2) orqali sochish tirqishi
hamda sochish plankasi (7) amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi.Diskka
tushgan o‘g‘it uning kurakchalari va markazdan qochma kuch ta’sirida 10-12 m
kenglikda er betiga sochiladi.
Dalaga chiqarishdan oldin o‘g‘it sochgich birlamchi sozlanib, keyin dalada
sinalganidan so‘ng, aniqlik kiritiladi. Sochuvchi diskni gorizontal holatga keltirib
qo‘yishga e’tibor berish lozim. Bu holat traktor o‘rnatish qurilmasi yordamida
bajariladi. Disk er yuzasiga nisbatan 70 – 75 sm balandlikda o‘rnatilsa, yaxshi
natijalarga erishiladi.
Topshirig‘ida berilgan bir gektarga sepish rejalashtirilgan
miqdordagi
o‘g‘itni ta’minlash uchun o‘g‘it sochgichning diskiga bunkerdan bir minutda
tushishi lozim bo‘lgan o‘g‘it miqdori aniqlanadi.
, kg/min
bu erda:
-
topshiriqda berilgan o‘g‘it sepish me’yori, kg/ga;
– mashinining qamrash kengligi, m;
- mashinaning xarakat tezligi, km/soat (ilova).
Keyin esa, tajriba o‘tkazilib, o‘g‘it sochgichning ushbu sozlanishida bir
minutda bunkerdan to‘kiladigan o‘g‘it miqdori
q
topiladi va
bilan solishtiriladi.
Keyin esa, tajriba o‘tkazilib, o‘g‘it sochgichning ushbu sozlanishida bir minutda
bunkerdan to‘kiladigan o‘g‘it miqdori
q
topiladi va
bilan solishtiriladi.
q
ni aniqlash uchun o‘g‘it sochuvchi disklar yoki ularni harakatga
keltiradigan zanjir echib qo‘yiladi. Traktorning quvvat olish vali (QOV) normal
tezlikda bir minut davomida aylantirilib, to‘xtatiladi. Disklar tagiga qo‘yilgan
idishga tushgan o‘g‘it miqdori
q
tarozida tortilib aniqlanadi. Agar
q
bilan
orasidagi farq ±10% dan ortiq bo‘lsa, sozlash takrorlanadi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Talabalar guruhlarga bo‘linib, ularga berilgan o‘g‘it sepish me’yori
ning
turli
miqdorlari
uchun
lohida
variantlar
bo‘yicha
miqdorlagichning bir minutdagi ish unumi
ni aniqlash va rostlash ishini bajarish
topshiriladi.
2. Laboratoriya ishi qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish uchun tayyorlangan
NRU-0,5 bilan jihozlangan agregat oldida o‘tkaziladi. Uning quyidagi
ko‘rsatgichlari: agregat tarkibi _______, qamrov kengligi _________m, traktorni
texnologiq tezliklarga mos keladigan tezligi ________km/soat yozib olinadi.
3. Toshiriqqa asosan o‘g‘it sochgichning diskiga bunkerdan bir minutda
tushishi lozim bo‘lgan o‘g‘it miqdori
topiladi.
4. O‘g‘it sochkichning diskiga bunkerdan bir minutda tushgan o‘g‘it miqdori
aniqlanadi va talab etilayotgan me’yor
bilan taqqoslanadi. Olingan
natijalarga ko‘ra hulosa beriladi.
Ish bo‘yicha hisobotda
:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish
tartibi bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlarga asosan 9-rasmda ko‘rsatilgan
ko‘rinishda o‘g‘it miqdorlagich ko‘rinishi chiziladi hamda bajarilgan hisoblar va
olingan ma’lumotlarga ko‘ra xulosa beriladi.
Nazorat savollari:
1.
Qanday maqsadda o‘g‘it sochgichning ishchi qamrov kengligini bilish
kerak?
2.
Bir gektar maydonga sepiladigan o‘g‘it miqdori mashinaning qanday
ko‘rsatkichlariga bog‘liq?
3.
Bunker tubidagi to‘kish darchasiga o‘g‘it uzluksiz tushib turishi qanday
ta’minlanadi?
4.
O‘g‘it sochgichning ishchi qamrov kengligi qanday omillarga bog‘liq
bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |