Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti



Download 297,72 Kb.
bet3/33
Sana01.06.2022
Hajmi297,72 Kb.
#626660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
majmua skaner (1)

T — Г—'
choralari, tayinlangan jazoni ijro etish tartibi va uning o‘ziga xos xususiyatlari belgilangan bo‘lib, ushbu kodeks, birinchidan, voyaga yetmaganlar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, ikkinchidan, tarbiya koloniyalarida saqlanayotgan voyaga yetmagan mahkumlaming huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari, ushbu turdagi ishlami yuritish tartibi, ulami yurituvchi subyektlaming vakolatlari, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan alohida turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari belgilab berilgan.
Bundan tashqari, ushbu kodeksda voyaga yetmaganlaming huquqlarini himoya qilishga qaratilgan alohida normalar ham mavjud. Bularga bolalami tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlami bajarmaslik (47-modda), voyaga yetmagan bolani g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlarga (188-modda), ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish (1881-modda), voyaga yetmagan bolani qarovga olish to‘g‘risidagi yozma majburiyatni bajarmaslik (207- modda) kabilami kiritish mumkin.
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasining "Prokuratura to‘g‘risida"gi, "Ta’lim to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida"gi, "Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonunlari, voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish subyektlarini isloh etishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ulaming ijrosini ta'minlashga oid idoraviy normativ-huquqiy hujjatlami kiritish mumkin.
Prokuratura^ voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklaming oldini olish asosiy vazifalaridan biri boTgan davlat organi sanaladi. Prokuratura organlari tizimida voyaga yetmaganlar huquq va erkinliklarini ta’minlash, bola huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish va profilaktika qilishga doir qonunlaming ijrosini nazorat qilish bo‘yicha maxsus tuzilmalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni fuqarolaming, shu jumladan, bolalaming ta’lim olish sohasidagi huquqlarini ta’minlash jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlami tartibga soladigan asosiy normativ-huquqiy hujjatlardan biridir.
"O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va ma’naviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi. Bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi (5- modda).
Bugungi kunda fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholi turarjoylarida huquqbuzarliklaming oldini olishni tashkil etuvchi markaziy subyektlardan hisoblanadi. Qonunga muvofiq, fuqarolar yig‘ini kengashi: ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalami shu maqsadda ajratilgan davlat byudjeti mablagTaridan belgilangan tartibda tayinlaydi va toTaydi; tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, jumladan, fuqarolaming kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklaming oldini olish ishida, voyaga yetmaganlaming huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi; ilgari sudlangan hamda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boshqa shaxslarga tarbiyaviy ta’sir o'tkazish uchun faxriylardan, xotin-qizlar va yoshlar, madaniyat va din vakillaridan iborat komissiyalar tuzadi (12-modda).
O‘zbekistonda huquqbuzarliklaming oldini olish, shu jumladan, voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarhiing oldini olishda jamoatchilik ishtirokini faollashtirish va ulaming huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi samaradorligini oshirish uchun zarur shart- sharoitlami yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Buning uchun jamoat tuzilmalarining huquqbuzarliklaming oldini olish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 apreldagi qarori bilan Jazoni o‘tash joylaridan ozod Ч». J
qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalarining Nizomlari tasdiqlangan.
Bola huquqlarini himoya qilish va voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklaming oldini olishda Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalaming ahamiyati katta. Ulaming faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentabrdagi "Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida"gi qarori bilan tartibga solinadi.
Yoshlar bilan ishlash komissiyalarining voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olishga doir vazifalari, huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Prezidentining 2006 yil 10 oktabrdagi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatini qo‘llab-quwatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida"gi Farmoni bilan belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur farmon bilan fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari negizidagi yoshlar bilan ishlash komissiyalarining faoliyatini tartibga soluvchi Nizom tasdiqlangan.
Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklaming, jumladan, voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olishda markaziy subyekt bo‘lib, bu borada boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan kengroq imkoniyatlarga egadir. Ichki ishlar organlarining profilaktik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 27 martdagi "Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni hisoblanadi. Farmonning ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi IlVda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha profilaktika xizmatining rolini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlarini aniqlashda profilaktika ishlarining samaradorligini ta’minlash, jazoni ijro etish joylaridan ozod etilgan yoshlami ishga joylashtirish, militsiya tayanch punktlarini yoshlaming bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maskaniga aylantirish, infratuzilmasini takomillashtirishda yoshlar o‘rtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport ishlarini rivojlantirishni ta’minlash asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16 maydagi "Militsiya tayanch punktlarining infratuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorining qabul qilinishi bilan yuqorida ko‘rsatilgan vazifalami amalga oshirishning huquqiy tartibi joriy etildi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklaming oldini olish
bilan shug‘ullanuvchi tashkiliy tuzilmalari faoliyati 0‘zbekiston Respublikasi IlVning 2002 yil •/ —■
17 sentabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazlari faoliyati to‘g‘risida"gi, 2005 yil 3 avgustdagi
__
"O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklaming oldini olish bo‘lim (bo‘linma, guruhjlari faoliyati bo‘yicha Yo‘riqnomani
tasdiqlash haqida"gi, 2009 yil 15 iyundagi "Huquqbuzarliklaming oldini olishda militsiya tayanch punktlari va profilaktika (katta) inspektorlari xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi buyruqlari bilan tartibga solinadi.
Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklaming oldini olishga xizmat qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlaming yuqoridagi tahlili ushbu faoliyatni huquqiy ta’minlash sohasida yechimini kutayotgan muammolar ham mavjudligini ko‘rsatadi. Birinchidan, bugungi kunda bu boradagi ayrim qonunlar, ayniqsa, qonun osti normativ-huquqiy hujjatlari bilan Konstitusiya normalari o‘rtasida ziddiyatlar mavjud; ikkinchidan, bu boradagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar normalari o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshilik mavjud; uchinchidan, normativ-huquqiy hujjatlarda ayrim qoidalar takrorlanishi kuzatiladi; to'rtinchidan, ayrim qonun osti normativ- huquqiy hujjatlar umumiy qoidalar, profilaktika subyektlarining vazifalari va funksiyalarini belgilash bilan cheklanilgan, ulami joriy etishga doir normalar esa yo‘q. Bundan tashqari, amaliyotda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklaming oldini olishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ayniqsa, qonun osti hujjatlarining hammasidan ham ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi subyektlaming foydalanishi chegaralangan, ulaming o‘zaro hamkorlik shakllari va mexanizmini tartibga soluvchi alohida normativ-huquqiy hujjat esa mavjud emas.
Yurtimizda fuqarolaming huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda qonun
ustuvorligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolaming tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan keng
ko‘lamli ishlar o‘z samaralarini bermoqda. Buni O‘zbekiston aholisi istiqlol davrida 10
milliondan ortiq kishiga ko‘paygan bo‘lsa-da, jinoyatchilik bugungi kunda 1992 yildagi
ko‘rsatkichdan 4,6 foiz kamaygani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bunda profilaktika л —
tadbirlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir. Ayniqsa, 2014 yil 14 mayda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi say-harakatlarga yangicha sur’at bag‘ishladi. Mazkur Qonun bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlari vakolatidagi noaniqliklarga barham berilishi barobarida, soha faoliyatini yanada liberallashtirish va demokratlashtirish, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ishlar ro‘yobga chiqarildi. Natija shunga mos holda tobora salmoqli bo‘layapti. Buni xalqaro tashkilotlar ham e'tirof etmoqda. Jumladan, «The World Justice Rroject» (ze vorld jastes projekt) mustaqil xalqaro tashkiloti tomonidan dunyo miqyosida qonun ustuvorligini ta’minlanish bo‘yicha eTon qilingan Indeksda O‘zbekiston huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash borasida jahOnda uchinchi o'rinni egallagani buning tasdig‘idir. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgandir. Har bir fuqaro Konstitusiya va Qonunlarga so‘zsiz rioya qilishi demokratiyaning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. qonunlarga hurmat, itoatgo‘ylik esa, eng awalo, huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liq. Huquqbuzarlikning oldini olish huquq nazariyasining asosiy nazariy va metodologik masalalaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda huquqbuzarlikning oldini olish kompleks institut bo‘lib, huquqning barcha sohalariga taalluqlidir. Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi, eng awalo, shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jamiyatda fuqarolaming huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan huquqbuzarliklaming oldini olish mushkul masaladir. Shu asnoda huquqbuzarliklar profilaktikasining doimiy monitoringini amalga oshirish fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklaming oldini olishda, uni keltirib chiqaruvchi sabablami aniqlashda, qolaversa, uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlami ko‘rishda yorqin namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlikning oldini olishda adolatlilik, oqilona ish tutish ijtimoiy tartibga solish vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi. Shu bois milliy qonunchilikni rivojlantirishda milliy axloqiy va huquqiy qadriyatlar uyg‘unlashuviga erishish nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Xususan, huquqning jazolash funksiyasida ma’naviy axloqiy mezonlar rolini yanada oshirish nafaqat huquqbuzarlikning oldini olish, balki huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni kelgusida ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qayd etilgan muhim nazariy metodologik masalalar bilan bir qatorda yurispmdensiya yo‘nalishi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha «Huquqiy profilaktika» haqidagi fanni o‘qitishni joriy etish ayni muddaodir. Albatta, har bir ta’lim sohasi bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqish, bu ishga tizimli yondashuv «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunning mohiyatini o‘quv-uslubiy jihatdan o‘rganish samaradorligini yanada oshiradi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar, ulaming oldini olish borasida ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari orasida keng tushunchalar berish farzandlarimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy huquqiy tizimda huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qonunchilik tizimining takomillashtirilishi butun dunyo e’tirof etayotgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ga xos bo‘lgan qonun ustuvorligini ro‘yobga chiqarishda muhim qadam bo‘ldi. Mamlakatimiz qonunchiligida huquqbuzarliklar profilaktikasi tushunchasi bugun paydo bo‘lgan emas. Masalan, 1994 yilda qabul qilingan Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarimizda ham huquqbuzarliklaming oldini olish, fuqarolami Konstitusiya va qonunlarga rioya etish mhida tarbiyalash belgilandi. Huquqbuzarliklaming oldini olishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o‘mi beqiyosligidan kelib chiqib, 1997 yilda «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi» tasdiqlandi. 2010 yilda «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Mamlakatimizda
huquqbuzarliklar oldini olishning institusional asoslari shakllantirildi. Masalan, «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qatorida huquqbuzarliklaming oldini olish va profilaktika qilish mustahkamlangan. Ichki ishlar vazirligining ham_jsflshf vazifalaridan biri huquqbuzarlikning oldini olishdir. Ayniqsa joylardagi militsiya tayanch punktlaridagi ichki ishlar organlarining hududiy profilaktika inspektorlari va fuqarolar yig‘inlarining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi, yarashtirish komissiyalari, diniy ma’nfat_va ma’naviy-axloqiy tarbiva masalalari bo‘yicha maslahatchilarining hamkorlikdagi faoliyati huquqbuzarliklar -oldini olishda samarali mexanizm vazifasini bajarmoqda. «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonun mazkur masalalami hal qilish maqsadini ko‘zlaydi. Qonunning eng muhim va asosiy g‘oyalaridan biri bu - huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan shaxslami o‘z vaqtida aniqlash va ularga tegishli yordam ko'rsatish, shuningdek ulargajamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirish, huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlami aniqlash, bartaraf etish choratadbirlarini ko‘rish hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari Qonunning 4-moddasida belgilanib, ularga shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklaming sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlami aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish kabilar kirishi mustahkamlangan. Xalqimizda «Kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal» degan hikmat bor. Albatta, bolaga yoki bo‘lg‘usi huquqbuzarjinoyatchiga uning muayyan xatti-harakati g‘ayriijtimoiy xulq-atvor yoxud huquqbuzarlik ekanligi, uning oqibatlari tushuntirilsa, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizlikning oldi olingan bo‘ladi. 2014 yilning 15 avgustidan kuchga kirgan
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi mazkur sohadagi munosabatlami tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklami oldini olishga qaratilgan. Mazkur Qonunga ko‘ra, _ huquqbuzarliklar profilaktikasi deganda huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash. huquqbuzarliklami aniqlash, ularga barham berish, shuningdek, huquqbuzarliklaming sodir _ etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlami aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik _ profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi tushuniladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlami tartibga soluvchi, 7 bob va 51 _ moddadan iborat mazkur «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonunda asosiy vazifalar, huquqbuzarliklar profilaktikasi turlari va prinsiplari, huquqbuzarliklar profilaktikasini _ amalga oshimvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar, ularning vakolatlari
ro‘yxati, ushbu sohaga xos asosiy tushunchalar batafsil izohlangan. Qonunda huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlari o‘zaro hamkorlik qilishining huquqiy mexanizmlari mustahkamlangan bo‘lib, bu ular faoliyatining muvofiqlashtirilishiga, butun huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini tashkil etishda yagona yondashuvga olib keladi. Aytib o'tish joizki, mazkur Qonunning 13- moddasi adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlariga bag‘ishlangan bo'lib, mazkur modda orqali Adliya vazirligining huquqbuzarlik profilaktikasida tutgan o‘mi namoyon bo‘ladi. Ushbu moddaning mazmuniga ko‘ra adliya organlari: - huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; - huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlami ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; - huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, huquqbuzarliklaming sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlami aniqlaydi, bartaraf etadi; - aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtirib boradj; — huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ijshtirok etadi; — huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; — huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshimvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Shu bilan birga, Adliya vazirligining ushbu sohadagi o‘mi mazkur vakolatlar bilan chegaralanmasdan, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomda qayd etilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqadi. Fuqarolaming konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish mazkur vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 27-moddasiga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ulami huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun noqulay shartsharoitlami yaratadigan yoki ulami yomonlashtiradigan, shuningdek mamlakatda olib borilayotgan islohotlaming maqsad va vazifalariga zid huquqiy normalami o‘z ichiga olgan hujjatlar qabul qilinishining oldi olinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunining

22-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston - Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari normativ- huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalaming ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlami joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilini amalga oshiradi. Adliya organlari huquqbuzarliklaming paydo bo‘lishiga sabab bo'luvchi omillami bartaraf etishga yo‘naltirilgan vakolatlarga xam ega boTib, mazkur yo‘nalishda doimiy faoliyat yuritib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, qonunga muvofiq, huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolaming o'zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolaming ishtirok etishiga ruxsat beradi. NTT va fuqarolar huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarga ko‘maklashish hamda zarur yordamni ko‘rsatish yoTi bilan huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etishi mumkin. Mazkur qonun huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida yaxlit me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirish imkonini beradi. Jamiyatda huquqtartibotni yanada mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolaming huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadigan samarali profilaktika tizimini yaratadi. Shuningdek, qonun huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi umumiy kurashish imkoniyatini kuchaytiradi, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligiga, fuqarolarda qonunga hurmat hamda itoatgo‘ylik ko‘nikmasini mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Bir so‘z bilan aytganda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni fuqarolarga ulaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga, turli tajovuz va tahdidlardan muhofaza qilingan holda tinch-osoyishta hayot kechirishga, ish bilan ta'minlanish kafolatlarini kuchaytirishga, taTim oluvchi shaxslaming bandligi va bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazilishini ta’minlashga, sogTom turmush tarzini kechirishlariga ko‘maklashishga xizmat qiladi. Xulosa o‘mida aytish mumkinki, «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston _ Respublikasi Qonuni mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, har bir shaxsning Konstitusiya va qonunlar bilan kafolatlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini _ toTaqonli ro‘yobga chiqarish kabi vazifalami amalga oshirishda adliya organlari zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. _

  1. MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O‘SMIRLARNING YASHASH
    JOYLARIDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH


Mamlakatimizda yoshlami mustaqil hayotga tayyorlash va umummilliy davlat dasturlarga javob beradigan, bilimli, jismonan va ma’naviy sog‘lom, barkamol insonni shakllantirish bugungi zamon talabidir. Farzand dunyoga kelishi bilan uni tarbiyalash, ijtimoiy, ma'naviy muhofaza qilish lozim.
Bugungi kunda o‘smir yigitlaming kamol topishida ko‘pgina tarbiyaviy omillar: maktab, oila, mahallaning o‘zaro hamkorligiga muhtojlik tobora kuchaymoqda. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar pedagogik jihatdan malakali, maqsadga muvofiq omillarga hamda keng imkoniyatlarga ega.
Maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar esa ko‘pincha pedagogik-psixologik qoidalarga amal qilinmagan, maktab tomonidan qo‘yiladigan talablar bilan kelishmagan holda amalga oshirilgan. Oqibat natijada maktab tomonidan o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlar o‘z kuchini yo‘qotadi. Shuning uchun o‘smir yigitlami mustaqil hayotga tayyorlashdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida zamon talabidan kelib chiqqan holda zamr metodikani ishlab chiqishda maktab, oila, mahalla hamkorligining mazmunini aniqlash va maqsad, vazifalarini belgilash muhimdir. Bu o‘rinda:
0 • maktab, oila, mahallaning hamkorliqda o‘zaro faoliyat olib borishi;
• hamkorlikdagi faoliyatning zarurligi, imkoniyatlari, vazifalari va afzalliklarini to‘g‘ri anglashi;

  • o‘smir yigitlaming axloq-odob qoidalari yuzasidan maktab, oila, mahallalarda bir xil talabning qo‘yilishi;

  • mahalliy sharoitlar, qishloq yoki shahar tarixi, uning geografik joylashishi, tabiati, aholining turmush tarzi va faoliyatini hisobga olishi;

  • tarbiyada izchillik, uzviylik va ketma-ketlik tamoyiliga amal qilishi;

  • o‘smir yigitlaming o‘z-o‘ziii boshqarishi, tashabbuskorligini baholay olishi, ijodkorlik qobiliyatini hisobga olish va bularga tayanish;

  • o‘smir yigitlaming maktabda, oilada, mahallada bo‘ladigan barcha tarbiyaviy ishlarga qatnashishini ta’minlash kabi masalalarga katta e’tibor berish maktab, oila, mahalla hamkorligida o‘smir yigitlami mustaqil hayotga tayyorlashda ma’lum bir tizim asosida ish olib borish imkoniyatini tug‘dirishi mumkin.

O‘smir yigitlami mustaqil hayotga tayyorlashda maktab, oila va mahalla hamkorligida sinfdan va maktabdan tashqari ishlami tashkil etishda amaliy mashg‘ulotlarda turli mavzularda munozaralar o‘tkazish, o‘quvchilar bilan gumhlarga bo‘linib, mahalladagi bemorlar xonadonida ta’mirlash ishlariga yordam uyushtirish, to‘y-ma’ratsalarda yordam berish, mahalladagi o‘smir yigitlariing bo‘sh vaqtini tashkil etishda mahalla faollari bilan reja tuzish, o‘smir yigitlaming salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlikning oldini olish uchun maxsus bolalar maktabi, go'daklar uyiga ekskursiyalar ztoshtirib, ota-onalari qilmishi tufayli shu maskanga tushib qolgan bolalar hayoti bilan tanishtirish, mazkur muassasalar murabbiy va bolalar shifokori bilan suhbatlar uyushtirish, mahallada tashkil etiladigan bayramlar («Navro‘z», «Xotira va qadrlash quni», «Mustaqillik» bayrami va boshqa bayram, hayitlar), «Hashar»larda ishtirok etish. eng ilg‘or mahalla faoliyati bilan tanishish, o‘quvchilar saroyi, yoshlar ijodiy uyida va boshqa joylarda tashkil etilgan to‘garaklarda qatnashib, turli hunarlami o‘rganishida ham maktab o'qituvchilari, ham ota-onalar, mahalla faollari hamkorligi ijobiy natijalar berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli demokratik islohotlaming pirovard maqsadi inson huquqlari va manfaatlari to‘la-to‘kis ta’minlanadigan huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.
Bugungi kunda voyaga yetmaganlar va yoshlarimizni Vatanga muhabbat mhida tarbiyalash, maktab va boshqa ta’lim muassasalarida vatanparvarlik mhidagi mashg‘ulotlaming ko‘proq bo‘lishini ta'minlash kelajakda ulaming buzg‘unchi g‘oyalarga berilishi va to‘g‘ri yo‘ldan adashishining oldini oladi.
Respublikamizda voyaga yetmaganlaming qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Yosh avlodni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash, bolalaming ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, iqtidorli yoshlami rag‘batlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga qaramasdan, huquqbuzarlik sodir etayotgan voyaga yetmaganlar hali uchrab turibdi. Jinoyat kodeksining “Voyaga yetmaganlar javobgarligining alohida xususiyatlari” to‘g‘risidagi 6-bo‘limida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazolar va ulaming eng ko‘p miqdori hamda muddati, javobgarlikdan ozod qilish shartlari, jazo turlari belgilangan.
Kodeksning 81-moddasida qat’iy jazo ro‘yxati ko‘rsatilgan bo‘lib, jarima, axloq tuzatish hamda majburiy jamoat ishlari, ozodlikdan mahmm qilish jazolari qayd etilgan. Bundan tashqari, 51-moddaga muvofiq, voyaga yetmaganlarga nisbatan uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin emasligi belgilangan.
Jazo tizimida voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazolar orasida shaxsni jamiyatdan batamom ajratmagan holda qo‘llaniladigan jazolardan biri — axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodir. U o‘zining insonparvarligi bilan boshqa jinoiy jazo turlaridan farqlanadi.
Ushbu jinoiy jazo mustaqil jazo turi sifatida Jinoyat kodeksi sanksiyalarining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Kodeksning 83-moddasida “Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha tayinlanadi”,deb belgilab qo'yilgan.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlami aniqlashda profilaktik ishlaming samaraddrligini ta’minlashda jazoni ijro etish joylaridan ozod etilgan yoshlami ishga joylashtirish, yoshlaming bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ichki ishlar organlari tayanch punktlarining infratuzilmalarini takomillashtirishda yoshlar uchun tashkiliy- tarbiyaviy, ommaviy-sport ishlarini rivojlantirishga ham e’tibor qaratish asosiy yo‘nalishlardandir.
Voyaga yetmaganlar qarovsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olish maqsadida profilaktika inspektorlari tomonidan mahallalarda, aholi yashash joylarida “O‘smir”, “G‘amxo‘r”,ta’lim muassasalarida esa “Davomat”kabi tadbirlar o'tkazilib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda yoshlaming huquqiy ongi va savodxonligini, huquqiy madaniyatini yuksaltirib borishga alohida e’tibor berilyapti. Chunki huquqiy ongi, madaniyati yuqori bo‘lgan inson har qanday g'ayriqonuniy harakatdan o‘zini tiyadi. Huquqbuzarlik yoki jinoyatni sodir qilish oxir- oqibat qonun bilan jazolanishiga olib kelishini tushunib yetadi.
Qayd etish joizki, voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishga barcha huquqni muhofaza qilish organlari mas’ul bo‘lishiga qaramay, o‘smir huquqbuzarlar hamda farzand tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalar va ulaming o‘mini bosuvchi shaxslar bilan ishlashda profilaktika inspektorlari ichki ishlar idoralarining asosiy bo‘g‘ini sanaladilar.
Voyaga yetmaganlami huquqiy manfaatlariga aloqador tashkilot va idoralar, hokimliklar huzuridagi komissiya va ichki ishlar idoralari tarkibidagi nozirliklar o‘rtasidagi hamkorlik hozirgi kun talablari darajasida muvofiqlashtirilib borilishini o‘z e’tiboridan chetda qoldirmasligi kerak.
Yosh avlodning sog‘lig‘i, bilim olishi, mehnat qilishi va yashash joylaridagi tarbiyaviy ishlar ustidan yetarli nazorat olib borilishi lozim4. Ijtimoiy yordamga muhtoj bolalami huquqiy himoyalash masalalari e'tibordan chetda qolmasligi kerak.
: Xalq ta'limi, o‘smirlaming mehnati to‘g‘risidagi qonunlaming ijrosi, ulami o‘qish, ish va yashash joylarida tarbiyaviy ishlaming ahvoli muntazam ravishda tekshirib borilishi kerak. Aynan shu vazifalami lozim darajada bajarilmaganligi tufayli, prokurorlarda ayni masalada kerakli ma’lumotlami yetarli bo‘lmaganligi sababli, respublikamizning ba’zi hududlarida joylashgan o‘quv yurtlarida, o‘qishdan tashqari mahallalarda voyaga yetmaganlaming tarbiyasi susaytirilganligi sababli ba’zi yoshlaming noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolish, jinoyatchilik yo‘liga kirib qolishi, tekinxo‘rlik bilan kun kechirish hissiyotlarini ularda paydo bo‘lishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti davrida ota-onalarning ham farzandlarini o‘qishlariga jiddiy qarashlari, prokurorlar tomonidan ota-onalaming farzandlarini o'qishga yubormasdan. bozorga chiqarib yuborish hollariga chek qo‘yishlari, bolalar maktabda tarbiya va bilim olish o‘miga bozorda ota-onasining savdo ishlariga yordam berib yurishlarini oldini olish choralarini ko‘rilishi kerak.
Albatta, maktabdan so‘ng mehnat bilan shug‘ullanish, ota-onaga yordam berish tarbiyaviy jihatdan yaxshi narsa, lekin, umumiy o‘rta ta’lim talablarini buzib, maktabga umuman bormasdan savdo bilan shug‘ullanishi yoki boshqa mehnat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaslik chorasini ko‘rishi lozim. Buning uchun maktablarda o‘quvchilaming davomatini tekshirish uchun mutaxassislami jalb qilinishi kerak.
Voyaga yetmaganlaming o‘qish va yashash joylarida tarbiyaviy ishlaming ahvoli muntazam ravishda tekshirilishi, aniqlangan huquqbuzilishlar yuzasidan yeshlami ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, o‘qishdan bosh tortgan bolalami aniqlash hamda ta’lim muassasalariga qaytarish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘quv muassasalari va boshqa idoralar mansabdor shaxslarining mas'uliyatini oshirishga qaratilgan prokuror ta’sir choralari ko‘rilishi lozim.
Xalq ta’limi, o‘smirlaming mehnati to‘g‘risidagi qonunlaming ijrosi, ulami o‘qish, ish va yashash joylarida tarbiyaviy ishlaming ahvoli muntazam ravishda tekshiriladi. O‘qishdan va foydali mehnatdan bosh tortgan bolalami aniqlash hamda ulaming ijtimoiy foydali mashg‘ulotlar bilan bandligi masalalarida shug‘ullanadigan idoralar faoliyati ustidan nazoratni olib borishga alohida e’tibor qaratiladi. Voyaga yetmaganlami o‘qishdan asossiz chetlatish hollari bartaraf etilishi nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, bolalar uylari va maktab intematlari qaramog‘ida bo‘lgan, ota-onasiz _ qolgan voyaga yetmaganlami o‘qitish, tarbiyalash va yashash sharoitlari bilan bog‘liq qonunlaming ijrosi ustidan o‘matilgan nazoratning samaradorligi oshirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004 yil 22 iyun kungi 27-sonli «Voyaga yetmaganlar haqida qonunlar ijrosi ustidan prokurorlik nazorati faoliyatini yanada _ takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘ining 7-bandida voyaga yetmaganlaming o‘qish va yashash joylarida tarbiyaviy ishlaming ahvoli muntazam ravishda tekshirilishi, aniqlangan _ huquqbuzilishlar yuzasidan yeshlami ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, o‘qishdan bosh tortgan bolalami aniqlash hamda ta’lim muassasalariga qaytarish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik _ va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘quv muassasalari va boshqa idoralar mansabdor shaxslarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan _ prokuror ta’sir choralari ko‘rilishi lozimligi ta’kidlangan.
Ehtiyot choralarini qo‘llash uchun asoslar bo‘lgan taqdirda, voyaga yetmagan ayblanuvchini, sudlanuvchini turmush va tarbiyalanish sharoitiga ko‘ra ilgarigi yashash joyida qoldirib bo‘lmasa, u tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoki sudning ajrimiga binoan bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin.

  1. MAVZU: VOYAGA YETMAGANLAR JINOIYISHLARI HAQIDAGI QONUNLARNI QO‘LLASH VA ULARNIJINOYATGA YOKIBOSHQACHA

JAMIYATGA QARSHI HARAKATLARGA JALB QILISH ISHLARI YUZASIDAN SUD
AMALIYOTI

Voyaga yetmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlami ko‘rishda sudlar asosan __ qonunlami to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlamoqdalar. Jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlami lozim darajada aniqlashga har doim e'tibor berilyapti va ulami bartaraf _ etish yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rilyapti.
Jinoyat kodeksining 87-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda voyaga _ yetmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llagan holda ulami javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasiga yetarli e’tibor qaratilyapti. —
Kelgusida qonun ustuvorligini to‘la ta’minlash va kamchiliklarga barham berish, protsessual va moddiy qonun meyorlarining to‘g‘ri tatbiq etilishiga sudlami e’tiborini jalb qilish — maqsadga muvofiqdir.
Voyaga yetmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlami ko‘rishda, ish bo‘yicha — isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlami sinchkovlik bilan, har tomonlama to‘la va xolisona tekshirib chiqib, qilmishning ijtimoiy xavflilik daraiasini va snHbnuvrhining^shaxsini e’tiborga olgan holda aniqlangan haqiqiy holatlar va dalillar majmuasiga to‘g‘ri baho berilib, odillik va insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda qonunda ko‘rsatilgan xususiyat va imtiyozlaridan to‘la foydalanishga qaratilishi lozim.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun
tayinlash vaqtida sudlar ayblanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish sifatidagi ehtiyot
chorasining asosli ekanligini sinchiklab tekshirishlari, jjmi vagtda JPKning 242,243- ~
moddalariga va Oliy sud Plenumining 2007 yil 14 noyabrdagi «Sudga qadar ish yuritish
bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi
to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan tushuntirishlarga muvofiq bunday ehtiyot chorasi
sudlanuvchining shaxsi, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi shuni taqozo etgan
hollardagina qo‘llanishini nazarda tutishlari lozim.
Voyaga yetmaganning qamoqqa olinishi asossiz deb topilgan hollarda sud darhol
ehtiyot chorasini o‘zgartirishi lozim bo‘ladi.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari sud muhokamasiga qo‘yilganda ayblanuvchi voyaga yetgan-yetmaganligidan qat’i nazar, advokat ishtirok etishligi shart ekanligini nazarda tutishlari kerak. Ushbu qoida jinoyatchilardan birini, shaxs 18 yoshga to‘lmasdan oldin, ikkinchisini voyaga yetganidan so‘ng sodir etganlikda ayblangan hollarda ham amal qiladi.
Jinoyat protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq dastlabki tergov jarayoni va sudda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha advokatning
ishtirok etishi shart. Mazkur qoida JPKning 52-moddasi talabiga ko‘ra voyaga yetmagan shaxs
himoyachidan voz kechganda ham tatbiq etiladi. Ushbu protsessual qonun talablariga rioya
qilmaslik JPK 487-moddasiga asosan, hukmning^bgkor qilinishiga asos- bo‘ladigan jinoyat — 1
protsessual qonunning jiddiy buzilishi deb qaralishi kerak.
Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollarda uning ishtirokisiz aniqlangan har qanday dalil yuridik kuchga ega emasdir.
Jinoyat-protsessual kodeksining 551 va 562-moddalariga muvofiq sud voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari ko‘riladigan vaqt va joy haqida ulaming
otaronasini, jita-ona—ofmini Jxisuvchi shaxslami, vasiylik yoki homiylik organi vakillarini,

Download 297,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish