Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlarini ishlang:
1. Kaptarning tashqi tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang: A-gavdasi pat bilan qoplangan, B-tanasi tangachalar bilan qoplangan, V-tana shakli urchuqsimon, G-tanasi tuxumsimon, D-burun teshigi voskavitsa bilan qoplangan, Ye-ostki tumshuq voskavitsa bilan qoplangan, J-quloq teshigi pat bilan qoplangan, Z- dumi gushtdor kichkina do’mboqqa aylangan, I-nog’ora pardasi bo’rtib turadi, K-dumi reduktsiyalangan, L-oldingi oyoqlari qanotga aylangan, M-orqa oyog’ida tsevka bo’limi bor, N-oldingi oyog’i 5 barmoqli, O-orqa oyoqg’i 4 barmoqli, P-tsevka pat bilan qoplangan, R-orqa oyog’i 3 barmoqli.
2. Qushlar nerv sistemasiga xos xususiyatar keltirilgan javoblarni belgilang: A-epifiz yaxshi taraqqiy etgan, B-yarimsharlar va miyacha katta, V-xidlov bo’limi va oraliq miya kichik, G-gipofizi yo’q, D-miya burmalari ro’y rost ajralmagan, Ye-ko’zi yaxshi taraqqiy etgan.
3. Qushlar hazm sistemasiga xos xususiyatlarni belgilang: A-tishlari yo’q, B-talog’i yo’q, G-barcha qushlarning o’t po’fagi taraqqiy etgan, D-donxo’rlar qizilo’ngachi jig’ildon hosil qiladi, Ye-bezli va muskulli oshqozonlari bor, J-to’g’ri ichagi kalta,Z-to’g’ri ichagi yo’q.
4. Qushlar nafas olish sistemasida qanday o’zgarishlar paydo bo’lgan? A-bronxlar paydo bo’lgan, B-bir juft cho’michsimon va uzuksimon tog’aylardan iborat hiqildog’ hosil bo’lgan, V- yuqori hiqildog’ida ovoz paylari joylashgan, G-ovoz paylari joylashgan pastki hiqildoq hosil bo’lgan, D-havo xaltachalari hosil bo’lgan, Ye-qon havo xaltachalarida oksidlanadi, J-uchganda nafas akti qanotlar harakati natijasida sodir bo’ladi, Z-ikki tomonlama nafas olish payda bo’lgan.
5. Qushlarning qanday havo xaltachalari bor? A-bo’yin, B-ko’krak, V-to’sh oldi, G- o’mrovlararo, D-qorin, Ye-chanoq, J-yurak oldi, Z-o’pkalararo.
6. Qushlarning qon aylanish sistemasi repteliyalardan qanday farq qiladi? A-venoz sinusi yo’q, B-o’ng aorta yoyi yo’q, V-faqat tananing oldingi qismi kislorodli qon bilan ta’minlanadi, G-yuragi 4 kamerali, D-arterial qon venoz qon bilan aralashmaydi, Ye-nomsiz arteriyadan alohida ko’krak arteriyasi ajraladi, J-yurakdan uchta mustaqil arteriya chiqadi, Z-orqa kavak vena hosil bo’lmaydi.
7. Qushlar ayirish va tanosil sistemasida qanday o’zgarishlar hosil bo’lgan? A- metanefrik buyrak hosil bo’lgan, B-siydik pufagi yo’q, V-quyuq bo’tqasimon siydik ajraladi, G-siydik yo’li siydik pufagiga ochiladi, D-o’ng tuxumdon va tuxum yo’li murtak holida, Ye-ba’zi qushlarda kopulyativ organi bor, J-urug’donlar ustida yog’ tanachalari bor, Z-urug’ yo’li siydik yo’liga qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |