Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va fiziologiya kafedrasi



Download 2,39 Mb.
bet98/149
Sana23.06.2023
Hajmi2,39 Mb.
#952980
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149
Bog'liq
02.ZooAmaliy (2)

Uyga vazifa:
Suyakli baliqlar skeleti mavzusini o’qing.
Mavzu: Suyakli baliqlar skeleti

Darsning maqsadi: Suyakli baliqlarning skeleti va muskulaturasi tuzilishini o’rganish bilan suyakli baliqlar haqida umumiy bilimlarni mustahkamlash.

Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Suyakli baliqlar skeleti asosan suyaklardan tashkil topgan. Suyaklar kelib chiqishiga qarab tog’ay (xondral) suyaklar va teri, ya’ni qoplagich suyaklarga bo’linadi. Xondral suyaklar tog’ay to’qimasining sekin-asta suyak to’qimasiga almashinishidan hosil bo’ladi. Qoplagich suyak chin teridan hosil bo’ladi va tog’ayli davrini o’tamaydi.
Suyakli baliqlarning skeleti o’z navbatida o’q skeleti, bosh skeleti va suzgich qanotlar skeletiga bo’linadi.
Suyakli baliqlarning umurtqa pog’onasi faqat xondral suyaklardan tashkil topgan bir qancha umurtqalar yig’indisidan iborat. Umurtqalar tanasi qo’sh botiq – amfitsel tipda. Umurtqa pog’onasi tana va dum bo’limlariga bo’linadi. Tana va dum bo’limlarining umurtqalari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Suyakli baliqlarning bosh skeleti ham akulalarning bosh skeleti singari ikkita asosiy bo’limga: miya qutisi va vistseral skeletga bo’linadi. Suyakli baliqlarning bosh skeleti deyarli faqat suyak to’qimadan tashqil topgan bir qancha ayrim suyaklardan tuzilgan.
Suyakli baliqlarning vistseral yoylari ham xuddi akulalarning vistseral yoylariga o’xshash, jag’ yoyi, til osti va jabra yoylaridan iborat.
Jag’ yoyi birlamchi va ikkilamchi jag’lardan iborat. Suyakli baliqlarda tutib turish funktsiyasini birlamchi jag’ emas, balki qoplagich suyaklar, chunonchi jag’lararo juft suyak va ustki juft suyaklardan hosil bo’lgan ikkilamchi (so’nggi) jag’ bajaradi.
Suyakli baliqlarda yangi tuzilma – jabra qopqog’i bo’lib, u xar tomondan giomandibulyar suyakka qo’shiladigan to’rtta yapaloq qoplagich suyakdan: qopqoq, qopqoq oldi, qopqoq osti va qopqoq oraliq suyaklaridan tuzilgan.
Juft suzgich qanotlari suyakli baliqlarning ko’kragida va qornida joylashgan. Ko’krak juft suzgichining yelka kamari tanada tayanch vazifani bajaradi. Yelka kamari barcha suyakli baliqlarda kuchli reduktsiyalangan birlamchi yelka kamaridan, ya’ni ikkita kichkina xondral – kurak va uning ostida joylashgan korakoid suyaklardan iborat. Kurak suyagi ko’krak erkin suzgich qanotining ichki skeleti – radialiyalar kelib qo’shiladigan yerda joylashgan bo’lib, uning o’rtasida teshigi bor. Ikkilamchi kamar esa juda kuchli rivojlangan bo’lib, miya qutisi bilan birikadi.
Dum suzgichi, tashqi tomondan simmetrik va ichki tomondan assimetrik – gomotserkal tipda tuzilgan. Uning ustki pallasi ichiga umurtqa pog’onasining oxirgi uchi joylashgan bo’lib, pastki pallasi asosini esa kuchli o’sib, keng tortgan qiltanoq (ostist) – o’simta ushlab turadi.


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish