Uyga vazifa:
Baliqlar sistematikasi mavzusini o’qing.
Mavzu: Baliqlar sistematikasi
Darsning maqsadi: Hozirgi zamon baliqlar sistematikasi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, baliqlarning xilma-xilligi va xarakterli belgi-xususiyatlarini solishtirib o’rganish.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi zamondagi baliqlar bir-biridan uzil-kesil farq etadigan ikkita gruppaga: tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) va suyakli baliqlar (Osteichthyes) ga bo’linadi.
Tog’ayli baliqlarda suyak yo’q, shunga ko’ra ularning ichki skeleti nuqul tog’aydan iborat. Ular bir xilda bo’lmagan ikki gruppaga: sodda tuzilishdagi skeletni saqlab qolgan, lekin urchish organlari va nerv sistemasi ancha takomil etgan plastinka jabralilar yoki akulasimonlarga (Elasmobranchii) hamda kichikroq gruppa bo’lgan ximeralar yoki yaxlit boshlilarga (Holocephali) bo’linadi.
Yaxlit boshlilarning yuqori jag’i miya qutisi bilan qo’shilib ketishi natijasida asosiy ovqati – mollyuskalarning qattiq chig’anoqlarini maydalash uchun yetarli darajada mustahkam bo’lib qolgan.
Suyakli baliqlarda ancha takomil etgan tashqi (teridan hosil bo’lgan) suyak skelet ham, ko’pchiliklarida ichki suyak skelet ham bo’ladi, ular jabra qopqoqlarining yordamida jabra bilan nafas oladi, bundan tashqari, suzgich pufakchalari ham bor. Suyakli baliqlar ichida eng ko’p takomil etgani suyakdor baliqlardir (Teleostei), bu gruppaga barcha baliqlarning qariyib 90% i kiradi. Suyakli baliqlar sistematikasi haqida ixtiologlar har xil fikrdalar.
Ixtiologlar suyakli baliqlarni ko’pincha 4 ta kenja sinfga: tog’ay-suyaklilar (Chondrostei), shu’la qanotlilar (Actinopterygii), ikki xil nafas oluvchilar (Dipnoi) va cho’tka qanotlilar (Crossopterygii) bo’ladilar.
Mavzu bo’yicha boshlang’ich bilimni tekshirish
Kirish testlarini ishlang:
1. Zoologiyaning baliqlarni o’rganadigan soxasi: A-ixtiologiya; B-gerpitologiya; V-ornitologiya; G-teriologiya.
2. Umurtqalilar orasida turlari eng ko’p va xilma-xil bo’lgan gruppani belgilang. A-baliqlar; B-amfibiyalar; V-qushlar; G-sut emizuvchilar.
3. Hozirgi paytda zoologiyada mavjud bo’lgan sistematikaga muvofiq baliqlar katta sinfi nechta sinf va kenja sinfdan iborat? A-2, 6; B-2, 5; V-3, 6; G-3, 5.
4. Cho’tka qanotli baliqlar vakili: A-latimeriya; B-neatseratod; V-lepidosiren; G-protopterus.
5. Ikki xil nafas oluvchilar vakillari: A-neatseratod, protopterus, lepidosiren; B-neatseratod, lepidosiren, latimeriya; V-neatseratod, protopterus, latimeriya; G-protopterus, lepidosiren, latimeriya.
Do'stlaringiz bilan baham: |