Majburlov choralari Voyaga yetmagan o‘smirlarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qo‘llaniladi: sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash;
o‘n olti yoshga to'lgan o‘smir zimmasiga yetkazilgan zarami o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan oshib ketmagan bo‘lsa qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;
v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish. Voyaga yetmagan o‘smirlami maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida bo'lish muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llanadigan jazo tizimining asosiy vazifasi voyaga yetmaganlami majburlash va tarbiyalash hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning asosiy maqsadi tarbiyalash bo‘lsada, lekin og‘ir jinoyat sodir etganlarga nisbatan og‘ir jazo tayinlanishini istisno etmaydi. Bunday holatda og‘irroq jazo tayinlamaslik, voyaga yetmaganlarda masuliyatsizlikni keltirib chiqaradi. «Bola huquqlari to‘g‘risidagi» Konvensiyada voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar qo‘llanilishi mumkin emasligi belgilangan Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi: davlat majburlov chorasining alohida turlaridan tashkil topgan;
jazo tizimi elementlari o'zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisiga bog‘lanib va to‘ldirib
keladi; davlatning majburlov choralari ro‘yxati qatiy bo‘lib, kengaytirib talqin qilinishi mumkin emas. Shuning uchun voyaga yetmaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi sanksiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsada, lekin 84-modda ko‘rsatilmagan jazo choralari qo‘llanilmaydi;
belgilangan jazo choralari yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 81-moddasida ko‘rsatilgan jazolar voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo turlarining qatiy ro‘yxatidir. Ushbu moddadajazo tizimi eng yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan, ya’ni: jarima
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida emas balki, 82-85 moddalarda belgilangan doirada jazo tayinlanadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Sud voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima jazosini tayinlashda jazoni qo‘llash uchun asoslar bor yoki yo‘qligi aniqlanishi lozim. Jarima jazosini tayinlashda voyaga yetmagan shaxsning mustaqil daromadga, ish xaqi yoki mol-mulkka ega ekanligi etiborga olinadi. Jarima jazosi miqdorini belgilashda sud bu jazo miqdori voyaga yetmagan javobgaming normal yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitdan maxrum qilib qo‘ymasligi lozimligi etiborga olinishi kerak Jarima jazosi tayinlangandan keyin aybdor olti oy mobaynida uni to‘lashdan bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan jarima miqdorini axloq tuzatish ishlari bilan almashtiradi. Eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdoridagi jarima ahloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirib hisoblanadi. Lekin axloq tuzatish ishlarining muddati bir yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.