Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan


Cho`l faunasining ekologik xususiyatlari



Download 7,35 Mb.
bet12/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
магистр)

Cho`l faunasining ekologik xususiyatlari



Cho`l sharoitida tirik organizmlarning, jumladan hayvonot dunyosining hayoti nisbatan noqulay abiotik omillar ta`siri ostida kechadi. Bunday sharoitda hayvonlarning hayoti uchun zarur bo`lgan omillarning ko`pchiligi pessimal va hatto cheklovchi ko`rsatkichda namoyon bo`ladi. Natijada hayvon va o`simlik turlarida yaqqol ajralib turadigan morfo-fiziologik moslanishlar shakllanadi. Cho`l hayvonlarining ko`pchiligi ekologik sharoitlarga mos ravishda kserofil va evriterm turlardan tashkil topadi.
Cho`llar turli yo`nalishdagi ilmiy tadqiqotlar, jumladan organizmlarning noqulay iqlim sharoitlariga nisbatan moslanishini, morfo-fiziologik o`zgarishlarni, faunaning shakllanish jarayonlarini, turlar ekologiyasini, ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish masalalarini o`rganish uchun tajriba maydoni bo`lib xizmat qiladi.
Cho`lda yashovchi turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlar o`zlarining tashqi tuzilishi, xatti-harakati va boshqa ekologik belgilari bilan bir-biriga juda o`xshash bo`ladi. Kemiruvchilar turli avlod va oilalarga tegishli bo`lishlaridan qat`i nazar, deyarli bir xil ko`rinishga va o`xshash hayot kechirish tarziga ega. Masalan, sut emizuvchilarga mansub qo`shoyoqlar, tovushqonlar, kengurusimon sichqon, xaltali qo`shoyoq kabi turlarning orqa oyoqlari uzunligi, quloqlari va ko`zlari kattaligi, dumi uzunligi va u tayanch vazifasini bajarishi hamda dumining uchi mo`yqalam uchiga o`xshashligi kabi morfologik belgilari bilan qo`shoyoqlarga o`xshab ketadi. Bunday o`xshashliklar konvergentsiyaga yaqqol misol bo`la oladi va hayvonlarning cho`l sharoitiga moslashuvini ta`minlashga xizmat qiladi. Hayvonlarning cho`l sharoitida yashashga nisbatan moslanishlari ichida ularning suvni qidirib topishi, uni sarflashi va tanada saqlashi bilan bog`liq fiziologik va etologik xususiyatlari asosiy o`rinni egallaydi. Suv va oziqaning tanqisligi hatto issiqqonli hayvonlarning nafaqat qishda, balki yozning issiq oylarida ham uyquga ketishiga sabab bo`ladi. Hayvonlar organizmidagi bu kabi moslanishlar ularning tashqi morfologik belgilarida (jun, pat va par qoplami), fiziologiyasida (yog` qatlami, metobolitik suv hosil qilish) va xatti-harakatida (qishki va yozgi uyquga kirish, issiq va sovuqdan himoyalanishda boshpana tanlash va hokazo) yaqqol namoyon bo`ladi.
Cho`l hayvonlari suvga bo`lgan talabini qondirish maqsadida uzoq masofalarga doimiy migratsiya qilishadi. Bunday sharoitda ularning bir qismi yirtqichlarga o`lja ham bo`ladi. Ayrim turlar suvni iste`mol qilgan oziqasi tarkibidan olishadi yoki metabolitik suv hosil qilish xususiyatiga ega. Cho`l qushlarining ayrim turlari suv ichish maqsadida uzoq masofalarga uchib boradi. Jumladan, Saxar cho`lida yashovchi cho`l to`rg`aylari nomuntazam ravishda suv ichishga borishadi va ba`zan hafta davomida suvsiz yashay oladi. Bulduruqlar haqiqiy cho`l qushlari bo`lib, suvsizlikka chidamliligi tufayli cho`lning ancha ichkarisida, suvdan uzoqda joylashgan qismlariga uya quradi.
Damanlar bir necha oylab, bir o`rkachli tuyalar esa haftalab suvsiz yashay olishi mumkin. Bu muddatda ular tana to`qimalaridagi zaxira suvdan foydalanadi va juda oriqlab ketadi, ammo bir marta to`yib suv ichishi ularning yo`qotgan vaznini qayta tiklab olishi uchun yetarlidir. Xuddi shunday qobiliyat tuyoqlilardan qilich shoxli antilopalar vakili addaks (Addax nagomaculatus)da va afrika yovvoyi eshagi (Equus asimus) da ham kuzatiladi. Ko`pchilik bo`g`imoyoqlilar ham kamdan-kam holda suv ichadi. Cho`l hayvonlari orasida umuman suv ichmaydigan vakillarga o`simlikxo`r kemiruvchilarni, ko`pchilik hasharotlar va qator sudralib yuruvchilarni misol qilish mumkin. Ularning suvga bo`lgan talabi iste`mol qiladigan oziqasi hisobiga qondiriladi. Kunduzgi qumsichqon (Psammomys obesus) o`simliklarning sersuv qismlari bilan oziqlanadi va hatto sho`rxok tuproqdao`suvchi sukkulentlarning tarkibidagi suvdan foydalanadi. Bu kabi hayvonlar siydigining kontsentratsiyasi juda yuqori bo`lib,o`zidadengiz suvining tarkibiga qaraganda to`rt barobar ko`p tuz saqlaydi. Sudralib yuruvchilar esa cho`l sharoitida yashash nisbatan ajoyib moslashish hosil qilishgan. Ularning muguz tangachalar bilan qoplangan terisi suv o`tkazmaydi va shu bilan birga oziqasi tarkibidan yetarli miqdordagi suvni o`zlashtira oladi hamda bu kabi turlarning ekskrimenti tarkibida suv deyarli bo`lmaydi.
Qushlar va sudralib yuruvchilar moddalar almashinuvida hosil bo`lgan azot saqlovchi hosilalarni siydik kislotasi ko`rinishida ajratishadi. Chunki siydik kislotasi engil zich massa holidagi cho`kmaga o`tadi va deyarli tarkibida suvni saqlamaydi. Sutemizuvchilar mochevina ajratishadi, ammo uning tarkibidagi suv minimum darajada kamaygan holda bo`ladi. Jumladan odam siydigi tarkibida suv 92% bo`lsa, kengurusimon kalamush siydigi tarkibida u 70% ni tashkilqiladi. Bo`g`imoyoqlilarning tashqi xitin qoplag`ichi ham tanani suvsizlanishdan saqlaydi.
Cho`lda hayvonlarida suv tanqisligiga moslashish bilan birga issiq sharoitda yashashga nisbatan ham turli moslanishlar shakllangan. Organizmni sovutishga qaratilgan ayrim xatti-harakatlar cho`l hayvonlarida yaqqol namoyon bo`ladi (1-rasm).

1-rasm. Cho`l hayvonlarining yuqori haroratga moslashish xususiyatlari: 1 – sudralib yuruvchilar; 2 – kemiruvchilar; 3 – yirtqichlar


Bu kabi moslanishlar tanadagi ortiqcha issiqlikni ajratishga qaratilgan bo`lib, yirik sut emizuvchilar, masalan antilopalarda bunday hodisa terlash va nafas olishning tezlashuvi orqali yuz beradi va mazkur fiziologik holatlarning tezlashuvi suvni bug`latib tananing sovushiga olib keladi. Qushlar va ko`pgina sudralib yuruvchilar og`izlarni keng ochish va tez-tez nafas olish orqali suvni ko`proq bug`latishga erishadi. Jazirama issiq sharoitda yashovchi aksariyat sut emizuvchilarning quloqlari katta, oyoqlari esa uzun bo`ladi. Bu qonuniyat Allen qoidasida o`z ifodasini topgan, ya`ni nisbatan issiq hududlarda yashovchi hayvonlarda tananing bo`rtib chiqqan qismlari jumladan quloqlar, dum va oyoqlar sovuq hududda yashovchi hayvonlarga qaraganda katta va uzun bo`ladi. Masalan, kap tovushqoni, fenek tulkisi va pakana tulki kabi turlarning quloqlari ancha katta bo`lib ular “sovutish tizimi” rolini bajaradi.
Umurtqali hayvonlarning ba`zi bir turlari issiqlikka juda chidamli bo`ladi, jumladan kaltakesaklar uchun yuqori kritik harorat 40–45°S bo`lsa, ilonlar uchun 38–42°S, qushlar uchun 43-46°S va sutemizuvchilar uchun esa 39–44°S da tebranadi. Yuqori harorat ayrim turlarning yer ostida yozgi uyquga ketishiga olib kelsa, boshqalarining turli yoriqlarda, buta va daraxtlarning ustida boshpana topishiga olib keladi. Hasharotlar esa yozni tuxum yoki g`umbak bosqichida o`tkazishga moslashganligi sababli noqulay sharoitdan himoyalanadi. Bunday moslashish tuxum va g`umbakning lichinka yoki voyaga yetgan hasharotga nisbatan issiqlikka chidamliligi bilan tushuntiriladi.
Amerikada yashovchi kurakoyoqli amfibiyalar (Scaphiopus) qurg`oqchilik davrida (8–9 oy) orqa oyoqlari bilan yerni kovlaydi va yer ostida uyquga ketadi. Ulardan ajralib chiqadigan shilimshiq modda yer ostidagi kameraning devorini namlaydi hamda qurg`oqchil sharoitda yashab qolishga imkon beradi. Yozgi uyqudan uyg`ongan amfibiyalar qisqa muddatga hosil bo`lgan havzalarga tuxum qo`yishadi. Otalangan tuxumdan ikki kun ichida itbaliqlar chiqadi, bir hafta ichida ular jadal o`sib rivojlanadi va qisqa vaqt ichida kichik, mustaqil uya qaza oladigan baqachalarga aylanadi. Butun rivojlanish davri jami bir oy muddatni egallaydi.
Ko`pchilik sudralib yuruvchilar o`tkir quyosh nuridan himoyalanish maqsadida qumga ko`milib olishadi (urchuqsimoi stsink, qum bo`g`ma iloni, oddiy stsink). O`rta Osiyoda uchraydigan aksariyat sudralib yuruvchilar issiqlik va quyoshning o`tkir nurlaridan himoyalanish uchun sutemizuvchi hayvonlarning uyalaridan boshpana qidirsa, o`qilon, dasht agamasi kabi turlar buta va past daraxtlar ustiga chiqib oladi.
Cho`l hayvonlarining o`ziga xos oyoq panjalari ham ularning qumli cho`llarda tez va engil harakatlanishini ta`minlashga xizmat qiladi.
Cho`llarda turlar soni juda kam va zichligi past ko`rsatkichga ega bo`lishiga qaramay, umurtqalilardan sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar, hasharotlardan sakrovchi to`g`riqanotlilar, qo`ng`izlar, chumolilar, o`rgimchaksimonlardan chayonlar, falangalar va boshqalar nisbatan keng tarqalgan.
O`simliklar qoplamida yarustlilikning deyarli yo`qligi sababli hayvonlar asosan yer ustida va ba`zan yer ostida hayot kechirishadi. Shunday bo`lishiga qaramay, qiyosiy tahlil qilinganda Mustaqil davlatlar hamdo`stligi hududida joylashgan cho`llar faunasining tarkibida turlar soni dashtlar faunasiga qaraganda ancha ko`pligi bilan xarakterlanadi.
Cho`l ekotizimlari qadimiyligi sababli bu yerda endemik turlar va avlodlar ko`p (orol baqra balig`i, turkiston agamasi, xo`jasavdogar, ingichka barmoqli qo`shoyoq va boshq.). Cho`llarning antropogen omillarga juda beriluvchanligi ulardagi faunaning qisqa muddatda boy berib qo`yilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Cho`llarda dashtlarga qaraganda migratsiya jarayoni nisbatan kuchsiz namoyon bo`ladi va bunday migratsiyalar asosan qushlar olamida kuzatiladi. Ularning ayrim turlari yilning noqulay davrlarida cho`l chegarasidan tashqariga migratsiya qiladi.
Cho`llarda ayniqsa bahor faslida hayvonot dunyosining ko`payishi, oziqlanishi, oziqa va energiya jamg`arishi kabi hayotiy faoliyatlar jadallashadi. Ko`pgina cho`l hayvonlari uchun tungi faollik xarakterli bo`lib, bu holat ayniqsa yoz oylarida haroratning maksimal darajani egallashi tufayli sodir bo`ladi. Hayvonlar kunduz kunlari soya-salqin joylardagi boshpanalarga kirib issiqdan himoyalanishadi. Ayniqsa oziqlanish, suv qidirish bilan bog`liq faollik ularning chaqqon harakatlarida yaqqol seziladi. Bunday harakatlar hayvonlarning issiqdan hamda ochiq maydonlarda dushmandan himoyalanishiga ancha qulayliklar tug`diradi (qo`shoyoqlar, ingichka barmoqli yumronqoziq, kaltakesaklar, qulon, jayron, bulduruq).
Cho`lda o`simliklarning siyrakligi va rel`efning nisbatan tekistligi boshpana rolini o`tovchi joylarning tanqisligiga sabab bo`ladi. Bu esa o`z navbatida mayda hayvonlarning boshqa turdagi yirik hayvonlar boshpanasidan foydalanishga olib kelgan. Jumladan, katta qumsichqonning uyasida 300 ga yaqin turdagi hayvonlarning yashashi aniqlangan. Hatto to`rg`aylar yozgi issiqdan saqlanish maqsadida kemiruvchilarning uyasidan boshpana sifatida foydalanishi qayd etilgan. Ko`kbo`zdoq va hind chumchug`i kabi qush turlari qoyalarda uya qurib ko`payishda ishtirok etishi bilan bir qatorda jazirama issiqdan va dushmanlaridan himoyalanadi.
Hayvonlarning tashqi muhitga moslanishlaridan yana biri maskirovkadir. Odatda cho`l hayvonlarining rangi tashqi muhit rangiga mos, ya`ni sarg`imtir kulrang tusda bo`ladi. Bunday tus ularning dushmanlardan himoyalanishi va ov qilishida qulaylik yaratadi.
Qumli cho`llarda tarqalgan hayvonlarning harakat organlarida moslanish bilan bog`liq o`zgarishlar kuzatiladi. Masalan, ingichka barmoqli yumronqoziq, paxmoq oyoqli qo`shoyoq va putorak yerqazarining panjalarida uzun dag`al qillar bo`lsa, ayrim sudralib yuruvchilar (taroq barmoqli gekkon, yumaloqboshlar) va qo`ng`izlarning panjalarida shox va xitindan tashkil topgan o`simtalar shakllangan. Bunday moslanishlar ularning sirg`anchiq qumda harakatlanishini yengillashtiradi. Ko`pgina qumda harakatlanuvchi sudralib yuruvchilarda boshining yuqori qismida joylashgan ko`zlar va burun teshiklari hayvonning qumga ko`milgan holda atrofni kuzatishini ta`minlaydi. Yumaloqboshlar, charxilon va qum bo`g`ma iloni kabi turlar qumga ko`mila olish qobiliyatiga ega bo`lib, bunday xususiyat hayvonlarning himoyalanishi va ov qilishi uchun qulaylik yaratadi.
Cho`l mintaqasida yashaydigan hayvonlardan bo`ri, tulki, bo`rsiq, quzg`un kabi turlar yuqori ekologik valentlikka ega bo`ladi. Ayrim sinantrop turlar (uy sichqoni, uy chumchug`i) hamda hayoti suv havzalari bilan bog`liq bo`lgan ba`zi turlar ham cho`lda yashashga moslashgan.
Cho`l faunasi tarkibi cho`l sharoitlariga yuqori darajada muvofiqlashgan, adaptatsiyalashgan turlar bilan bir qatorda, ancha keyin dasht mintaqasidan cho`l mintaqasiga ko`chib o`tgan turlardan (dasht qora iloni, tez kaltakesagi, dasht burguti, bir necha turdagi to`rg`aylar, kichik yumronqoziq, ko`rsichqon, sayg`oq) tashkil topgan.
Qumloq cho`l tiplarida asosan bo`g`imoyoqlilar (chumolilar, qora qo`ng`izlar, uzun tumshuqlilar, bo`xcha qo`ng`izlar) ancha ko`p. O`rgimchaksimonlardan esa falangalar, haqiqiy o`rgimchaklar, chayonlar, umurtqalilardan suralib yuruvchilar keng tarqalgan. Bu turlarning aksariyati endemik yoki Palearktika cho`llariga, ayrimlari faqat orol–kaspiy cho`llariga xos turlardir (dasht baqasi, kulrang stsink, taroq barmoqli va boshqa qator gekkonlar, dasht va kavkaz agamalari, quloqli va qum yumaloqboshlari, kulrang echkeemar, qum charx iloni, qum bo`g`ma iloni, o`qilon, chipor ilonlar va boshqalar).
Qushlar faunasi tarkibida turlar soni kam bo`lishiga qaramay, bu guruh orasida ham aynan cho`llar uchungina xos bo`lgan endemiklar (xo`jasavdogar, cho`l va saksovul chumchuqlari, cho`l moyquti, oq va qorabovurlar) uchrab turadi. Cho`l mintaqasidagi suv havzalarida jingalak va pushti birqozon, kichik qoravoy, qizil g`oz, kichik va katta oq qarqaralar, qoshiqburun, marmar o`rdak, uzundumli burgut kabi suv va suv oldi qushlarini uchratish mumkin.
Markaziy Osiyo cho`llarida sut emizuvchilardan putorak yerqazari, shalpangquloq tipratikan, sariq va ingichka barmoqli yumronqoziq, kichik qo`shoyoq, paxmoq oyoqli qo`shoyoq va taroq barmoqli qo`shoyoq, qizil dumli katta qumsichqon, jayron, qulon, yovvoyi mushuklarning bir necha turlari (qoraquloq, manul, barxan mushugi, gepard), chiya bo`ri, tulki, bo`ri va boshqalar keng tarqalgan.
Qumli cho`l tipi faunasi xilma-xilligi bo`yicha boshqa tipdagi cho`l faunalaridan ancha ustun turadi. Bu tipdagi cho`llarda ayniqsa sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar va bo`g`imoyoqlilarning xilma-xilligi hamda zichligi nisbatan yuqori bo`ladi.
Gilli cho`llarning faunasi tarkibida turlar soni kam bo`ladi. Bu yerda hasharotlarning kam bo`lishi sababli ular bilan oziqlanuvchi sudralib yuruvchilar ham kam bo`ladi. Toshloq va sho`rxok cho`llarda hayotiy jarayonlarning kechishi uchun qulay sharoitlarning kamligi, mazkur cho
Yer sharida hayvonot olami tur jihatdan xilma-xil bo‘lib, o‘simliklarga nisbatan deyarli 3 barobar ko‘rdip. Massa jihatidan juda oz, ya’ni 1% xolos, 99% o‘simliklar xissasiga to‘g‘ri keladi.
Hayvonlar yer sharining iurli qismlarida iqlim sharoitining turliligiga qarab turlicha tarqalgan. Hayvonot olamini hukmronlikka, oblastlastlarga ajratishda ko‘p olimlar o‘z ishlarini olib borishgan. Ular ichida tan olingani 1976 yili kro‘janovskiy taklif qilgan sistemadir. Bunga ko‘ra hayvonot olami 4 ta hayvonlar hukmronligiga va 14 ta faunistik oblastga bo‘linadi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish