Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti milliy goya, ma


Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari



Download 320,33 Kb.
bet14/36
Sana20.06.2022
Hajmi320,33 Kb.
#681118
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
voyaga yetmaganlar huquqbuzarligini oldini olish

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlami aniqlash hamda bartaraf etish;
voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalami ijtimoiy-
pedagogik reabilitatsiya qilish;
voyaga yetmaganlami huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik;
tizimlilik;
oilani qo‘llab-quwatlash va u bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlaming tarbiyasiga yakka tartibda yondashish.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatni axborot bilan ta’minlash
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar:
prokuratura organlarini — voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida;
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalami — voyaga yetmaganlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida, shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasini amalga oshimvchi organlar hamda muassasalar faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida;
vasiylik va homiylik organlarini - yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoxud hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan yoxud ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda bo‘lgan bolalar to‘g‘risida;
fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlarini — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi to‘g‘risida;
ichki ishlar organlarini - ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir etgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida, shuningdek voyaga yetmaganlami huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlami sodir etishga jalb qilayotgan yoxud ularga nisbatan boshqa g‘ayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan ota-onalar va o‘zga shaxslar haqida;
sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalarini - muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalami iste’mol qilishi oqibatida tibbiy tekshimvga, kuzatuvga yoki davolanishga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida;
ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalarini — ixtisoslashtirilgan o‘quv- tarbiya muassasalarini yoki boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan yoxud ta’lim muassasalaridagi mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi.

Download 320,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish