Uyga vazifa:
Qushlar sistematikasi mavzusini o’qing.
Mavzu: Qushlar sistematikasi
Darsning maqsadi: Hozirgi zamon qushlar sistematikasi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, turli sistematik guruhlarga mansub qushlarning xarakterli belgi-xususiyatlarini solishtirib o’rganish.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Qazilma qushlarni hisobga olganda, qushlar sinfi 2-ta kenja sinfga bo’linadi: Kaltakesak dumlilar va Yelpig’ich dumlilar.
Kaltakesak dumlilar – yura davrida yashagan, dumi uzun, oldingi oyoqlarida erkin barmoqlari bo’lib, tirnoqlari bilan daraxtga chirmashib chiqib, daraxtda yashashga moslashgan, uchaolmagan sudralib yuruvchilarga o’xshash qushlar bo’lgan.
Hozir yashab turgan barcha qushlar, shuningdek uchlamchi bo’r davrlarda topilgan qazilma qushlarning barchasi yelpig’ich dumlilar kenja sinfiga kiradi. Ularda katta to’sh suyagi borligi, oldingi oyoqlarida erkin barmoqlar yo’qligi, dumi qisqa bo’lib, unda dum patlari yelpig’ichdek joylashganligi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi davrda yashovchi yelpig’ich dumli qushlar kenja sinfiga 8500 dan ortiq tur kiradi va ular quyidagi 3 ta katta turkumga bo’linadi: suzuvchilar, ya’ni pingvinlar; ko’krak tojsizlar; ko’krak tojlilar.
Suzuvchilar katta turkumiga faqat 1 ta pingvinlar turkumi kiradi. Pingvinlar uchmaydigan, lekin yaxshi suzadigan va sho’ng’iydigan qushlardir. Shu sababli oldingi oyoqlari o’zgarib, suzish organi – kurakka aylangan, suyaklari ichida havo bo’lmaydi. Patlari yassi, pat gavdasini zich va bir tekis qoplab turadi. Oyoqlari gavdaning keyingi tomoniga joylashgan, shu sababli yurganda gavdasini vertikal tutadi. Barmoqlari orasida suzgich pardalari bor.
Pingvinlar asosan Antarktidada tarqalgan bo’lib, ba’zan Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning janubiy qirg’oqlarigacha suzib boradi. Koloniya bo’lib yashaydi. Yer kovaklariga, toshchalardan qilingan uyalarga 1-2-ta tuxum qo’yadi. Ba’zilari tuxumini qorinlaridagi teri xaltasida olib yuradi. Pingvinlar turkumiga 20-ga yaqin tur kiradi. Asosiy turlariga uzunligi 90-120 sm, og’irligi 45 kg keladigan imperator pingvini, qirol pingvini, adeliya pingvini va boshqalar kiradi.
Ko’krak tojsizlar, ya’ni tuyaqushlar katta turkumiga kiruvchi qushlarning hammasi uchish qobiliyatiga ega emas. CHunki terilarida apteriya yo’q. Patlari guruhlarga aniq ajralmagan, yelpig’ichlarida ilmoqchalar bo’lmaydi. To’sh suyagi kichik va yassi bo’lib, unda ko’krak toj suyagi rivojlanmagan. Dum bezi yo’q. Oyog’ida 3 ta yoki 2 ta barmog’i bor. Erkaklarida qopulyativ organi bo’ladi. Hozirgi zamonda yashayotgan ko’krak tojsiz qushlar Janubiy yarim sharda tarqalgan bo’lib, 4 ta turkumga bo’linadi.
Ko’krak tojlilar katta turkumiga kiruvchi qushlarning aksariyat ko’pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to’sh suyagida ko’krak toj suyagi taraqqiy etgan, yelpig’ich patlarida ilmoqchalari bor, terisida apteriya bo’ladi, suyaklari pnevmatik. Ko’krak tojli qushlar Yer yuzida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo’linadi. 8500 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 410 dan ortiq turi uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |