Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet8/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Bog'liq
магистр)

Tropik mintaqa. Tropik mintaqaning asosiy tipik biotoplari gileya yoki nam tropik o`rmonlardir. Bu biotoplarning o`simliklar dunyosi tarkibida turlar soni juda ko`p bo`lib, vegetatsiyasi yil bo`yi davom etadi. Gileyalar boshqa yashash muhitlaridan o`zining ekologik joylari (nishalari), hayvonlar uchun qulay boshpanalari, hayvonlarning hayotiy shakllari va xilma-xilligi buyicha ustun turadi. Nam tropik o`rmonlarda termofil va gigrofil hayvon turlari keng tarqaladi. Havoda suv bug`lari miqdorining doimo yuqori darajada bo`lishi, odatda suvda yashaydigan ayrim turlarning quruqlik yuzasida yashashiga imkon beradi (planariya, zuluklar, daraxt baqasi). Daraxt va butalarning zich bo`lishi va yuqori pog`onalarida oziqaning mavjudligi ko`pgina turlarning daraxtlarda yashashga moslanishiga olib kelgan. Ko`pchilik fitofag turlar daraxtlarning barglari va mevalari bilan oziqlanadi. Tropik mintaqada umurtqasizlar biomassasi bo`yicha birinchi o`rinni egallaydi (P.P.Vtorov, N.N.Drozdov, 1974). Bu o`rinda ayniqsa, termitlar alohida ahamiyatga ega bo`lib, Afrika gileyalarida ularning 500 turi uchraydi. Suvaraklar, yirik qo`ng`izlar (goliaf, gerkules, titan) kabi turlar ham mazkur hudud tabiatiga xos turlardir. Tropik o`rmonlarda shamol bo`lmasligi sababli, o`simliklarning changlanishi asosan asalarilar, kapalaklar, chivinlar, qushlar va qo`lqanotlilar ishtirokida yuz beradi. Yirik yirtqichlar kam, Afrika va Osiyoda leopard, Janubiy Amerikada yaguarlar uchraydi.
Tropik o`rmonlar va cho`llar oralig`ini savannalar egallaydi. Savannalarning faunasi tarkibida turlar soni ko`p va u yerdagi o`simliklar formatsiyasi issiq iqlim sharoitida shakllangan. Savannalar asosan Afrika uchun xos bo`lib, ular Hindiston yarim orolida va Janubiy Amerikada ham uchraydi. Bu yerda yashovchi hayvonlar issiqsevar va mavsumiy qurg`oqchilikka moslashgan bo`lib, ularda yozgi uyquga ketish kuzatiladi. O`simliklar mahsuldorligining yuqoriligi tuyoqli hayvonlar yashashi uchun qulay sharoit yaratadi. Jumladan, antilopalar, zebra va jirafaning juda yirik podalari er yuzida faqat Afrika savannalaridagina uchraydi. Savannada yirtqich sut emizuvchilardan sherlar, leopardlar, yovvoyi mushuklar, viveralar, sirtlonlar va chiya bo`rilar, “yugurib” hayot kechiruvchi hayvonlar guruhiga mansub bo`lgan qush turlaridan strauslar, kotiba qush, marabu, tuvaloq va bulduruqlar uchraydi. Uya qazib yashovchi turlar asosan sichqonlar va olmaxonlar oilasiga mansubdir. Savannada uchrovchi termitlar o`simlik va hayvon qoldiqlarini parchalashda muhim o`rin tutadi. Mazkur hududda juda ko`p ilonlar hamda qurg`oqchilik davrida uyquga ketuvchi kam sonli amfibiyalar ham tarqalgan.
Tropik va mo``tadil mintaqa chegarasida qit`alarning 23% maydonini tashkil etuvchi cho`llar shakllangan. Namlikning yetarli darajada bo`lmasligi cho`llar uchun xos bo`lgan asosiy xususiyat bo`lib, uning yillik miqdori 100-200 mm.dan oshmaydi. O`rta Osiyo va Qozog`iston cho`llarida namlik 55-180 mm. atrofida tebranadi. Namlikning yetishmasligi biologik xilma-xillikning kamligiga, o`simlik qoplamlarining siyrakligiga va hayvonlarning yashashi uchun noqulay sharoitlar shakllanishiga sabab bo`ladi. Shunday bo`lishiga qaramasdan, hayvonlardagi turli moslanishlar ularning cho`l sharoitida yashashini ta`minlay olgan.
Cho`l faunasi tarkibida turlar soni boshqa biotsenozlarga qaraganda ancha kam, undagi hayvonlarning aksariyati kserofil va evriterm bo`lib, haroratga nisbatan turlicha moslanishlar hosil qilgan (yozgi uyqu, suvni tejab sarflash, metabolitik suv hosil qilish va boshqa ekologik va etologik moslanishlar). Yirtqichlar soni kam va odatda ular nisbatan mayda bo`lgan fenek, qorsoq, barxan mushugi, manul va bo`ri kabi turlardan tashkil topadi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish