Qarshi davlat universiteti


II. bob. Kuzatuv usuli va hududi



Download 0,79 Mb.
bet2/4
Sana22.06.2017
Hajmi0,79 Mb.
#11049
1   2   3   4

II. bob. Kuzatuv usuli va hududi.

2.1. Xo‘jalikka tavsif.

Tajriba o‘tkazilgan Nishon tumanidagi Paxtaobod fermerlar uyishmasiga qarashli Avazov Qodir fermer xo‘jaligi paxta va g‘lla yetishtirishga ihtisoslashgan fermerlarning paxta maydoni 45 gektarga, g‘alla maydoni 30 gektarga, bog‘ 5 gektarga, sabzavotlar 1 gektarga, bo‘lib davlatga 120 tonna paxta, 95 tonna g‘alla 100 tonna olama topshiriladi.

Xo‘jalikni dala pasporti ma’lumotlari bo‘yicha qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun sug‘orish me’yori va usullarini to‘g‘ri ta’minlashga erishiladi.

Xo‘jalikda hosilga kirgan olma bog‘lar sug‘orilishi jihatidan 7-8 marta sug‘oriladi. Bu suvlar tuproqqa singdirilmasdan darrov bog‘lanib qo‘yilar edi.

Men tajriba o‘tkazgan maydonda mevali daraxtlar egatlar orqali qondirlib sug‘orliganda juda yaxshi natijalarga erishiladi. Men tavsiya qilgan usul olma bog‘larini sug‘orish uchun qulay va samaradorli yuqori usul hisoblanadi. Bu usul infil’tratsiyon usul hisoblanib bog‘larni sug‘orishda ko‘p qo‘llanilsada lekin uning sifatli sug‘orishiga ko‘p ham e’tibor berilmaydi. Bunday sug‘orishni samaradorligi oshirish uchun yer bog‘ qilishdan oldin to‘liq tekislanishi kerak. Aks holda infil’tratsion sug‘orish usuli yaxshi natija bermaydi bunda bog‘ hosilga to‘liq kirgandan keyin 40-70 sm chuqurligi, 20-25 sm juyaklar olinib suv jildiratib tarab qo‘yadi. Mana shu ekatlarga tuproq sharoitiga qarab 24-36 soat suv oqiziladi.

O‘n yillik olma bog‘ butun vigitatsion davrida 4500-5000 m3 suv bilan sug‘orish kerak ushbu normani olish uchun bog‘ kamida 800-1000 m3 dan 6-7 marta suv talab qiladi. Shu miqdordagi suvni faqat infeltratsion usulda 1-rasmda ko‘rsatilgandek sug‘orish talab etiladi. Ushbi tajriba qo‘yilgan zonada olma bog‘lar gullash fazasida hosil tugunlari kirgandan keyin va olma bo‘lib shakllangandan keyin har oyda bir martadan sug‘orish tavsiya etiladi va har sug‘orishdan keyin qator oralari yumshatilib turiladi va buning natijasida nam yaxshi saqlanadi.


2.2. Xo‘jalikning iqlimi.

Tajriba olib borgan Nishon tumanidagi Paxtaobod fermerlar uyishmasiga qarashli mevali bog‘lar ekilgan maydonlar turon iqlimli zonasini tashkil qiladi.

Turon iqlimning o‘ziga xosligi: Yer ustiga quyoshning haroratli nuri ko‘p tushishi yillik va sutkalik haroratning sezilarli ravishda o‘zgarishi bilan birga keskin yog‘in sochin miqdorining kamligi qurg‘oqchilikda o‘z ifodasini topadi. Bu zona mavsumlarning issiq va sovuq davrlarga bo‘linishi ham muhim tavsilotlardan hisoblanadi. Turon iqlimining ob-havo o‘zgarishi atmosferaning aylanib turishi ko‘p jihatdan ta’sir ko‘rsatadi.

G‘arbdan keladigan Atlantik havo janub va g‘arbda issiq va sovuq oqimlar tog‘li zonaga yaqinlashgan sari yon bag‘irliklardan yuqqoriga ko‘tarilib keskin soviydi. Joining dengiz sathidan balandligi ko‘tarilib brogan sari yog‘i-sochin miqdori qoida tariqasida ko‘payib borishi bilan izohlanadi. Tekisliklarda yog‘in-sochin 70-200 mm qalinlikda tushsa tog‘ oldi rayonlarida 300-400 mm tog‘li zonada undan ham ortiq yog‘adi.

O‘zbekistonda har 100 metr balandlikka 1-3 m dan 75-95 mmgacha o‘zgarib turadi.

Geografik kenglik virtikal zonalar ta’siri natijasida havodagi namlik hamda tempiratura o‘zgarishlari munosabati bilan Qashqadaryo tertoryasi turon ekstraarid iqlimi dasht kenglik zonasiga turon arid, subnival deb ataluvchi uch xil zonaga ajratadi.

Ekstaarid iqlimi dasht zonasi sug‘oriladigan dehqonchilik maqsadlari uchun foydalaniladi.

Arid zonasiga esa tog‘ etaklari tekisliklarining yuqori qismi tog‘ oldi rayonlari kiradi. Bular keng miqoyosida lalmikor dehqonchilik uchun foydalaniladi. Ayni vaqtda ushbu zonaga Toshkent, Mirzacho‘l, Qarshi va Farg‘onaning tog‘ oldi rayonlari singari katta vohalar kiradi.



Subnival iqlimli zonaga tog‘ tizmalarining eng baland qismi tog‘larini o‘z ichiga oladi.

2.3. Xo‘jalikning tuprog‘i.

Bu tuproqlarning pastki qismi saxro tuproqlari bilan chegaradosh bo‘lib katta maydonlari Mirzacho‘l, Jizzax, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo atroflarida joylashgan. Och tusli bo‘z tuproqlarning asosiy qismini paxta maydonlari egallagan bo‘lib, ular respublikamizda 2 milon gektardan ko‘p maydonni tashkil qiladi. Gumis miqdori 0-10 smlik qatlamda 1,0-1,5 % bo‘lib, gumis qatlami 40-60 sm gacha chuziladi. Azot miqdori 0,1 % fosfor esa 0,15 % tashkil qiladi. Ularda kalloidlar kam kalsiy va magniybilan tuyigan bo‘lib natriy yo‘q darajada. Och tusli bo‘z tuproqda u yoki bu darajada turli chuqurlikda suvda eruvcha tuzlar bilan sho‘rlangan. Ayrim hududlarda och tusli bo‘z tuproqlarda 2 metr chuqurlikkacha sho‘rlanmagan bo‘lishi mumkin. Och tuzli bo‘z tuproqlar sug‘orilganda haydov qatlamida gumis miqdori 1% va undan ham ko‘p bo‘ladi. Lekin chirindi ko‘payishi tuproqqa ishlov berilishi, ekinlar uzluksiz ekilishi sababli, tuproqning biologic faolligi oshishi va yozda ziroatlar tez-tez sug‘orilishi natijasida ro‘y beradi. Uzoq muddat sug‘orish o‘simlik ildizlari tuproq qatlamlarini har tomonlama qamrab oladi. Natijada gumis qatlami qalinlashadi. Bu tuproqlar och tusli bo‘z tuproqlardan balandroqda dengiz sathidan 350-600 metr yuqorida joylashgan va paxtachilik mintaqasida eng yaxshi tuproqlardan hisoblanadi. Tipik bo‘z tuproqlarning O‘zbekistondagi umumiy maydoni 3 milion gektardan ko‘pdir. Tog‘ yon bag‘irlari balandliklarida joylashgan Chirchiq, Angirin, Zarafshon, Fag‘ona vodiysida tarqalgan bu hududlar iqlimi juda issiq emas. Havoning nisbiy namligi balandroqdir. Bu hududlarda bir yilda 350-450 mm yog‘in yog‘adi. Qish va bahor fasliga to‘g‘ri keldi, yoz davri esa issiq bo‘ladi. O‘simliklar turi va miqdori jihatidan tipik bo‘z tuproqlar bir muncha ko‘pdir. Och tusli bo‘z tuproqlar azot va fosfor miqdori ko‘pligi umumiy azot 0,06-0,19 %, umumiy fasfor 0,10-0,22 % ga etadi. Bu tuproqlarda fasfartlar bilan tuyinganligi sug‘orishning qadimiyligiga bog‘liq. Bu yerlarda oziq moddalar ko‘p bo‘ladi. Tipik bo‘z tuproqlarning korbanatli qatlami yaqqol ko‘rinib turadi 25 sm dan 100 smgacha chuqurlikda joylashadi. Tipik bo‘z tuproqlar deyarli sho‘rlanmaydi. Tipik bo‘z tuproqlarning fizik va mexanik xossalari qoniqarlidir. Ularda suvni simish qobiliyati yuqori va tuproq zarachalari g‘ovakroq joylashgan bo‘ladi. Tipik bo‘z tuproqlar o‘zlatirilib sug‘rilgandan so‘ng ular zichlasha boradi. Birinchi yillarda gumis miqdori kamayib ketadi. Keyinroq o‘zimliklarning ilidizlari hisobiga gumis miqdori ko‘payadi. Tuproqlarning chirindi qatlami qalinlashib boradi. Tipik bo‘z tuproqlar och tusli bo‘z tuiproqlarga nisbatan unumdorroq bo‘lib organik va meniral o‘g‘itlar solinganda yuqori samara olish mumkin. Tuproqlarning unumdorligi ortadi. Respublika markaziy agrokimyo institutining ilmiy xodimi Krasjuxova A.R ma’lumotlari bo‘yicha och tusli bo‘z tuproqlarni zichlanishi bo‘yicha ilmiy ish olib borib bu tuproqlarni qatlamlar bo‘yicha qanday miqdorda zichlanishini jadval № 1 ko‘rsatadi.

Och tusli bo‘z tuproqlarni zichlanishi.



2.3.1-jadval

Qatlam

Tuproqning hajm og‘irligi g/sm3

Quruq yer

O‘zlashtirilganiga 10 yil bo‘lgan

O‘zlashtirilganiga 30 yil bo‘lgan

0-50

1,26

1,49

1,56

50-100

1,34

1,34

1,36

100-150

1,36

1,40

1,41

150-200

1,38

1,47

1,47


2.4 Agrofizik ko‘zatuvlar:

Tuproq donadorligi tuproqda o‘suvchi va yashovchi jonvorlarning usib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega tuproqning mehanik tarkibidagi zarachalar turli omillar va sabablar ta’sirida bir-biriga yopishib, qovushqoq donador holatga utadi va dona –dona tuproq zarachalar paydo bo‘ladi. Bu zarachalarning shakli va yirikligiga qarab ular yig‘indisidan tuproq dondorligi tashkil topadi. Manashu holatdagi donador tuproqni ilmiy tilda strukturali tuproq deb ataydi. Agar tuproq donador bo‘lmasa u strukturasiz tuproq hisoblanadi. Donador tuproq doim sochilib g‘ovak bo‘lib turadi. Tuproqning dondor agregatlari katta kichikligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Agar tuproq agregatlari 0,25 mml dan katta bo‘lsa makrodonador, 0,25 mml kichik bo‘lsa mikrodonador deb ataladi. Tuproq agregatlari tashqi muhit ta’siriga chidamliligi bilan ham ikki hil bo‘ladi. Birinchi mehanik chidamliligidir, tuproq agregatlarining mehanik chidamliligi yoki yopishqoqligi shu agregatning mustahkamligini ya’ni ular ezilganda buzilmasdan bardosh berishi. Yopishqoqlik, qovushqoqlik kuchiga hamda tuproq namligiga bog‘liq.

Ikkinchi tuproq agragatlarining suv ta’siriga chidamliligidir, agar agregatlar namlanganda yoki suvga chuktirilganda unga chidash berib mustahkasm turib parchalanmasa suvda yuvishga bardoshli hisoblanadi. Tuproqning agrofizikaviy sifat ko‘rsatgichlari uning tarkibidagi organik moddalarga bog‘liqdir, agronomik nuqtaiy nazardan suvga chidamli tuproq agregatlari katta ahamiyatga egadir. Tuproqning strukturali bolishida shu yerda o‘stiriladigan ekinlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sifat ko‘rsatgichlaridan biri tuproq zichligi dehqonchilikda, paxtachilikda tuproqning muhim ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan sifat ko‘rsatgichlaridan biri uning zichligidir. Tuproq zichligi hajim og‘irligi bilan belgilanadi tuproqning hajm og‘irligi deb tabiiy holatdagi ma’lum bir miqdordagi vazninng shunday hajmdagi suv og‘irligi bo‘lgan nisbatiga aytiladi va g\sm ko‘p bilan belgilanadi. Tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha tuproqning hajm og‘irligigi juda o‘zgaruvchan bo‘lib tuproqniong zichlanish holatiga bog‘liqdir odatda tuproqning ustki haydalma qatlami chirindi miqdoriga donachalar sifatiga qarb har hil hajim, vazniga ega bo‘lishi mumkin va odatda 1,0 dan 1,6 g\sm ko‘pgacha o‘zgarib turadi, haydalma qatlamining ostki qismida tuproq hajm vazni og‘iroq bo‘ladi.

2.5 Agrokimyoviy tadqiqotlar.

Och tusli bo‘z tuproqlarni agrokimyoviy ko‘rsatgichlari quyidagi ko‘rinishni oladi buni men jadval № 2 orqali ifoda qilaman.

Och tusli bo‘z tuproqlarda chirindi miqdori % hisobida.

2.5.1-jadval



Tuproq turi

Qatlam sm

Chirindi

Azot

Och tusli bo‘z tuproq



0-8

1,60

0,087

13-20

0,73

0,039

31-39

0,47

0,029

50-58

0,39

0,022

90-98

0,33

0,016

200-210

0,12

0,017

Shuningdek tuproqda yalpi fosforning kamligi och tusli bo‘z tuproqlarga hos hususiyatlardan biridir. Tuproqning yuqori 0,20 sm qatlamida umumiy fosrosning miqdori 0,11 dan 0,15 % gacha umumiy kaliy och tusli bo‘z tuproqlarda zaxirasi ancha ko‘p u tproq og‘irligiga nisbatan 1,3 % ni tashkil qiladi. Anashu ko‘p miqdordagi kaliyning 3-2 % o‘simlik o‘zlashtiradigan holatda bo‘ladi. Biz tajriba uchastkamizda olib borgan Bili naliv olma naviga tavsifi quyidagicha Qashqadaryo barcha tumanlarida ekiladi va undan mo‘l hosil olinadi. Ko‘cha ekilgandan keyin to‘rt besh yilda hosilga kiradi. Serhosil lekin solkash sinadigan ya’ni tirgovich quyishni yaxshi ko‘radi, mevasi konissimon bir donasining og‘irligi 1,10-1,20 gr po‘stti sariq sentyabirda pishib kelgusi may oyigacha saqlanadi. O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan tuproqlarida hajim og‘irligi o‘simliklarning amal davrida o‘zgarib turadi va odatda zich bo‘ladi. Tuproq o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida ahamiyati g‘oyat kattadir. Tuproq o‘simliklarining ildizlari uchun suv havo va oziqa unsurlarini etkazib beradi. Zichlikning o‘zgarishi natijasida tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar ham o‘zgarib turadi. O‘rta Osiyo sharoitida go‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga tuproq zichligining ta’sirini birinchi marotaba G. T Papov 1930 yilda o‘rgandi. Keyinchalik bu muammo bilan Respublika paxtachilik ilmiy tekshirishinstitutida Bespalov Kandratyuk kabi olimlar shug‘ullandi.



2.6 Fenologik ko‘zatuvlar:

Asosan har hil sug‘orishda olmaning tanasining yug‘onligi bir yillik novdalarni o‘sishi va rivojlanishi o‘rtacha bitta olmaning og‘irligi buyicha olib boriladi. Tajriba tizimida asosan olma hosildorligini sug‘orish usullari har hil bo‘lgan variantlar buyicha olib boriladi. Bunda birinchi variant daraxt tubidan juyaklar o‘tkazib sug‘orish, ikkinchi variant daraxt tubida hovuzcha qilib juyaklar orqali sug‘orish, uchunchi variant 5,7,10 sotix atrofida iploma sug‘orish, to‘rtinchi variantda egatlar ochib infiltiratsion sug‘orish buyicha to‘rt variant va to‘rt qaytariqda o‘tkaziladi. Tajriba tizimini chizma holda bitiruv malakaviy ishimni asosiy qismida to‘liq ifoda qilaman.

Men bu urug‘dan ekilgan ko‘chatzordagi ko‘chatlarni payvanttag sifatida 2-dala ko‘chatzorlarida ekilganda yuqorida aytilgan oy va kunlarni 1-chislosida ko‘chatlarni bo‘yini, bo‘g‘in oralarini va barg sonini oyma-oy bilish maqsadida fenalogik kuzatuvlar olib bordim. Bu fenalogik kuzatuvlar natijasida olingan ma’lumotlarni bitiruv malakaviy ishimning asosiy qismining II-bobida to‘liq ma’lumot beraman. Kuzatuvda fenalogik kuzatuvdan tashqari o‘simlik va turpoq analizlari instruktsiyaga rioya qilgan holda olinib, labaratoriya metodlari asosida o‘rganiladi.

Fenalogik kuzatuvlarda o‘simlikning bo‘yi, bargi, bo‘g‘im oralig‘ida kuzatib boriladi. Men olib borgan tajriba variantlari QDU tabiatshunoslik va geografiya fakultetining agrokimyo-ekologiya kafedrasining professor o‘qituvchilari tomonida tasdiqlangan bo‘lib mevali kochatlarga organik o‘g‘itlarni qanday miqdorda aniqlashdan iborat.

Tajriba tizimi haqida ma’lumotlarni keltiraman. Qishloq xo‘jaliklari bo‘yicha olib boradigan tajribalarimni hammasi dala sharoitida o‘rganiladi.

Dala tajribalari o‘simlkni o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha, agrotexnik ishlar bo‘iycha masalan o‘g‘itlash, shudgorlash, kultivatsiya qilish kabi bir qancha ishlar dala tajribalari natijasida o‘rganiladi. Mening ham bitiruv malakaviy ishim ko‘chatzorlarga qancha organik o‘g‘it zarurligini tajribalar orqali isbotlab ko‘chat yetishtiruvchilarga uslubiy qo‘llanma sifatida tavsiyanoma ishlab chiqish imkoniyatini beradi.



2.7 Beliy naliv olma naviga tavsif:

Beliy naliv oq olma naviga tavsif berganimizda uning daraxti kattalikda ser et, mazzasi qizamiq pishib o‘tib ketsa qumoqlashib qoladi. Mevasi iyunda pishadi. Uni 15-20 kul saqlash mumkin. Uzoq joylarga yuborishga yaroqli, sovuqqa chidamli, ko‘chati o‘tqazilgandan keyin to‘rt- besh yildan keyin hosilga kiradi. Solkash ya’ni yil oralatib meva tugadi.

O‘zbekistonning turli zonalarida ob-havo va tuproq sharoitlariga qarab, fevral oyining oxiri, martning boshlarida olma daraxtida shira harakati boshlanadi.

Mahalliy, Sibir va Xitoy olma daraxtlari o‘sish davrini barvaqt boshlab, oktyabr— noyabr oylarida o‘sishdan to‘xtaydi. Ko‘pgina olma navlari kuz issiq kelib cho‘zilganda o‘sishini kech kuz (noyabr) gacha davom ettiradi. Mahalliy nav olma-lar o‘sishdan erta to‘xtaydi. Yevropadan keltirilgan navlar o‘sishni uzoq davom ettiradi. O‘zbekiston sharoitida olma da-raxtlarining o‘sishi 200—220 kun davom etadi. Olma; daraxtlari aprel oyida gullaydi va bu prosess 9—16 kun davom etadi. Erta gullash 23—25 martdan, eng kech gullash esa 25—27 apreldan boshlanadi.

Tog‘li rayonlarda mevali daraxt-lar tekislikdagiga nisbatan 7—15 kun kech gullaydi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan hamma olma navlari serhosil hisoblanadi.

Olma daraxtlari Toshkent oblas-tining tekislikda joylashgan rayonlarida qishki sovuqlardan ko‘proq zarar ko‘radi. Olma daraxtlarning sovuqdan zararlanishi Farg‘ona vodiysida kamroq, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm ob-lastlarida esa undan ham kam.

Ayniqsa, kuz iliq kelib,cho‘zilgan yillari o‘suv davri oktyabr-noyabr oylarigacha davom etadi, daraxtlar qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘ra ol-maydi, natijada qishki sovuqlar-dan ko‘proq zararlanadi.

Keyingi 52 yil ichida Toshkent ob-lastida olma daraxtlari sovuqdan 8 marta zararlandi. Kuzatish nati-jalari Boyken, Renet Landsbergs-kiy, Renet Simirenko, Renet Orle-anskiy, Kalvil Qorolevskiy, Zo-lotoe Grayma, Renet Shampanskiy, Parmen zimniy zolotoy navlari-ning sovuqqa chidamsiz ekanligini ko‘rsatdi. Beliy naliv, Persikovoe letnee, Rozmarin, Qandil sinap, Mantuaner, Olmaota Aporti, Toshkent borovinkasi, Toshkent reneti, Mehmoni navlari esa sovuqdan kam zararlanadi.



2.8 Tajriba tizimi:

Biz o‘tkazgan tajribada to‘rt variantli to‘rt qaytariqli tajriba tizimidan iborat bo‘lib . bunda men asosan infeltiratsion sug‘orish daraxt tagida juyak olib sug‘orish, daraxt tagidan xovucha olib su’gorish kabi sug‘orish usullarini sinab ko‘rdim. Tizim seximasini bitiruv malakaviy ishning asosiy qismida keltiraman

Vegatatsion tajribalar 30-40 kg tuproq sig‘adigan idishlarda o‘tkaziladi. Idishlar 10 ta qator qilib qo‘yiladi va uga o‘simlik ekiladi. Bu tajribalarda asosan o‘simliklarni qanday konsentratsiyasida o‘sish, mineral o‘gitlarning aniq dozasi borib qaysi o‘g‘itni belgilangan o‘simlikka ta’sir qilishi o‘rganiladi.

Bundan tashqari ishlab chiqarish tajribalari orqali ham ko‘chatlarni organik o‘g‘itga bo‘lgan talabini qondirish mumkin. Ular bo‘yicha tajribalar olib boriladi. Masalan, xo‘jalik bog‘ini ma’lum joyida o‘rganik o‘g‘itlar bilan tajribalar qo‘yiladi. Keyin yilning oxirida kuz faslida olim ko‘chatlarini o‘sish bo‘yicha fenalogik kuzatuvlar olib boriladi va organik o‘g‘itlar kirgan joyi ko‘chatlarini dala sharoitida organik o‘g‘it kirgan joy bilan tubdan farq qiladi.

Mening bitiruv malakaviy ishim mevali ko‘chatlarni yetishtirishda o‘rganik o‘g‘itlardan foydalanish tizimini ishlab chiqish bo‘lganligi uchun ham urug‘dan ko‘karib chiqan olmalarni ko‘chatlarini payvanttag yetishtiradigan uchastkalarga ko‘chirilgandan keyin yosh olma hihollariga payvand do‘st qo‘yilgandan keyingi vaqtidan boshlab o‘rganik o‘g‘itlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu tajribani yakuni hisob-kitoblari hamda organik o‘g‘itni variantlar bo‘yicha qanday miqdorda berilganda ijobiy natijalarni ilmiy kuzatuvlarni keyingi boblarda ko‘plab ma’lumotlar keltiraman.

Tajriba tizimi yuqorida aytgandek 4-variantli 4 qaytariqli tajriba tizmidan iborat bo‘lib asosan mevali ko‘chatlarga berilgan organik o‘g‘itlarni ahamiyati yoritilgan bunda 1-variant kantirol variant ya’ni hech qanday organik o‘g‘it berilmaydi. 2-variant 20 tonna go‘ng berilgan. 3-variant 30 tonna go‘ng berilgan va nihoyat 40 tonna go‘ng berilganda ko‘chatzorlari ushbu o‘g‘itlash bo‘yicha kuzatuv ishlari o‘tkazilgan, bunday kuzatuvlar asosan ko‘chat tanasining aylana uzunli, ko‘chat uzunligi metrda o‘rganilib qaysi me’yorda berilgan organik o‘g‘itni ko‘chatlarini o‘sish va rivojlanishi o‘rganiladi.

III bob Asosiy qisim:

3.1 Meva daraxtlarni hosildorligini o‘sishida sug‘orishning ahamiyati: O‘zbekiston sharoitida ekinlarni talablarga nisbatan yuqori miqdorda suv bilan ta’minlash yuqori hosil olish shartlaridan biridir hozirgi davrda Respublikamizdagi sug‘oriladigan qarib 4,3 million gektarga etdi aholi soni esa 30 million kishiga yaqinlashdi. Kishi boshiga to‘g‘ri keladigan yer maydoni yildan yilga kamayib bormoqda. Har yili 50 ming gektarga yaqin eskidan sug‘orib kelinayotgan maydonlarning unumdorligi oshirilib qaytadan tiklanmoqda, lekin suv zaxiralarini cheklanganligi sug‘orish ishlarini toboro yangi texnologiya asosida olib borishga to‘g‘ri keladi.

Suvdan samarali foydalanish uchun hozirda joriy qilingan qoidalarga mofiq har bir hujalik suvdan foydalanishga ruxsatnoma olib ish ko‘radi. Bu hujjar viloyat suv hujaligi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchi tashkilotlar ma’lumotni hamma fermer hujaliklari uchun ish pilan sifatida foydalanishga junatadi. Hosilga kirgan meva va daraxtlarni bog‘larni sug‘orishda normasiga rioya qilgan holda 24-36 soat ichida bog‘larni qondirib sug‘orishga amal qilish kerak. Men Nishon tumanidagi och tuslu bo‘z tuproqlarda hosilga kirgan bo‘glarni sug‘orish bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni olib borib shunga amin bo‘ldimkiy mevali daraxtlatni sug‘orish eng muhim agratexnik tadbirlardan biri hisoblanadi . Men o‘zimni tajribamda hosilga kirgan billiy nalif olma ustida olib brogan tajribamda mevali daraxtlarni sug‘orish agrotexnikasi qanchalik muhim ekanligi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.


3.1.1- jadval



Sug‘orish sonini hosildorlikka ta’siri.

Daraxtlarni necha marta sug‘orilishi

Har daraxtdan olinga hosil miqdoriga

Kilogram hisobida

Sug‘orilmagan daraxtga nisbatan %

4

182

227

3

230

287

2

180

225

Sug‘orilmagan

80

100

Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki mevali bog‘larni sug‘orish eng muhim juda zarur agrotexnik tadbirlardan biridir. Chunki tajriba ma’lumotiga qaraganda sug‘orilmagan olma daraxtlariga nisbatan qancha marta sug‘orilganligiga qarab hosildorlik ko’tarilgan. Eng yaxshi ma’lumotni uch marta sug‘organda olingan shunda meva hosildorligi sug‘orilmagan olma daraxtiga nisbat hosil 230 kg gektariga ko’tarilgan bu esa o‘z navbatida ushbu sug‘orishda 287 s/ga tashkil qiladi. Jadvalga qaraganda daraxtlarni ya’ni hosilga kirgan daraxtlarni to’liq normada sug‘orish orqali yuqoridagi hosildorlikka erishgan shuni nazarda tutgan holda bog‘ shunday qondirib sug‘organda uch marta sug‘orish hosilga kirgan bog’lar uchun yetarli deb hisoblayman. Sug‘orishlar hosil miqdoriga emas o’sishiga ham ta’sir qiladi. Bog‘lar qanchalik texnologiyaga rioya qilinib, 3-4 marta sug‘orilsa shoxlarni o‘sishi shuncha ertaroq va barglari tezroq o’sa boshlaydi. Sug‘orishlar mevalarning sifatiga ham qattiq ta’sir etadi. Masalan: bog‘larni ayniqsa daraxtlar mo‘l hosil berganida ko‘p sug‘orish mevalarni to’kilib ketishiga ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tajribalar shuni tasdiqlaydikiy bog‘ olmalri terib olishdan 7 kun oldin sug‘orilganda hosilni 10-15 % tukilib tushgan eng muhim olma va nok daraxti pishgandan keyin 3-4 kun ichida va 3-4 kun olidin sug‘orilsa bog‘larda terib olingan hosilni saqlanishi 20-30 kunga qisqaradi. Yana bir muhim tomoni shundakiy meva daratxlarni pishishi oldidan 3-4 kun oldin sug‘orilganda mevali daraxtlarni tarkibidagi qand moddasi ham kamaygan. O‘zbekistonda hosilga kirgan mevali daraxtlarni sug‘orishda eng qulay usullardan biri bu bog‘larni juyak olib sug‘orish hisoblanadi. Shuning uchun bunda meva va daraxtlarni butun ildiz jarayonu suv bilan to‘liq namlanadi. Bunda juyaklarni uzunligiga ham e’tibot berish kerak dalalarda uzun egatlar olib sug‘orish yaramaydi. Egat uzunligi 200 mdan oshmasligi kerak, sug‘orishda shunga e’tibor berish kerakiy juyaklardan utadigan suvlar 24 soat dovimida jildiratib egatlarga quyilishu kerak shunda daraxt ildizlari 2-2,5 m chuqurlikgacha nam etib boradi bunda mevalarning hosildorligi ortishi juyaklarni qotor oarsiga ham bog‘liq bo‘ladi sug‘oriladigan juyaklar 60-90 sm oralig‘ida bo‘lgani maqul eng yuqori samaradorlik bu 90 sm juyak olinib suv meva daraxtlari tagida 36 soatgacha juldiratib ushlab turganda eng yaxshi natija bergan.

Mevali daraxtlarni hosildorligi tasirida sug‘orish uchastkalarini qanday sharoitda shoylashuviga ham bog‘liq bog‘lar asosan ekilishda to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklari aniq chiqarilgan bog‘lar tashkil qilinib ekilgan shularni e’tiborga olib har bir bo‘g dalasini kichik sug‘orish uchastkalari orqali sug‘orish zarur. Hosil beradigan mevali bo‘glarda sug‘orilgandan so‘ng tuproq yitilishi bilan daraxt kultivatsiya qilinib kultivatsiya bilan birga boronalanib nam ketmaydigan shaklga olib keladi. Kultivatsiya ishlari bir ikki kun ichida to‘liq amalga oshirilishi kerak aks holda yer qotib yirik kessaklar vujudga kelib qoladi, chunki bog‘da yani hosil beradigan butun maydoni daraxt ildiz sestimasi egallaydi buning natijasida ildiz suvni surishi tuproq tez qurub qolishi mumkin shuning uchun bog‘lar sug‘orilgandan keyin albatta kultivatsiya vaqtida o‘tkazilishini talab qiladi.

Shundan so‘ng alohida e’tibor qo‘l chopiqqa qaratiladi chunki hosilga kirgan meva daraxtlari ichida kul’tivator yurolmay qolsa albatta qo‘l chopig‘i bilan yerni nami qochmaslik choralari ko‘riladi.

Ekin maydonlarini sug‘orishni asosan tuproqda suv utkazuvchanligiga qarab sug‘orish yaxshi natija beradi. Sug‘orish natijasi egat uzunligiga ham bog‘liq degan nazariyani yuqorida aytgandik amalga oshirsak yaxshi natija berishini jadval orqali ifoda qilaman.

Sug‘orish egatlarining uzunligi.

3.1.2-jadval


Yer Nishon

tumani


Tuproqni suv utkazuvchanligi.

kuchsiz

O‘rtacha

Kuchli

0,010

125-150

100-130

50-80

0,007

250-300

200-250

100-150

0,005

300-400

250-300

120-180

0,002

350-500

300-400

140-200

0,0005

200-250

150-200

60-100

Jadvaldan kurinib turibdiki olma bog‘larini juyak olib sug‘orishda tuproqni suv utkazuvchanligini ham inobatga olish kerak ekan men tajriba o‘tkazgan Nishon tumani och tusli bo‘z tuproqlari suv o‘rtacha miqtorda o‘tkazadi shuning uchun juyakni uzunligi olma bog‘i ichida 200 metr atrofida bo‘lganda yaxshi natija beradi.

Sug‘orishni har qanday usulini agrotexnik va iqtisodiy qiymati suvni foydali maydonini, mehnat va mablag‘ni juda kam sarflagan holda daraxtlarning rivojlanishi uchun optimal sharoit berish bilan aniqlanadi.

Egatlardan jilratib infitiratsiya sug‘orish usuli hosilga kirgan meva daraxtlar uchun juda qulay usul hisoblanadi. Strukturasiz tuproqlarni mevali daraxtlari hosildorligi ta’sir seziluvchan bo‘ladi. Sug‘orish suvi egatning o‘rta va etak qisimlariga qaraganda tuprog‘i o‘zoqroq namlandigan bosh qismida ildiz taralgan zonadan chuqurroq singib ketishi natijasida bir qismi yuqoladi. Dalaning etak qismidagi tuproqlarni namiqib turishi uchun odatda suv egatni ohiriga etgandan keyin ham suv oquvaga oqizib quyilishi kerak. Suv oqivaga chiqqandan keyin meva beradigan bog‘larda suv 24 soat oqib turganda tuproq yaxshi namlanadi. Meva beradigan bog‘larda egat orqali infiltiratsion sug‘orish tekis dalalarda juda yaxshi natija beradi. Agar dala notekis bo‘lsa infiltiratsion sug‘orish iqdisodiy samaradorligini pasaytiradi. Chunkiy tekismas dalada juyak oralarida suvni tuxtab qolishi olma daraxtlarini qurishiga olib keladi.

Meva daraxtlari tuliq hosilga kirgandan keyin uning shox shabbalarini meva og‘irligidan pastga tashlanganda traktorni yurishiga imkon bermaydi bunday hollarda daraxt tanasiga yaqin bo‘lgan joylarni juyak olishi qo‘lda bajariladi. Umuman meva daraxtlari to‘liq hosilga kirgandan keyin 50-60 % ishlar qo‘lda bajarilishiga to‘g‘ri keladi. Har qanday bog‘da ham kul’tivator utsa qolganlari qo‘lda bajariladi. Hosilga kirgan meva daraxtlariga o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar ichida muhimi sug‘orish bo‘lganidik unga juda katta e’tibor berilib bu tadbirni o‘z vaqtida o‘tkazgan juda ijobiy natija beradi.

Meva daraxtlarini hosildorligini oshirishda egatlar orqali sug‘orish tuproq tagida shag‘alli qatlami bor joylarda yaxshi natija bermaydi chunkiy egatni namlash uchun quyilgan suvni 50-60% filtiratsiya bo‘lib ketadi. Bunday joylarda meva daraxtlari tagidan juyak olinib sug‘orilganda yaxshi natija beradi. Tagida shag‘alli qatlami bor tuproqlarda juyak olib infiltratsion yo‘l bilan sug‘orilganda grunt suvvini tarkibi ko‘payib ketib yerni sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin, natijada ko‘p yillar davomida etishtirilgan bog‘ qurib qolishi mumkin. Nishopi katta bo‘lgan joylarda olma bog‘ tashkil qilinganda albatta kam suvdan foydalanishni tavsiya qilimiz va juda qisqa ariqlar orqali juyak olib sug‘orishni tashkil qilish kerak. Hozirgi texnika rivojlangan sharoitda yangi ekilgan bog‘larni sug‘orish texnologiyasiga to‘liq javob beradi. Hozirda sug‘orish suvlari beton ariqchalarda dalaning boshiga keltirilib sofon trubalar orqali egatlarga tushiriladi bunda har bir egatga sofon truba kelib turadi, undan tashqari yangi texnologiya asosida qurilmagan eski mevali bog‘larda ham imkon darajasida tekislanib juyaklar orqali meva daraxtlari qondirib sug‘orilmoqda.

Ekinlardan yuqori hosil olishdan muhim shart sharoitlardan biri tuproqning ildiz orqali taraladigan qatlamini hammasida suv oziq moddalarini o‘simlik tomonidan o‘zlashtira bilishdir. Shuning tuproqning suv, havo va tuz rejimlari ularni daraxtlarni turli rivojlanish davrida talab qiladigan darajada bo‘lib turishi sug‘orish texnologiyasining kelajakdagi eng muhim ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi.

Sug‘orishda ish unumdorligi hosil birligi hisobiga sarflanadigan suv va moddiy harajatlar miqdori katta ahamiyatga ega. Shuning uchun sug‘orishda yuqori samaraga erishish sug‘oriladigan daraxlar hisobiga qilingan moddiy harajatlarga bog‘liq. Sug‘orish texnikasi istiqboliga umumiy ravishda baho berganda birinchi joy sharoiti ikkinchi relifi e’tiborga olinadi. Sug‘orish texnikalarini sifati va qiymati daraxt ildizlarini qancha metr pastga namni etkazishi inobatga olinadi. Hozirda bunday yangi texnologiya mevachlik ilmiy tekshirish institutga qraydigan yoki shu institutlar bilan hamkorlikda ish yuritadigan fermer xujalliklarida qo‘lanilmoqda.

Mevali daraxtlarda sug‘orish soni va normasi muddatlari hammasi grunt suvini joylashish chuqurligiga bog‘liq, grunt suvi qanchalik chuqur bo‘lsa meva daraxtlari chuchuk suvga qonib ichadi natijada yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Hosilga kirgan olma daraxtalri zararli tuzlar tarkibiga o‘ta chidamsiz bo‘ladi, shuning uchun bunday bog‘larni har ikki yilda bir marta 50-60 sm balandlikda 5-10 sotix atrofida polo lib sug‘orish tavsiya qilinadi.

Infiltratsion juyak olib sug‘orish 24 soat davomida suv ushlanib turgandan keyin kapilyarlar orqali suv balandga parchalanishi natijasida tuz ham balandga ko‘tariladi. Shuning uchun mevali daraxtlarni tagini yaxob suvi bilan yoki vegetatsiya davrida sug‘orishda yil oralatib shur yuvish ishlarini olib borish kerak. Sug‘orish sifatini yaxshilash va bunda mehnat unumdorligini oshirishga oid umumiy talablardan tashqari ya’na muhimi bu bog‘larni shirin chuchuk ariq suvlari bilan sug‘orishdir. Imkoni boricha yer osti suvlari bilan bog‘ maydonlarini sug‘ormaslik va zovur suvlaridan umuman fodalanmaslik kerak. Bog‘larni sug‘orishga e’tibot bersak ulardan albatta yuqori hosil olish imkoni bo‘ladi.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish