Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash
Quyidagi savollarga og’zaki javob bering.
1. Reptiliyalar nerv sistemasida baqalarga nisbatan qanday o’zgarishlar hosil qilgan?
2. Hazm nayi qanday qismlardan tashkil topgan?
3. Nafas olish organlari baqalarga nisbatan qanday murakkablashgan?
4. Tananing qaysi qismiga kislorodga to’yingan qon boradi? Nima uchun?
5. Ayirish sistemasi bilan jinsiy organlar o’zaro qanday bog’langan?
Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlari ishlang:
1. Amniotalarga xos tushunchalarni belgilang: A-tuxumida sariqlik kam, B-lichinkasiz rivojlanadi, V-urug’lanishi tashqi, G-embrionida amnion (murtak) parda hosil bo’ladi, D-hayoti suv bilan bog’liq, Ye-terisi quruq va muguz qoplami bor.
2. Kaltakesakning tashqi tuzilishi va teri qatlamiga tegishli tushunchalarni belgilang?
A-terisi yolong’och, B-oyoqlarda tirnoqlari bor, V-ter bezlari bo’lmaydi, G-tanasi tangachalar bilan qoplangan, D-ko’z qovoqlari harakatsiz, Ye-orqa oyoq panjalari orasida parda bo’ladi.
3. Kaltakesakning bosh miyasi baqanikidan qanday farq qilai? A-yarim sharlar takomil etgan, B-ta’m bilish organi yakobson organi hisoblanadi, D-miyacha rivojlanmagan, Ye-bosh miya nervi 10 juft, J-hidlov bo’limi differentsiyallashgan, V-hid bilish organi nafas yo’liga qo’shilmaydi, G-uzunchoq miya bukilgan, Z-tepa organi yaxshi rivojlangan,
4. Hazm organlari baqaning hazm organlariga nisbatan qanday o’zgarishlar hosil qilgan? A-qizilo’ngachi uzun, B-ichaklar differentsiallashmagan, V-talog’i yo’q, G-go’shtdor tili bor, D-og’iz bo’shlig’i halqumdan ajralgan, Ye-ko’r ichagi bor, J-oshqozon ichak bilan chegarasiz birikkan, Z-o’t pufagi yo’q..
5. Nafas olish organlari tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang: A-o’pkasi oddiy – xaltasimon, B-traxeya hiqildoqdan ajralgan, V-bronxlar hosil bo’lgan, G-o’pkasi mayda murakkab to’siqli, D-qo’shimcha terisi orqali nafas oladi, Ye-cho’michsimon tog’aylar bo’lmaydi,. J-nafas akti qovurg’alarning harakati tufayli yuzaga chiqadi, Z-traxeyalari uzuksimon tog’aylardan iborat.
6. Nafas olish organlarini nafas o’tish yo’li bo’yicha ketma-ketlikda tartib bilan belgilang: A-hiqildoq, B-xaona, V-traxeya, G-o’pka, D-burun teshigi, Ye-bronxlar.
7. Kaltakesak qon aylanish sistemasi baqalarnikiga nisbatan qanday o’zgarishlar hosil qiladi?
A-yuragi uch kamerali, B-yurak qorinchasida to’liq bo’lmagan to’siqi bor, V-arterial konus uchta yoy hosil qiladi, G-yurak qarinchasidan uchta alohida arteriya chiqadi, D-bosh qism 02 li qon bilan ta’minlanadi, Ye-o’pka-teri venasi hosil bo’ladi, J-o’pka va teri venalari o’zaro qo’shiladi, Z-alohida o’pka arteriyasi va venasi hosil bo’ladi.
8. Kaltakesak ayirish va jinsiy organlari tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang: A-mezanefritik buyrak B-metanefritik buyrak, V-urug’don ortig’i hosil qiladi, G-sariq tana saqlanadi, D-tuxum yo’lida qattiq po’stloq hosil bo’ladi, Ye-tuxum yo’li alohida yo’l bilan tashqariga ochiladi, J-kopulyativ organi bor, Z-tashqi urug’lanadi.
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
|
|
6
|
1-
|
2-
|
3-
|
4-
|
5-
|
6-
|
7
|
|
|
|
|
|
|
8
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |