2. HIndomalay oblasti. Bu oblast hududiga Osiyoning tropik va subtropik qismi kiradi, ya’ni Xindiston, Pokiston, Xitoyning janubiy qismi, Birma, Vetnam, Katta va Kichik zond orollar, Yangi Gvineya va Fidji orollari kiradi. Bu oblast iqlimi juda xilma-xil. Ko‘p orollar bir-biridan yaxshi ajralgan. Shuning uchun hayvonot olami ham bir-biridan keskin farq qilib, xilma-xildir. Birgina sut emizuvchilarning 46 oilasi endem hisoblanadi.
Koqchigliylarni 5 ta oilasi, yirtkichlarning juda kup vakillari yulbars, leopard, geopard keng tarkalgan. Uziga xos hayvonlardan Xindiston fillari, taprlar, nosoroklar, tungizlar, buyvollar, arxarlar keng tarkalgan. Primatlarning orangutan, gibbon, lemur, shimpanze kabi turlari tarkalgan. Qushlardan jannat qushi, kazauralar, tovuslar, boyyogli (sava), sudralib yuruvchilardan toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar, timsoxlar, uchar kaltakesaklar, ilonlarni 45 ta endem turi bor. Jumladan, gadyuka, aspid, kuzanakshli ilonlar endem xisoblanadi.
3. Madagaskar faunistik oblasti. Bu oblast hududiga Madagaskar oroli va uning atrofidagi bir necha orollar gruppasi, Kanor va Seyshel orollari birgalikda kiradi. Bu oblast o‘simliklar xukmronligida xam 1 ta aloxida oblastga ajratiladi. Hayvonot olami bu oblastda uziga xosligi bilan boshqa oblastdagidan keskin farq kiladi. Birgina primatlarni 20 dan ortik turi bor. Yoki kemiruvchi yirtkichlarning deyarli xamma turi endem xisoblanadi. Eng o‘ziga xos kemiruvchi yirtkichlardan mushukka o‘xshash faskosdir (relekt). Bu olimlarning fikriga ko‘ra eng qadimgi arxeologik sut emizuvchilardan xisoblanadi. Juda ko‘p sut emizuvchi hayvonlari Afrika oblasti sut emizuvchi hayvonlariga o‘xshash. Qushlarning juda ko‘plab turlari endem. Sudralib yuruvchilardan xamelion, gekkon, toshbaqa, timsoxlar yashaydi. Lekin xaqiqiy zaxarli ilonlar bu yerda yuk. Fakatgina Madagaskar udovini 4 turi yashaydi. Lekin baqalarga boy. 150 dan oshik baqa turi mavjud. Umurtkasiz hayvonlarning asosan hasharotlar keng tarqalgan.
4. Palineziya oblasti. Bu oblast hududiga Tinch okeanining juda katta maydonidagi bir necha yuzlab orollar kiradi. Bu oblastdagi barcha orollar bir-biridan ma’lum darajada izolyatsiyalanganligi sababli hayvonot olami xam xilma-xil uchraydi. Sut emizuvchilardan eng kup tarkalgani kurshapalaklar. Qizig‘i shundaki xamma tomoni suv bo‘lishiga qaramasdan toshbaka va timsoqlar uchramaydi. Ilonlar ham kam, faqat fidji orollaridagina endemik aspid uchraydi. Xamda bir necha tur kvaksha bakalari uchraydi. Bu oblastning asosiy hayvonot dunyosini qushlar tashkil kiladi. Ularni yuzdan ortik avlodi yashab uning 35 tasi endem xisoblanadi. Birgina Gavay orollarining uzidagina yashash sharoitiga kura tarli organizmlarning metamorfozlashishi kuplab uchraydi. Masalan: Gvay svetichnigi degan qushni nektornigi 22 xil kurinishga ega yoki bir turga oid qushlarning rang uzgarishlari nixoyatda xilma-xil. Umurtkasizlardan xilma-xil kapalaklar dominant organizmlar xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |