13
SUV-HAYOT MUHITI
Yer sharini 71% maydonini suv ishg‟ol qilib, uni 98% dan ko‟prog‟ini okean va
dengizlar, 1,24% qutblardagi muzliklar, daryo va ko‟llardagi chuchuk suv esa 0,45% dan
kamrog‟ini tashkil etadi.
Suv muhitida 150000 tur hayvon (er sharidagi jami hayvonlarni 7%), 10000 tur
o‟simlik (8%) yashaydi. Bu quruqlikda evolyutsion jarayonni tez o‟tganligini ko‟rsatadi.
Ekvatorga yaqin joylardagi dengiz va okean suvlarida hayvon va o‟simlik turlari
qutblarga qaraganda boyroqdir.
Suv muhitida doimo suv oqimi bo‟lib turadi, guyo tinch turgan dengiz va okean suvlarida
ham shtormlar, to‟lqinlar bo‟lib turadi. Suvning harakati tufayli suvdagi organizmlar kislorod va
ozuqa moddalar bilan ta„minlanadi. Suv muhitining harorati, bosimi, sho‟rlanish har xil. Shunga
ko‟ra organizm har xil suvda har xil yashaydi.
Suv muhiti ko‟p joylarda uch qavatdan iborat: yuqori qavat, qaysiki uni harorati
mavsumga qarab keskin o‟zgaradi; chuqur qavatda esa uning harorati yil mobaynida oz
o‟zgaradi. Yozda yuqori qavat
suv isib ketsa, qishda soviydi. Qishda pastki qavat iliqrok bo‟ladi.
Okean suvlarining haroratini o‟zgarishi keskin emas. Eng past – 2
0
C bo‟lsa, eng yuqorisi
o‟rtacha 36
0
C bo‟ladi. Okean tubida harorat past bo‟ladi. Masalan: hatto tropik joylarda okean
suvining 1000 m chuqurligida harorat 4-5
0
C bo‟ladi.
Chuchuk suv havzalarini yuza qismida harorat – 0,9+25
0
C atrofida, chuqurligida 4-5
0
C.
Ba„zi issiq buloqlarda 85-93
0
C bo‟lishi mumkin.
Umuman suv muhitida harorat o‟zgarishi katta emas. Shunga qarab undagi organizmlarni
tanasini harorati nisbiy doimiy bo‟ladi, tor diapazondagi temperatura muhitiga moslashgan.
Har xil chuqurlikda har xil bosim bo‟ladi, ya„ni har 10 m chuqurlikda 1atm. bosim oshib
boradi. Shunga ko‟ra undagi hayvonlar moslashgan. 10 km chuqurdagi hayvonlar tanasi yassiroq
bo‟ladi. Masalan, skat balig‟i.
Suvdagi organizmlarga uning tiniqligi va yorug‟lik rejimi katta ta„sir etadi. Ayniqsa,
undagi o‟simliklarda fotosintez o‟tishiga. Suvi loyqaroq bo‟lgan joylarda suv o‟simliklari yuzaki
yashab, tiniq suvda esa chuqurroqda ham o‟saveradi. Suv muzlaganda va qor tushganda
yorug‟lik o‟tishi kamayadi (hovuz suvlari, shimoliy qutbdagi suvlar).
Suvdagi tirik organizmlar hayotiga uning sho‟rlanish darajasini ta„siri katta. Suv erituvchi
bo‟lgan uchun, unda har xil tuzlar erigan bo‟ladi (joyga qarab). Ko‟pincha karbonat, sulfat,
xlorid tuzlari bo‟ladi. Chuchuk suvda 1 litr suvda erigan tuzlar miqdori 0,5
g dan oshmaydi,
dengiz va okean suvlarida 35 g yetadi (Qizil dengiz, Orol dengizlarining sho‟rlanishi yuqori
darajada).
Chuchuk suvlarda yashovchi o‟simlik va hayvonlar gipotonik muhitda yashaydi, ya„ni
suv muhitda erigan moddalarning kontsentratsiyasi organizmlar tanasidan past bo‟lgani uchun
organizmga doimo muhitdan suv kiradi. Ba„zi suv o‟tlarida ildiz bo‟lmaydi. Sho‟r suvda teskari.
Suvda yashovchi organizmlar faol suzadiganlarga (nekton) va ma„lum
qavatda tinch
holatda (plankton) turadiganlarga bo‟linadi. Bularga baliqlar, kitlar, suvda va kuruqlikda
yashovchilar kiradi.
Planktonlar – faol harakat qilmaydigan organizmlar kiradi. Planktonlar suv yuzasida yoki
suv tubida yashaydi. Bularga fitoplanktonlarga (yashil suv o‟tlari) kiradi. Zooplanktonlarga
mollyuskalar, meduzalar kiradi.
Bentoslar
suvni ostida yashab, fitobentos va zoobentosga bo‟linadi. Bentoslar
harakatlanuvchi va harakatlanmaydiganlarga bo‟linadi.
Suvdagi organizmlarning ekologik plastichnostligi (chidamliligi – egiluvchanligi)
jihatdan kamroqdir, chunki suvdagi muhit nisbatan doimiydir. Chuchuk suvdagi hayvonlar va
o‟simliklar, dengizdagilarga
qaraganda plastichniroq, chunki chuchuk suv muhiti
o‟zgaruvchanroq.
Ko‟p suv hayvonlari poykiloterm bo‟lib, ularni tana harorati muhit haroratiga qarab
o‟zgaradi. Sut emizuvchi kitlar esa gomoytermdir, chunki ularni tana haroratini teri ostidagi yog‟
qavati bir xil saqlaydi.
14
Ma‟lumki, suv muhitiga bir xujayrali organizmlardan tortib,
katta akulalar, kitlar,
uzunligi 400 m keladigan suv о„tlari uchraydi va ular turlicha tarqalgan. Suv muhitida 150
mingdan ortiq hayvon turlari va 10 ming о„simlik turlari uchraydi. Bu kо„rsatkichi yer yuzasida
uchraydigan hayvonlarning taxminan 7% о„simliklarning soni ancha bо„lishiga qaramasdan yer
yuzida uchraydigan turlar miqdoridan ancha ozdir.
Tropik mintaqadagi dengiz va okeanlarning о„simlik, hayvonlar dunyosi har xil va
boydir.
Tinch okeanida uchraydigan hayvonlar turlari boshqa okeanlarga qaraganda 3-4 barobar
kо„pdir.
Gidrosferaning ikki joyida hayotsiz biotoplar ham uchraydi. Jumladan, Qizil dengizning
Atlantis chо„nqirligining 2000 m chuqurligida suvning harorati 56
0
С, shо„rligi 32% bо„lib,
suvda turli metall tuzlari haddan ziyod kо„pligidan bu yerdagi suv muhitida tirik jonzotlarning
mutloq bо„lmasligiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: