Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti



Download 297,72 Kb.
bet4/33
Sana01.06.2022
Hajmi297,72 Kb.
#626660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
majmua skaner (1)

c
voyaga yetmaganlar o‘qigan yoki ishlagan korxona, muassasa, tashkilotni, voyaga yetmaganlaming ishlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi komissiyani, fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakillarini, zarur bo‘lsa boshqa tashkilotlami ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlaming vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini, voyaga yetmaganlaming ishlari bo‘yicha shug'ullanuvchi komissiyaning vakillarini guvoh sifatida so‘roq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
Voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili masalasi hal etilayotganda shuni nazarda tutish kerakki, JPKning 60-moddasining 2-qismidakeltirilgan qonuniy vakil bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslaming ro‘yxati qat’iy berilgan.
Agar voyaga yetmaganning ota-onasi bo‘lmasa va u yolg‘iz yashayotgan yoxud tegishli ravishda vasiy yoki homiy etib tayinlanmagan shaxs bilan yashayotgan bo‘lsa, sud voyaga yetmaganning qonuniy vakili sifatida vasiylik yoki homiylik organining vakilini chaqirishi zamr.
Sudlar JPKning 548-moddasiga ko‘ra voyaga yetmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar qatoriga yoshini va shaxsini aniqlashlik ham
kirishini nazarda tutishlari zamr. Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi.
Sudlar ishda albatta voyaga yetmaganlaming tug‘ilish guvohnomasi yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda bunday hujjatlar yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bunday kamchilikni bartaraf qilishi zamr.
Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot eksnertizasi-tomonidan aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan kelib chiqishi lozim.
Shuni nazarda tutish lozimki, JKning 87-moddasi 3-qismiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, sud iazo o‘miga majburlov chorasi qo'llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.
Sudlarga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga hamda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan JK 88-moddasidako‘rsatib o'tilgan majburlov choralarini kengroq qo‘llanishi uqtirilsin.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan
shaxs agar, sodir etilgan qilmishining xususiyati, aybdoming shaxsi va ishning boshqa holatlarini •.. - —■ '—
e’tiborga olib, sud uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelsa, ishni
ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ishni tugatish va uni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyada ko‘rishga yuborish haqida ajrim chiqaradi.
Jinoyat kodeksining 87-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan asoslar bilan voyaga yetmaganni jazodan ozod etish va unga nisbatan shu kodeksning 88-moddasida ko'rsatilgan majburlov choralarini qo‘llash yuzasidan sud jazo tayinlamasdan turib jazodan ozod etish haqida hukm chiqaradT
Voyaga yetmagan sudlanuvchining aqli norasoligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, voyaga yetmaganning aqliy rivojlanishida ortda qolgani yoki ortda qolmagani haqidagi masalaga aniqlik kiritish uchun kompleks sud-ruhiyotshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim.
Mazkur masalalaming yechimi ekspertlar komissiyasi ixtiyoriga havola etilishi ham mumkin. Bunda voyaga yetmaganning aqliy rivojlanishi, uning yoshidan naqadar ortda qolganligi, aqli zaifligi qay darajada ekanligi haqidagi savollarga javob berish shart qilib qo‘yilishi kerak.
Voyaga yetmaganlaming katta yoshdagilar ishtirokida sodir etgan jinoyatlari haqidagi ish ko‘rib chiqilayotganda, katta yoshdagi shaxs va o‘smir o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming xususiyatini sinchiklab aniqlash lozim, chunki ana shu ma’lumotlar katta kishining voyaga yetmaganni jinoyat yoki g'ayriijtimoiy harakat sodir etishga jalb qilishdagi rolini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Sudlarga 18 yoshg» to‘lgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxslargina voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligi tushuntirilsin. Shuningdek, katta yoshdagi kishi o‘z harakatlari bilan voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilayotganini bilgani holda yoki shunday fikrga yo‘l qo‘yganini ham aniqlash lozim. Agarda katta yoshdagi kishi shaxsni
g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilsayu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki bilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas.
Agar voyaga yetmagan shaxsning jinoyat sodir etishiga katta yoshdagilaming, shu jumladan ish yuzasidan jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan shaxslaming g‘ayriqonuniy yoki yomon xulq-atvori sabab bo‘lgan bo‘lsa, sud bu holatni jazoni yengillashtiruvchi holat deb e’tirof etishi, shuningdek, zarur holda qayd etilgan shaxslaming ish yoki yashash joylariga xususiy ajrim chiqarib muhokama qilishga yuborishi lozim.
Jinoyat kodeksining 55-moddasi «g» bandiga ko‘ra jinoyatning jismoniy yoki mhiy tazyiq o‘tkazilishi natijasida sodir etilishi, yoxud voyaga yetmagan shaxsning moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaramliligi sababli sodir etilishi javobgarlikni yengillashtiruvchi holat ekanligini ham nazarda tutish kerak. Shu munosabat bilan sudlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan aynan qanday jismoniy yoki mhiy tazyiq o‘tkazilganligini aniqlashlari shart.
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash masalasini hal etayotganda, birinchi navbatda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, ana shu shaxslarga oid

ma’lumotlami hamda jazoni
yengillashtimvchi va og‘irlashtiruvchi holatlami nazarda tutib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni qo‘llash imkoniyatini muhokama qilishi lozim. Sud aybdomi jamiyatdan ajratmasdan turib qayta tarbiyalashning imkoniyati bo‘lmagan hollardagina ozodlikdan mahmm qilish tarzidagi jazoni tayinlashi mumkin. Ayni vaqtda hukmda sudning bu to‘g‘risidagi xulosasi asoslantirilishi shart.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari yuzasidan hukm chiqarishda ulaming jinoiy qilmishlariga xolisona baho berilishi, ularga nisbatan JKning 72, 87- moddalarini qo‘llash masalasirii sudlar atroflicha, har tomonlama muhokama qilishiarTTozim.
Sudlar voyaga yetmaganlarga nisbatan JKning 72-moddasini qo‘llaganlarida sudlanganga sinov muddati davrida qandayjnuayyan majburiyatlar yuklatilishini (o‘qishni yakunlashi, ishga joylashishi va hokazolar) hukmda aniq ko‘rsatishlari shart.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanayotganda Jinoyat kodeksning 85mioddashhjatbiq etishning o‘zi yetarli bo‘lib, Jinoyat kodeksning 57- moddasini qo‘shimcha qo‘llash talab etilmaydi. Sudlanuvchiga u aybdor deb topilgan Jinoyat kodeksi maxsus qismining moddasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazolaming tayinlanish hollari bundan mustasnodir.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1 va 2-qismlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda shu kodeksning 560-moddasi talabiga ko‘ra voyaga yetmaganlar jinoyatlari to‘g‘risidagi ish yopiq sud majlisida ko‘riladi7~
Agar dastlabki tergov organlari, asos bo‘la turib, Fuqarolik kodeksining 993 va 994- moddalarida ko‘rsatilgan shaxslar va tashkilotlami fuqaroviy javobgar deb e'tirof etmagan bo‘lsa, sud bu masala yuzasidan tegishli ajrim chiqarishi lozim.
Sudlar voyaga yemaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari sudda ko'rilayotganda jinoyatni keltirib ehigargan sahahlarni aniqlab, ularnibartaraf qilish uchun xususjy ajrim chiqarishlari shart.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik sodir etilishi va ulami nazoratsiz qoldirish hollarining oldini oluvchi hamda ular o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlaming kelib chiqishi sabablari, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshimvchi organ hisoblanishiga e’tibor qaratilsin.
Shu bois sudlar voyaga yetmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlami ko‘rishda ushbu komissiyalaming o‘z vazifalarini lozim darajada bajargan-bajarmaganliklarini aniqlab, ulaming faoliyatini xolisona baholab, aniqlangan kamchiliklarga nisbatan albatta tegishli jnunosabat bildirishlari shart.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha quyi sudlaming faoliyati ustidan nazoratni ta’minlashlari, chiqarilgan sud qarorlarining qonuniyligini va asoslantirilganini sinchiklab tekshirishlari, уоТ qo‘yilgan xato va kamchiliklami o‘z vaqtida bartaraf etishlari zarur.

  1. MAVZU: YOSHLAR TARBIYASIDA JINOYAT
    QONUNLARINING O‘RNI


Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan voyaga etmaganlar 10 million 500 ming nafarga yaqin bo’lib, umumiy aholining taxminan 40 foizidan ortiqrog'ini tashkil etadi. Ma’lumki, 18 yoshgacha bo'lgan davrda insonning ongi, axloqi, ma’naviy qiyofasi shakllanadi. Shu bois voyaga etmagan va yoshlar manfaatlari hamda huquqlarini himoya qilishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridanbiri sifatida jiddiy e’tibor berilmoqda.
Mustaqillik yillarida yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatlami oldini olish, ulami bartaraf etish va ushbu sohadagi munosabatlami tartibga solishga qaratilgan bir qator qonun hamda qonun osti hujjatlari qabul qilindi. Masalan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi, “ Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi, 2010 yil 29 sentabrda “Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to’g’risida”gi qonunlar shuningdek, 2000 yil 21 seritabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli “Voyaga etmaganlar ishlari boyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Qarori, 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturi to’g’risida”gi Farmoni, 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni, 2009 yil 30 dekabrdagi “Voyaga yetmaganlaming mehnatidan foydalanishga yo’l qoymaslik boyicha talablar to’g’risidagi nizom” hamda “Yoshlar yili”, “Sog’lom bola yili” Davlat dasturlarini hayotga tadbiq etish shular jumlasidandir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi Qarori bilan «O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi» tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi quyi tizimlarida «Voyaga etmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish» yo’nalishi boyicha Ishchi guruhlari tuzilib, faoliyati yo'lga qoyildi.
Voyaga etmaganlar o’rtasida tarbiyaviy ishlami kuchaytirish va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, voyaga etmaganlar ishlari boyicha komissiyalaming faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2010 yil 29 sentabrda “Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra, voyaga etmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo’lgan voyaga etmaganlar va oilalami ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish; voyaga etmaganlami huquqbuzarliklar yoki boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish belgilab qoyilgan.
Shu o’rinda qayd etish lozimki, Jinoyat protsessual kodeksida voyaga etmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlami yuritish meyorlari alohida bob qilib maxsus ajratilganligi, qonun hujjatlarini takomillashtirish, voyaga etmasdan jinoyat qilgan shaxslaming ishlarini ko'rishda xatoga yo’l qoymaslik imkonini beradi. Voyaga etmaganlaming ishlari boyicha ish yuritishni tartibga soluvchi, shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksiga qo'shimcha va o’zgartishlar kiritilib, umumiy jinoyatchilikning bir qismi bo’lmish voyaga etmaganlaming huquqbuzarliklariga qarshi kurash amaliyoti ham o’zgardi. Sudyalar o’smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi ishlami ko’rib chiqayotganlarida, har bir hodisaga ijtimoiy baho berishga harakat qilmoqdalarki, bu esa, o’z navbatida, o'smirlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jamoat tashkilotlari, maktablar, ota-onalaming mas’uliyatlarini oshirishga yordam bermoqda.1
Shuningdek, umumta’lim maktab o’quvchilarining nazoratsiz qolishi hamda ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklaming oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan 2012-2015 yillarda umumta’lim maktab o’quvchilari o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqbuzarlikni oldini olish, bu borada o'zaro axborot almashish tizimini takomillashtirish» boyicha hamkorlik rejasi 2012 yil 17 yanvardagi qo’shma qaror bilan tasdiqlandiI II.
Yoshlar va o’smirlar tomonidan jinoyat sodir etishning eng asosiy sabablaridan biri, ba’zi kishilarda ma’naviy ongning salbiy o’zgarishi natijasida huquqiy ongda mavjud bo’lgan kamchiliklar va kriminogen motivizatsiya bilan bog’liq holda ongning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatishidir, ya’ni voyaga etmaganlarda huquqqa xilof bo’lgan xulq aksariyat holatlarda salbiy ta'sir tufayli vujudga kelishidir. Katta yoshdagi shaxslar tomonidan voyaga etmaganlami jinoiy qilmishlarga jalb qilishlar ham sabab bo’lmoqda.
Voyaga etmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlami yuritish jinoyat-protsessual qonun bilan alohida toifadagi ishlar qatoriga kiritilgan. Chunki voyaga etmagan ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi jinoyat protsessining ishtirokchisi sifatida o’zining psixologik holati va yoshi bilan bog'lik xususiyatlarga ega. Bu esa, shubhasiz, ushbu shaxslami jinoyat ishida gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) tariqasida ishtirok etish uchun jalb etish masalalarini jinoyat- protsessual tartibga solishga o'zining ta'sirini o’tkazadi. Jinoyat- protsessual qonun hujjatlarining ushbu yunalishdagi rivojlanish tamoyilini voyaga etmagan gumon kilinuvchilar (ayblanuvchi- lar)ning hukuklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish tashkil qiladi.
Bu esa sodir etilgan jinoyat holatlarining, voyaga etmaganlaming jinoyat sodir etishiga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlaming har tomonlama toTiq va xolisona tekshirilishini, voyaga etmagan shaxsning tarbiyal&nib jamiyatga qayta moslashish darajasining oshishini hamda uning kelajakda yangi jinoyat sodir etishining oldini olishini ta’minlaydi.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksida voyaga etmaganlaming jinoyat ishlarini yuritishga oid alohida bobning boTishini xalqaro huquqiy talablar taqozo etadi.
Parlament ushbu bobdagi qoidalami shakllantirishda Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi (1948), Bola huquqlari deklaratsiyasi (1959), Fuqarolik va siyosiy huquqlar
! 1
to’g’risidagi xalqaro pakt (1966), BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyasi (1989), Ozodlikdan mahrum qilingan voyaga etmaganlaming himoyasiga oid BMT qoidalari (1990) talablaridan kelib chiqqan.
Voyaga etmaganlaming jinoyat ishlarini yuritish boyicha tavsiyaviy xususiyatga ega xalqaro-huquqiy normalar mavjud. Ular 1985 yil 10 dekabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 40G’33-rezolyutsiya bilan qabul qilingan Voyaga etmaganlar jinoyat ishlarini yuritish boyicha minimal standartlarida o’z aksini topgan (ushbu hujjatning yakuniy matni Pekinda boTib o’tgan ekspertlar kengashjda tasdiqlangani uchun ular Pekin qoidalari deb ham yuritiladi).
Pekin qoidalarida inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro-huquqiy hujjatlaming (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boyicha Evropa konventsiyasi) ushbu masalaga doir umumiy qoidalar aks ettirilgan boTib, voyaga etmaganlar jinoyatlarining oldini olishda yoshlarga munosib turmush sharoitini yaratish va ulaming tarbiyasida muhim o'rin tutishi ta’kidlangan.
Ushbu qoidalarda voyaga etmaganlaming jinoyat ishlarini yuritish har bir davlatning milliy jinoyat protsessining bir qismi boTib, unda barcha voyaga etmaganlaming ijtimoiy tengligini ta’minlash, yoshlami himoya qilish va jamiyatda tartibni saqlash vazifalari birgalikda hal qilinishi ko'rsatilgan. Pekin qoidalari turli huquq tizimlarini hisobga olib ishlab chiqilgan, shu bilan birga, unda voyaga etmagan huquqbuzarlar bilan muomala qilishning minimal standartlari, jinoiy javobgarlikka tortish yoshi juda ham kichik boTmasligi kerakligi belgilangan. Ushbu qoidalarda voyaga etmaganlarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritish maqsadi sifatida: voyaga etmaganlaming munosib kelajagini ta’minlash; ta’sir choralarining voyaga etmaganlaming shaxsiy xususiyatlari va sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mosligi; voyaga etmaganlarga pisbatan jazo choralarini qoTlashning cheklanishi kabilar kiradi. Mazkur qoidalarga ko’ra, voyaga etmaganlarga nisbatan jinoyat ishini yuritayotgan shaxslar maxsus malakaga ega boTishi kerak hamda bunday jinoyat ishlarini ko’rishga ixtisoslashtirilgan sudlar tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Jinoyat ishlarini yuritish voyaga etmaganlaming qonuniy manfaatlariga javob berishi hamdatez fursatlarda olib borilishi, ular sud muhokamasida qatnashib, o’z ko’rsatmalarini ochiq bayon qilish huquqiga ega bo'lishi kerak. Bunday toifadagi shaxslaming jinoyat ishlari boyicha maxfiylik (ishni yopiq sud majlisida ko’rilishi) ta'minlanishi shart. Zamrat bo’lmagan holda voyaga etmaganlaming jinoyatlariga oid ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas. Pekin qoidalarida sud muhokamasida voyaga etmaganlaming ishlari boyicha maxfiylik saqlanishi qoidasini majburiy universal printsip sifatida jinoyat protsessining voyaga etmaganlarga oid barcha bosqichlariga joriy qilishga urinishlar mavjud. Shuningdek, mazkur qoidalar voyaga etmaganlarga nisbatan jinoyat ishini sudga qadar yuritish bosqichlarida tugatish imkoniyatini ko’zda tutadi (uning asosiy sharti voyaga etmaganning ixtiyoriy roziligidir). Jinoyat ishini tugatish masalasini hal qilishda voyaga etmaganga nisbatan hech qanday ta’siming bo'lishiga yo’l qoyilmaydi, o’lim jazosi va jismoniy azob beradigan jazoning qo’llanishi taqiqlanadi. Ozodligini cheklash esa minimal darajaga tushirilishi kerak. Ozodlikdan mahrum qilishda voyaga etmaganni biror-bir muassasaga joylashtirish har doim so’nggi chora sifatida qo’llanishi kerakligi ta’kidlanadi.
JPKda voyaga etmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlarini yuritishning alohida berilishi 1985 yilda BMT tomonidan qabul qilingan voyaga etmaganlar to’g’risidagi standartlar, 1989 yildagi BMTning bolalami himoya qilish Konventsiyasi asosida va boshqa xalqaro huquqiy meyorlar asosida ishlab chiqilgan. Bu toifadagi shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari yuritishni alohida bobda ko’rsatilishi qonunlaming ularga nisbatan o’zga meyorlar asosida qoTlanishi bilan bogTiqdir.
Voyaga etmaganlaming jinoyat ishlari yuritishda ulaming ijtimoiy-mhiy holatlarini hisobga olish e'tiborga molikdir. I 14 yoshdan 18 yoshgacha boTgan shaxslarda bir tomondan etuklik alomatlari, ya’ni ularda mustaqillikning shakllanishi, o’zini tuta bilish va idora qilish namoyon boTsa, ikkinchi tomondan ularda ijtimoiy ulg’ayishning davom etayotganligi (maktab yoki boshqa bilim dargohida o’qishni davom ettirishi, jamiyatda o’z o’mini topishga intilish, muomala layoqatini rivoji) ko’rinadi.
Voyaga etmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurash umumiy jinoyatchilikka qarshi kurashning ajralmas qismi hisoblanadi va jinoyatchilik sabablari voyaga etmaganlar jinoyatchiligi sabablari bilan uzviy bogTiqdir.
Voyaga etmaganlaming huquqbuzarliklariga qarshi kurashni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining takomillashtirish huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining kasbiy bilim doiralarini kengaytirish, huquqiy madaniyatini oshirish, har bir huquqbuzaming taqdirini hal etishda burch va javobgarlik hissini oshirish, jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish choralarini kb’rish, ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida jazoni o’tayotgan shaxslarga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lish, ulami tuzatish va qayta tarbiyalash boyicha differentsiyalashgan usul qo’llash imkoniyatlarini beradi.
Bu o’rinda Yoshlar o’rtasida tinchlik, xalqlar o’rtasida o’zaro hurmat va ishonch g’oyalarini tarqatish to’g’risidagi Deklaratsiyani alohida ta’kidlash lozim. Ushbu Deklaratsiya 1965 yil 7 dekabrda BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan. Uning printsiplaridan biri - yoshlami barchaning irqi, rangi, etnik kelib chiqishi va e’tiqodidan qat’i nazar, sha’ni va tengligini hurmat qilish asosida, shuningdek insonning asosiy huquqlari va xalqlaming o’z taqdirini o’zi belgilash huquqlariga ishonch mhida tarbiyalash lozimligidir.1

  1. MAVZU: VOYAGA YETMAGANLAR JINOIY JAVOBGARLIGIVA JAZOLANISHI SHARTLARINING UMUMIY TAVSIFI

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq barcha sohalarda bo'lgani kabi huquqiy sohada ham keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlar orasida jazo tizimini liberallashtirish, jumladan, jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazolami qayta ko‘rib chiqish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti LKarimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz voyaga yetmaganlar, ayollar hamda keksalarga nisbatan qo‘llanadigan jazo tizimini qayta ko‘rib chiqmog‘imiz zarur. Bizning jinoyat qonunchiligimiz insonparvarlik qoidalariga asoslangan holda, jinoyat sodir qilgan ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda bir qator yengilliklami nazarda tutadi.” Deb ta'kidlagan edi.
Voyaga yetmagan shaxslami jinoiy javobgarlikka tortishning xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Umumiy qismi VI bo‘limida o‘z aksini topgan. Ma’lumki, Jinoyat kodeksining 16-moddasiga asosan, jinoyat uchun javobgarlik - jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar) bola hisoblanishi belgilangan. Shu sababli, jinoyat qonunchiligida voyaga yetmagan shaxsga jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik belgilashda qonun chiqaruvchi tomonidan voyaga yetmagan shaxsning yoshi, o'ziga xos fiziologik va intellektual rivojlanishi, bolaning o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini anglash qobiliyati, uning jamiyatda tutgan o‘mi, shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasbi hamda boshqa omillar hisobga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Lekin, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq javobgarlikka tortilsalar-da, ularga jazo belgilashda voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari hisobga olinadi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar, ulaming harakatlarida faqat Jinoyat kodeksining 17-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan moddalardagi jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan hollardagina javobgarlikka tortilishi mumkin.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladigan jazolar tizimi voyaga yetgan shaxslarga qo‘llaniladigan jazolar tizimidan farq qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 81-moddasiga asosan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo‘llaniladi. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan, voyaga yetgan shaxslarga qo‘llaniladigan muayyan huquqdan mahrum qilish hamda umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar qo‘llanilmaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining43-moddasiga asosan xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
Voyaga yetmagan shaxslarga belgilangan jazolaming miqdori ham voyaga yetgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo miqdorlaridan farq qiladi. Masalan, voyaga yetgan shaxslarga belgilangan jarima eng kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdomi tashkil etsa, voyaga yetmagan shaxslarga jarima eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yjgirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Shuningdek, voyaga yetgan shaxslarga nisbatan qamoq jazosi bir oydan olti oyga qadar qo‘llanilsa, voyaga yetmagan shaxslarga ushbu jazo bir oydan uch oyga qadar qo‘llaniladi.
Voyaga yetmaganlami jinoiy javobgarlikka tortishda asosiy jazo turlari o‘miga voyaga yetmagan shaxsning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan choralaming qo‘llanilishi, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, yqxud ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahmm qilish jazosi qo‘llanilmasligining Jinoyat kodeksida nazarda tutilishi insonparvarlik va odillik prinsipining namoyon bo'lishi, desak xato bo‘lmaydi. Zero, mamlakatimiz birinchi Prezidenti LKarimov ta’kidlaganlaridek, “Shuni barchamiz anglab olishimiz muhimki, koloniyalardagi ishlar nechog‘li yaxshi tashkil etilmasin, baribir, bu yer yoshlami tarbiyalaydigan joy emas.
Ko‘p hollarda arzimas qilmishi evaziga qattiq jazo olgan navqiron yigit aynan shu yerda jinoyat olamiga kiradi, ashaddiy jinoyatchilarga qo‘shilib, ulaming turmush tarziga xos ko'nikmalami egallay boshlaydi.”
Voyaga yetmaganlaming huquqlarini yanada kengroq himoya qilish, ulaming yoshi, o‘ziga xos fiziologik va intellektual rivojlanishi,o‘z xatti-harakatlarining mohiyatini anglash qobiliyati, uning jamiyatda tutgan o‘mini inobatga olgan holda jinoyat sodir etgan yoshlami qayta tarbiyalash, ularga nisbatan insonparvarlik prinsipini kengroq qo‘llash, qo‘llaniladigan jazolaming samaradorligini oshirish, voyaga yetgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlikka tortish va jazoni ijro etish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlik va jazodan ozod qilish muddatlarini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqish, mazkur yo‘nalishda chet el tajribasi, jumladan, MDH davlatlari jinoyat qonunchiligini o'rganish maqsadga muvofiqdir.
Jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish bilan bir qatorda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, jazoni o‘tagan voyaga yetmaganlami jamiyatga qaytarish ham muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011 yil 17 maydagi qarori bilan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risida Nizom tasdiqlanib, ushbu Nizomga asosan komissiyalar tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuzilishi belgilab berildi.
Bundan tashqari, nizomning 5-bandiga muvofiq, komissiyalar rais (tuman (shahar), viloyat va Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki ulaming o‘rinbosari), rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiyaning 6-12 nafar a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi. Komissiyaning mas’ul kotibi joriy ishlami va komissiya qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalarda mas’ul kotib lavozimi, zaruriyat boTganda esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimi joriy etiladi. Komissiya tarkibiga tegishli ravishda xalq taTimi, o‘rta maxsus, kasb-hunar taTimi, sogTiqni saqlash, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ichki ishlar organlari, shuningdek xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, mudofaaga ko‘maklashish jamiyati, mehnat jamoalari, madaniy-ma’rifiy va boshqa muassasalaming vakillari kiradilar. Komissiyalar tarkibida: voyaga yetmaganlar o‘rtasida madaniy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha, taTim muassasalari o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha, voyaga yetmaganlami ishga joylashtirish va ulaming maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan va tarbiyalash koloniyalaridan ozod qilingan voyaga yetmaganlami nazorat qilish bo‘yicha seksiyalar tashkil etilishi mumkin.
Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi sohasidagi munosabatlami tegishli qonun qabul qilish yoTi bilan tartibga solish
maqsadida, 2010 yil 29 sentabrda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun bilan voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari, ota-ona yoki ota-ona o‘mini bosuvchi shaxslaming ishtiroki, ushbu sohani amalga oshiruvchi organlar belgilab berildi.
Jumladan, mazkur qonunning 10-moddasiga muvofiq, ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikva huquqbuzarliklaming profilaktikasini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi maxsus bo‘linmalari voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklaming profilaktikasi bo‘linmalaridan hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlaridan (bundan buyon matnda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi deb yuritiladi) iboratdir. Ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasida o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi hamda zarur yordam ko'rsatadi.
Xulosa o‘mida shuni ta’kilash lozimki, yuqorida sanab o‘tilgan normativ-huquqiy hujjatlar voyaga yetmaganj jinoyat sodir etgan shaxslar bilan ishlash, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, jazoni o‘tagan voyaga yetmagan shaxslaming ijtimoiy hayotga moslashishida ko‘maklashish, ulaming turli oqimlarga kirib qolishini oldini olish hamda ushbu sohaga mas’ul bo‘lgan organlar say-harakatlarini muvofiqlashtirish va ushbu organlaming ish samaradorligini to‘liq ta’minlashga hizmat qiladi
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi
18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslaming javobgarligi. JKda voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlaming o‘ziga xos xususiyatlari va b. holatlari e’tiborga olinib, alohida jazolar belgilangan. Bular: a) jarima; b) axloq tuzatish ishlari; v) qamoq; g) ozodlikdan mahmm qilish jazolaridan ibprat. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazoning boshqa turlari va qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas (JK, 81-m.).
Voyaga yetmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan tayinlanadigan jazo miqdori va muddatlari ancha qisqartirilgan. Voyaga yetmaganlarga nisbatan belgilanadigan jarima, eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Axloq tuzatish ishlari 1 oydan 1 y.gacha muddat doirasida belgilanadi va bu jazoni o‘tash uchun mahkumni o‘zi yashayotgan joydan boshqa joylarga jo‘natish mumkin emas. Qamoq jazosi 1 oydan 3 oygacha muddat doirasida tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish muddati voyaga yetmaganlar yoshi va jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab: 16 yoshga to‘lmaganlarga - uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun - 3 y.gacha; og‘ir jinoyat uchun - 6 y.gacha; o‘ta og‘ir jinoyat uchun - 10 y.gacha; 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlarga - uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun - 4 y.gacha; og‘ir jinoyat uchun 7- y.gacha; o‘ta og‘ir jinoyat uchun - 10 y.gacha muddat doirasida tayinlanadi. (JK 85- va 86- m.). Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilib, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilaming, boshqa holatlaming uning shaxsiga ta'sirini hisobga oladi. O‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati o‘n y.gacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki y.gacha tayinlanadi. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo'lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahmm qilish jazosi - o‘n ikki y.gacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh y.gacha muddatga tayinlanishi mumkin. Jinoyat sodir etish paytida o‘n uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahmm qilish jazosining muddati o‘n besh y.dan oshmasligi kerak. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan malirum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud JKning 72-m.da nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin. Ozodlikdan mahkum etishga hukm qilingan voyaga yetmaganlar jazoni voyaga yetmaganlar tarbiya koloniyasida o‘taydi. Voyaga yetmaganlami javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning alohida qoidalari tatbiq qilinadi. Shuningdek, jinoyati uchun 3 y.dan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahmm qilingan yoki undan ham yengilroq boshqa jazo olgan voyaga yetmaganlami sud javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilib, jinoiy jazo hisoblanmagan quyidagi majburlov choralarini qo‘llashi mumkin: a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash; b) 16 yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zarami o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati b-n to‘lash yoki zarami bartaraf qilish majburiyatini yuklash; v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish. Uning v.ye.j.ga doir ishlami yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek, JPK 548-564-m. asosida belgilanadi.

  1. MAVZU: VOVAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN

JAZOLAR TIZIMIVA ULARNING VAZIFASI
!

Download 297,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish