Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va fiziologiya kafedrasi



Download 2,39 Mb.
bet58/149
Sana23.06.2023
Hajmi2,39 Mb.
#952980
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Bog'liq
02.ZooAmaliy (2)

Uyga vazifa:
Qushlarning skeleti mavzusini o’qing.

Mavzu: Qushlarning skeleti
Darsning maqsadi: Qushlar skeleti qismlari bilan tanishish; uchishga, yirik tuxum qo’yishga va ikki oyoqda yurishga o’tishi natijasida skeleti tuzilishidagi o’zgarishlarni o’rganish.

Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Qushlarning skeleti uchishga layoqatlangan bo’lib, erkin oyoqlar va ularning kamar skeleti o’ziga xos o’zgarganligi hamda yengil, mustahkamligi bilan xarakterlanadi. Skeletining yengilligi naysimon suyaklarini ichi bo’sh bo’lib, havo bilan to’lganligi, mustahkamligi, ko’pchilik suyaklarning juda erta bir-biri bilan qo’shilib ketganligi hamda tuzlar miqdorining ko’pligi tufaylidir. Skeleti 4 qismga (umurtqa pog’onasi, bosh skeleti, oldingi va keyingi oyoqlar va ularning kamarlari skeleti) bo’linadi.
Umurtqa pog’onasi 4 ta bo’limga: bo’yin, ko’krak, dumg’aza va dumga bo’linadi. Bo’yin bo’limi uzun va juda harakatchan bo’ladi. Bu bo’limning harakatchanligi umurtqalarning qo’shilish yuzalarini egarsimon shaklda bo’-lishligiga bog’liq. Bunday umurtqalar geterotsel umurtqa deyiladi va faqat qushlarga xosdir. Qushlarning boshi 1800 ga, yapaloq qushlarda 2700 gacha aylana oladi.
Bosh skeleti umumiy tuzilishining sxemasiga ko’ra sudralib yuruvchilarning bosh skeletiga o’xshash. Ensa bo’limi 4 ta ensa suyagidan tuzilgan, 1 ta ensa bo’rtmasi bor.
Bosh skeletini ustki tomonidan 1 juft burun, peshona, teppa va tangacha suyaklar yopib turadi.
Oldingi oyoq yirik ichi bo’sh yelka suyagidan, bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan bo’lsa, bilakuzuk kuchli reduktsiyalangan.
Yelka kamari kurak, korakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak suyagi uzun qilichsimon shaklda bo’lib, qovurg’alarning ustida joylashadi. O’mrov suyaklari oldingi tomonda uchlari bilan qo’shilib, qushlar uchun xarakterli bo’lgan ayri suyagini hosil qiladi.
Keyingi oyoq son suyaklari katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan, kichik boldir suyagi rudiment holida bo’lib katta boldir suyagiga qo’shilib ketadi.
Chanoq kamari yupqa yonbosh, quymich va qov suyaklaridan hosil bo’lgan. Quymich va qov suyaklarining keyingi uchlari qo’shilmaydi va ochiq chanoq hosil qiladi. Yonbosh suyagi murakkab dumg’azani hosil qilishda ishtirok etadi.


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish