O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar mavjud, lekin kulolchilik leksikasida bu salmoq unchalik katta emas. Kulolchilik buyumlariga chizilgan naqsh va shakllar, gul va chizmalar arabiy nom bilan atalganini kuzatamiz. Unga quyidagilarni kiritish mumkin: anqo, bayt, kabira, kosib, musavvada, marg‘ula, munabbat, muraqqa’, obida, tavq, tarh, sharifa, hal, naqsh, naqshi chin, naqqosh, naqqoshi chin, naqqoshliq, nigor, nigor aylamoq, ol (qizil), rayhoniy, kimsan (oltin rang bronza), ablaq (ola-bula), avoniy (idishlar), abyaz (oq), ayoq/ayog‘ (kosa), ayoqchiliq (kosagullik), azraq (yashil), al-kosib, alocha (ola- bula), asfar (sap-sariq), adavot (asbob), alvon (rang), axzar (ko‘m-ko‘k), axzariy (yashil), aqdoh (qadahlar), ahmar (qip-qizil), billur ( oq shaffof), billurin/biluriy, doy (loy paxsa), doygar (paxsachi), jihoz, zarf/zarfu ino (idishlar, idish oyog‘i), zibak (simob), zuruf (idish), ibriq (obdasta), ina (xumcha), kos/ka’s (kosa), kosib (hunarmand), la’liy (qizil), manqush (naqshlangan), marsum (chizilgan), mijara (siyohdon), moviy, mou tin (suv va loy), munaqqash (naqshlangan), murakkab (siyoh), murtasim (rasm soluvchi), muhallo (naqshlangan), sabbog‘ (bo‘yoqchi), sayqal, sayqal qilmoq, san’at, sandaliy, sarig‘, safro (sariq), tanqir (kovlash), tanqir aylamoq (kovlamoq), tarroh (naqsh soluvchi), tarrohlig‘, tasvir, tag‘or, tiroziy (naqshli), tuzluq (tuzdon), turba/turbat (tuproq), unnob rang (chilonjiyda rang), xizob (bo‘yoq), xazro/xuzro (yashil), shamt/shamat (qora naqsh), qadah (piyola), qaliy (qalay), qaro/qara (qora rang), qirmiz (qizil), hiraf/hirfa (hunar), hummat (qizillik) kabilar.
Arab-forscha terminlar
Kulolchilik terminologiyasida ikki tarkibli terminlar ham uchraydi. Bu kabi terminlar o‘zga tillarda yasalgan va shu holida o‘zbek tiliga ko‘chgan. Soha terminologiyasidagi bunday terminlar arab-forscha terminlardan iboratdir. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: naqshband, naqshbandlig‘, naqshbin, naqshgir, naqshpayvand (naqqosh), naqshsoz, raqamkor (chizilgan), axzarvash (yashil top), axzargun, juradon (suv idish), la’lgun (qizil), la’lfom, sahargun (oq rang), shafaqvash (shafaqday qizil), shafaqgun, hirfavar (hunarmand).1
Boshqa tillardan o‘zlashgan atamalar
Kulolchilik leksikasida boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar salmoq jihatdan eng oxirgi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham rus va boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan birliklarni umumiy holda keltirish bilan chegaralanamiz: keramika (grek.), farfor, cheripitsiya, alfresko, inkrustatsiya (rus), koler, kompozitsiya, kapitel, medalyon (lot.), kompanovka, masshtab, maket, material, ornament, palmetta, ritm, ruta, stilizatsiya, seluet, simmetriya, skalpel, smalta, friz, fayans (ital.), abraziv (lot.), guash (ital.), gurunt (nemis.), avtoportret (fran.), alizarin (fr.), amalgama (lot.), amfora (lot.), antratsit (yunon.) va boshqalar.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o‘zbek tili kulolchilik leksikasining etimologik qatlamlari turkiy (o‘zbek), fors-tojik, arab, rus, grek, lotin, italyan va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘z hamda atamalardan tashkil topgan bo‘lib, bu holat o‘zbek tilining boshqa tillar bilan juda qadimdayoq siyosiy, iqtisodiy, madaniy, tarixiy aloqalari borligini ko‘rsatadi. Ana shu aloqalar natijasida tilimizga bir qator so‘z va atamalar o‘zlashgan. Jumladan, kulolchilikka oid birliklar ham bundan mustasno emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |